zidlik qonunini
ifodalaydi. Ushbu qonunga muvofiq ikki fikr bir vaqtning o‘zida haqiqiy bo‘lishi
mumkin emas, agar ulardan biri biror narsani tasdiqlasa, boshqasi esa ushbu “biror
narsani” inkor qilsa: «A va A emasning bir vaqtda haqiqiy bo‘lishi noto‘g‘ri».
Zidlik qonuni negizini narsalar va hodisalarning sifat jihatdan muayyanligi, ular
xossalarining nisbiy barqarorligi tashkil etadi. Haqiqatning ushbu tomonini aks ettirar
ekan, zidlik qonuni, tadqiqot jarayonida zid fikrlar bildirilmasligini talab qiladi.
Agar, masalan, A predmet ma’lum xossaga ega bo‘lsa, biz ushbu predmet
to‘g‘risida fikr yuritishda ushbu xossani inkor qilmasdan va ushbu predmetga unda
yo‘q bo‘lgan narsani qo‘shmasdan ushbu xossani tasdiqlashimiz shart.
59
Zidlik qonuni ilmiy tadqiqot uchun katta ahamiyat kasb etadi. Unan foydalanish
omillar va hodisalarni tushuntirishda ziddiyatlarni topish va bartaraf qilishga,
axborotni ma’lum qilishda turli noaniqliklarga va noizchillikka tanqidiy munosabatni
shakllantirishga yordam beradi.
Biroq, agar biz biror predmetning xuddi o‘ziga nisbatan, lekin: 1) turli vaqtda va
2) boshqa predmetlarga bo‘lgan turli munosabatda ko‘rib chiqilayotgan biror narsani
tasdiqlab va xuddi shu narsani inkor qilsak, zidlik qonuni amal qilmaydi.
Tadqiqotda
istisno qilingan uchinchi qonunining
talabini ham inkor etib
bo‘lmaydiki, unga muvofiq ikki bir-biriga zid fikrlardan biri yolg‘on, ikkinchisi
haqiqiydir: “A bu V dir, yoki V emasdir”.
Bunday qonun zid fikrlarga nisbatan, ya’ni ulardan biri nafaqat boshqasini inkor
qiluvchi, balki qo‘shimcha axborotni ma’lum qiluvchi fikrlarga nisbatan amal
qilmaydi.
Tadqiqotlar o‘tkazish uchun istisno qilingan uchinchi qonunining muhimligi
shundaki, u dalillarni yoritishda izchillikka amal qilishni talab qiladi va ziddiyatlarga
yo‘l qo‘ymaydi. Bunday qonun tadqiqotchiga qo‘yiladigan muhim talabni ifodalaydi:
ikkita bir-biriga zid fikrlardan birini haqiqiy deb tan olishdan chetlanish va birorta
uchinchi fikrni qidirish mumkin emas. Agar fikrlardan biri haqiqiy deb tan olingan
bo‘lsa, uchinchi, mavjud bo‘lmagan fikrni qidirmasdan, boshqasini yolg‘on deb tan
olish zarur.
Etarli asos qonuni
quyidagi tarzda ta’riflanadi: har qanday haqiqiy fikr etarli
asosga ega.
Qandaydir fikrning etarli asosi bo‘lib, istalgan boshqa fikr bo‘lishi mumkinki,
undan zarurat bilan mazkur fikrning haqiqiyligi kelib chiqadi.
Shunchaki asoslar emas, balki etarli asoslar zarurati bitta fikrning o‘ziga
bepoyon ko‘p asoslar bilan asoslash mumkinligi bilan bog‘langan. Biroq ulardan
faqat ayrimlarigina etarli sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin, agar ushbu fikr haqiqiy
bo‘lsa. Va hech biri etarli bo‘lmaydi, agar ushbu fikr yolg‘on bo‘lsa.
60
Shunday qilib, etarli asos qonuni, tadqiqotda ishlatilayotgan istalgan fikr
haqiqiy deb qabul qilingunga qadar asoslangan bo‘lishini talab qiladi. Biz biror
narsani tasdiqlagan yoki biror narsaga ishontirgan barcha hollarda, biz o‘z
fikrlarimizni isbotlashimiz, ilgari surayotgan qoidalarni tasdiqlovchi, asoslovchi etarli
asoslarni keltirishimiz zarur; ushbu qonun, diqqat-e’tiborni fikrlarga jamlagan holda
fikrlarning haqiqiyligini ajratib ko‘rsatishga, haqiqiysini yolg‘on fikrdan ajratib
olishga hamda to‘g‘ri xulosaga kelishga yordam beradi. Amaliy vaziyatlarni tahlil
qilishda insonlarning xulqi doim ham mantiqiy va asoslangan bo‘lib
ko‘rinavermaydi, biroq bu uning motivlarga asoslanmaganligini anglatmaydi,
shunchaki biz bu motivlarni bilmaymiz, xolos. Juda ko‘p hollarda buning ortida hali
aniqlanmagan muammolar turadi. Vaziyatni tahlil qilish jarayonida muammoni turli
usullar bilan qo‘yish va ta’riflash mumkin:
tadqiqotlar ob’ektini atamalar, uning nomi yoki o‘ziga xos xususiyatlari bilan
(boshqaruv xodimlari, unumdorlik faoliyatini motivatsiyalash va h.k.) tasdiqlash –
biroq muammoni bunday qo‘yish diqqat-e’tiborni uning xususiyati va mohiyatini aks
ettiruvchi ziddiyatda to‘plashga doim ham yordamlashavermaydi;
savol orqali, bu muammoning mazmuni to‘g‘risida yanada aniq tasavvur hosil
qilishga ko‘maklashadi, chunki savol – bu mulohaza ko‘rinishidagi aniq javobni
olishga yo‘nalgan fikrlash shaklidir. Istalgan mulohazani biror savolga olingan javob
sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Har qanday savol ikkita funksiyani: kommunikativ va tadqiqotchilik
funksiyasini bajaradi. Savol esa tadqiqotchilik faoliyatida axborot qidiruv vositasi
bo‘lib ham hisoblanadi.
Tadqiqotchilik savolini to‘g‘ri qo‘yish prinsipiga muvofiq savolning asosiy
qismi haqiqiy, shak-shubhasiz asoslarga tayanishi zarur.
Noto‘g‘ri savollarning paydo bo‘lish sabablari turlicha. Bunga ham fikrlash
tarzlari, ham muammoni ta’riflashga yuzaki munosabat, ham tadqiqotga vijdonan
yondoshmaslik, va boshqalar kiradi. Savollarni ifodalash ko‘p darajada: vaziyatning
mazmuni, yozish shakli, vaziyatni yozayotgan kishining psixologik maqsadlari va
61
hatto shaxsiy ishtiyoqlari bilan belgilanadi. Agar savollar muammolarning
ko‘rinishlari bilan bog‘lanmagan, tashkilot faoliyatining qandaydir ikkinchi darajali
jihatlariga taalluqli bo‘lsa, bu kelgusida tadqiqotning yolg‘on yo‘nalish olishiga,
oqibatlarni sabablar deb tan olinishiga, noto‘g‘r i xulosalar va samarasiz echimlarga
olib kelishi mumkin. Tasniflash va turkumlash usullarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |