Menejmentning tadqiqot usullari


 Rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullari



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/97
Sana18.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#451043
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97
Bog'liq
fayl 1795 20210913 (1)

2.2. Rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullari 
Asosiy rasmiy-mantiqiy tadqiqot usullariga: tasniflash, umumlashtirish va 
turkumlash usullari, induktiv va deduktiv tadqiqot usullari, tushunchalarni tuzish
dalillar, mantiq va boshqalar kiradi. Mantiqiy usullar negizini rasmiy mantiq 
talablari va prinsiplari tashkil etadi. Rasmiy mantiqiy fikrlash shakllarini – 
tushunchalar, mulohazalar, xulosalar, isbotlar, argumentatsiya, asoslash va 
hokazolarni – ularning aniq mazmunidan chetlanib, ularning mantiqiy tuzilishi 
nuqtai nazardan o‘rganadi. Mantiq fikrlash shakllarini ularning tuzilishi tomonidan 
o‘rganadi, eng to‘g‘ri fikrash yo‘llarini tavsiflaydi. Rasmiy mantiq, masalan, 
tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, 
bir mulohazadan boshqasini chiqarish qoidalarini shakllantiradi, isbotlarda yo‘l 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni ko‘rib chiqadi va hokazo. 
Tushuncha
 
– 
bu shunday fikrki, unda predmetlar muayyan ko‘plik ichidan 
faqat ular uchun umumiy bo‘lgan belgilar tizimi bo‘yicha ajratib olingan va sinf 
sifatida umumlashtirilgan bo‘ladi. Shu tarzda, tushuncha sifatida vaziyat quyidagi 
belgilarga ega: «jihatlarning yig‘indisi», «vaqtincha birlik», «o‘zaro bog‘liqlik», 
«boshqaruv sub’ekti uchun muhimlik», «boshqaruv predmeti sifatida tasavvur 
etilish» va h.k. Umumlashtirilgan predmetlar turiga ko‘ra tushunchalar 
umumlashma
va 
noumumlashma
, shuningdek 
konkret
va 
mavhum
tushunchalarga 
bo‘linadi. 
O‘z mazmuniga ko‘ra bir-biridan yiroq, umumiy belgilarga ega bo‘lmagan 
tushunchalar 
solishtirilmaydigan
tushunchalar deb ataladi (masalan, “vakolatlash” 
va “gul”). Qolgan tushunchalar 
solishtiriladigan
deb ataladi va hajmiga ko‘ra 
o‘zaro mos
(ushbu tushunchalarning hajmi to‘liq yoki qisman bir-biriga to‘g‘ri 
keladi) va 
o‘zaro mos bo‘lmagan
(hajmi hech bir elementda bir-biriga to‘g‘ri 
kelmaydigan) tushunchalarga bo‘linadi. 
O‘zaro mos
tushunchalar teng (yoki aynan 


50 
bir xil) ma’noli bo‘lishi mumkin.
O‘zaro mos bo‘lmagan
tushunchalar teng 
ergashish, qarama-qarshilik (issiq – sovuq, kun – tun) hamda ziddiyat (tun – 
quyosh) munosabatlariga ega bo‘lishi mumkin. 
Mulohaza

– 
bu, unda biror-bir vaziyatlarning yoki vaziyatlar o‘rtasidagi 
aloqalarning mavjud emasligi ta’kidlanadigan fikrdir. Mulohazalarga misollar: “Oy 
aks etgan yorug‘lik bilan nur sochadi”, “O‘qish achchiq, lekin uning mevasi 
shirin”. 
An’anaviy mantiq ikki ma’noli hisoblanadi, chunki unda mulohaza 
chinlikning ikki ma’nosidan biriga ega bo‘ladi: u yoki chin, yoki yolg‘on. Uch 
ma’noli mantiqlarda mulohaza yoki chin, yoki yolg‘on, yoki noaniq bo‘lishi 
mumkin. Masalan, “Marsda hayot mavjud” degan mulohaza hozirgi vaqtda na 
chin, na yolg‘on emas – u noaniqdir. Ko‘pchilik boshqaruv vaziyatlarini tahlil 
qilishda dastlab, odatda, uch ma’noli mantiqdan foydalaniladi, va faqat keyingina, 
axborot to‘planishiga qarab, ikki ma’noli mantiqqa o‘tish mumkin. 
Mulohazalar, biror-bir xabar, axborotni o‘z ichiga olgan darak gaplar bilan 
ifodalanadi. Mulohazalar 
sodda
va 
murakkab
, ya’ni bir nechta sodda 
mulohazalardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. 
Qat’iy mulohazalar
tasdiqlovchi
va 
inkor etuvchi
mulohazalarga bo‘linadi. Gap nima to‘g‘risida ketayotganligiga 
qarab – barcha predmetlar sinfi, ushbu sinfning bir qismi yoki bitta predmet – 
mulohazalar 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish