Tasniflashning har bir bosqichi uchun uning to‘liqlik prinsipi
: ob’ektning
faqat bir qismini turlarga, boshqa qismini esa turosti ko‘rinishlarga yoki
tasniflashning keyingi bosqich guruhlariga bo‘lish mumkin emas. masalan,
boshqaruv xodimlarini ayollar, o‘rta yoshdagi erkaklar va katta yoshdagi erkaklarga
bo‘lish xato hisoblanadi. Tadqiqotda mazmundor va sun’iy tasniflashlar mavjud.
Birinchilari – hodisalarning mohiyat va mazmun alomatlarini aks ettiruvchi
mezonlarga ko‘ra tuziladi. Ular, albatta, tadqiqotchining bilim darajasi, uning aniq
maqsadlar va olib borish sharoitlariga bog‘liq. Ikkinchilari – uncha ahamiyatli
bo‘lmagan alomatlarga ko‘ra tuzilgan, lekin birorta tashkiliy tadbirlarni o‘tkazishda
juda foydali bo‘lishi mumkin – masalan, mebelni rangiga qarab ajratish va hokazo.
Tasniflash ob’ektlari ko‘pincha ikkita yoki bir nechta teng ahamiyatli alomatlar,
mezonlarga ega bo‘lib, ularning birgalikdagi harakati hodisalar xossalari va ajralib
turuvchi alomatlarining turli-tumanligini aniqlaydi. Bu holda kombinativ tasnif
tuziladi. U o‘zida ko‘po‘lchovli matritsani ifodaladi. Misol – boshqaruv uslublari
matritsasi, u menejer faoliyatida uning insonlar va ishlab chiqarishga bo‘lgan
munosabatlari alomatlarini taqqoslash, bir alomatning boshqasidan ustunligini
baholash asosida tuzilgan.
Tasniflashning ko‘rinishlariga dekompozitsiya va stratifikatsiya kiradi.
Dekompozitsiya –
bu tasniflashning alohida turi bo‘lib, u birorta ob’ektiv
butunlikning o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan mazmundor elementlarini aniqlash
uchun mo‘ljallangan va mantiqsiz mezonga yo‘l qo‘ymaydi.
Stratifikatsiya –
bu ko‘pqatlamli hodisada qatlam (strat)larni, ya’ni alohida
turdagi tobeliklarni aniqlashdan iborat. Vaziyatlarni bu kabi stratlar bilan tadqiq
qilishda tashqi va ichki muhit, texnik vositalar va inson resurslari, boshqaruv
strategiyasi va taktikasi va h.k. bo‘lishi mumkin.
64
Tadqiqotda tasniflashdan foydalanish muvaffaqiyati quyidagi qoidalar bilan
aniqlanadi.
1. Adekvatlik (moslik) qoidasi. Tasniflash, agar bo‘lish a’zolari yig‘indisi
bo‘linayotgan ko‘plikka teng bo‘lsa, mutanosib hisoblanadi. Ko‘plikka tegishli
bo‘lgan har bir predmet hosil qilingan sinflardan biriga kirishi zarur. Ushbu
qoidaning buzilishi to‘la-to‘kis tasniflashni bermaydi, va demak tadqiqot predmeti
haqida xato tasavvur paydo bo‘ladi.
2. Bo‘lish a’zolarining ayirilganlik qoidasi. Bo‘lish natijasida olingan sinflar
ayirilgan tushunchalar bilan taqdim etilgan bo‘lishi, ya’ni bo‘linayotgan ko‘plikning
birorta ham ob’ekti bir vaqtning o‘zida, bir nechta bo‘lingan a’zolarga mansub
bo‘lmasligi kerak. Bitta tasniflash operatsiyasida bo‘lish mezonlarini, turli asoslarni
aralashtirish natijasida xatolar paydo bo‘ladi.
3. Muayyan tasniflash operatsiyasi davomida bo‘lish asosini, uning mezonini
o‘zgartirish mumkin emas. Bitta tasniflash protsedurasining o‘zida mezonni
almashtirishga, shuningdek mezonning mujmal bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Bo‘lish asoslari, yoki mezonlari, nafaqat sodda, balki, bir vaqtda
o‘rganilayotgan ob’ektning bir nechta parametrlarini o‘z ichiga oladigan murakkab
ham bo‘lishi mumkin.
Ba’zan bitta alomatning o‘zi ko‘p ob’ektlarda uchraydi, lekin ularning har birida
turli darajada yoki shakllarda tuslanadi.
Boshqaruv tadqiqotida kombinativ tasniflash katta ahamiyat kasb etadi.
Tasniflashni o‘tkazishda ko‘pincha tasniflash ob’ektlari, tasniflashning asosini
tashkil etuvchi bir nechta teng ahamiyatli alomatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu holda
matritsa tuzish yo‘li bilan ikkita ierarxik tasniflashni birlashtirish mumkin. Bu endi
kombinator tasniflash bo‘ladi.
Bunday tasnif turi boshqaruv tadqiqotida ko‘p ishlatiladi va u ancha foydali
bo‘lishi mumkin, chunki muammoni turli tarafdan, turli rakurslarda ko‘rib chiqish,
kompleks echimni topish imkoniyatini beradi.
Ko‘rinishi o‘zgartirilgan alomatga ko‘ra bo‘lish dixotomiya deb ataladi.
65
Dixotomiyaning tadqiqotlar amaliyotida qo‘llanadigan eng sodda ko‘rinishi –
bu ikki qismga ajratish: rasmiy va norasmiy boshqaruv, boshqaruvni tabaqalashtirish
va birlashtirish va bosh.
Tasniflashning alohida ko‘rinishi – turkumlash, ya’ni ob’ektlarni, ularning
turkum, etalon yoki ideal namuna deb ataluvchi birorta namunaga o‘xshashligi
asosida guruhlash.
Turkumlash, tasniflashdan farqli ravishda, ajratilgan turkumlardan hech biriga
mos kelmaydigan hodisalarning mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi.
Turkumlash, tasniflashga qaraganda ko‘proq universaldir. U istalgan
tizimlashtirishlarning dastlabki operatsiyasi hisoblanadi.
Tadqiqotda umumlashtirish yo‘llari ham muhim o‘ringa ega. Birinchi qaraganda
ular oddiy bo‘lib ko‘rinadi, lekin haqiqiatda o‘rganilayotgan hodisalarni chuqur
tushunishni talab qiladi. Ayrim hollarda ular yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi
va amaliyotga kiritilishi bilan bog‘liq.
Umumlashtirish
–
bu mantiqiy operatsiya bo‘lib, u biror-bir hodisalar guruhi
uchun ushbu hodisalar xossalarining umumiyligini, ular haqidagi yangi bilimlar
darajasida aks ettiruvchi yangi, hajmi kengroq bo‘lgan tushunchaning topilishidan
iborat.
Har bir umumlashtirish asosga, hodisalarni guruhlash va ushbu guruhni birorta
tushuncha bilan belgilash imkonini beradigan xossaga yoki xossalar yig‘indisiga ega
bo‘lishi kerak. Masalan, boshqaruv fani va amaliyotida yaqinda paydo bo‘lgan
“inson kapitali” tushunchasi inson rusurslari, kadrlar, xodimlarning xususiyatlarini,
ishchilarning shaxsiy tavsiflarini, firmaning iqtisodiy muvaffaqiyatini kafolatlash,
foydani oshirish, faoliyat yuritishni barqarorlashtirish, rivojlanishni tezlashtirish
qobiliyati sifatida umumlashtiradi. Boshqaruv vaziyati ham, ularning har biri
mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin birga qo‘shilib makonda va zamonda
umumiylikni hosil qiluvchi barcha sharoitlarni umumlashtirishdan iborat. Rasmiy-
mantiqiy tadqiqot usullariga, shuningdek induksiya va deduksiya kiradi.
«Induksiya» atamasi uchta ma’noda qo‘llanadi:
66
xulosa chiqarishning induktiv shakli: ayrim predmetlar haqidagi bilimdan –
ushbu sinfning barcha predmetlari haqidagi bilimga;
bayon qilishning induktiv shakli: yagona dalillarni tavsiflashdan – umumiy
bilimga;
tadqiqotning induktiv usuli: yagona alomatlar, yagona predmetlarni tadqiq
qilishdan – umumiy ahamiyatli alomatlarni topishga, predmetlarning butun sinfi
haqidagi bilimga.
Xulosa chiqarishning uchta induktiv shakli mavjud: to‘liq induksiya, ommabop
induksiya, ilmiy induksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |