Menejmentning tadqiqot usullari


Tadqiqot jarayonida dalillar bilan ishlash bosqichlari



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/97
Sana18.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#451043
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
Bog'liq
fayl 1795 20210913 (1)

3.2.Tadqiqot jarayonida dalillar bilan ishlash bosqichlari 
Tadqiqot jarayonida dalillar bilan ishlashning quyidagi bosqichlarini ajratish 
mumkin: tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish-bashoratlash. 
Ilmiy tavsiflash
 
– 
bu empirik tadqiqot natijalarini dalillar yordamida qayd 
qilishdir. 
Tavsiflashning 
maqsadi 
– 
empirik 
ma’lumotlarni, 
turli 
ilmiy 
umumlashtirishlar va xulosalar uchun foydalanish mumkin bo‘ladigan ko‘rinishga 
keltirishdir. Tadqiqotlar amaliyotidan kelib chiqib, bir necha tavsiflash usullarini 
ajratish mumkin. 
Dalillarni guruhlash usuli – 
bu ma’lumotlarni o‘xshashlik yoki farqlanish 
alomatiga ko‘ra tasniflash yohud tartibga keltirish. Guruhlashning maqsadi – bir 
nechta o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aniqlash (ma’lumotlarning 
o‘zaro nazorat qilish, tuzilmaviy tavsif, aloqalarning zichligi va yo‘nalishlarini 
aniqlash, xossalarning barqaror birikmalarini qidirish). Guruhlash dalillarni
tavsiflash gipotezasiga muvofiq yagona tizimga u yoki bu belgilovchi alomatlar 
asosida bog‘lash imkonini beradi 
Turkumlashlarni qurish usuli – 
bu ijtimoiy ob’ektlar (dalillar)ga tegishli 
o‘zgaruvchilarning yaxlit tizimida ushbu ob’ektlar (dalillar) xossalarining barqaror 
birikmalarini qidirishdir. 
Ijtimoiy dalillar alomatlarini tavsiflash muayyan nazariy konsepsiyalar 
asosida ham amalga oshirilish mumkin – bu 
nazariy turkumlashtirishdir
. Bu holda 
kuzatilayotgan dalillarni a’zolarga ajratish (ya’ni barqaror guruhlarni ajratish) 
tekshirmasdan (apriori) amalga oshiriladi. 
Tavsiflash amali natijalari ham yakka dalillarda, ham umumlashtirishlarda 
ifodalanishi mumkin. Biroq boshqaruv vaziyatlarini tadqiq qilishning o‘ziga 
xosligi shundaki, ko‘po‘lchovli dalillar eng ko‘p uchraydi. SHunday qilib, 
tavsiflash protsedurasi yangi nazariy ob’ektni shakllantirishga olib keladiki, u 
empirik tadqiqot ob’ekti sifatida bevosita qatnasha olmaydi. Ilmiy tavsiflash 


75 
protseduralari, ishlatilayotgan dalillar va tadqiqot maqsadlarining o‘ziga 
xosliklariga qarab vaziyatlarni shakllantirish uchun material to‘plash asosiga 
qo‘yilishi mumkin.
Tushuntirish
 
– 
bu tadqiq etish metodologiyasi va empirik dalillar asosida 
kuzatish ob’ekti (ob’ektlari)ning mohiyatini yoritish, uning muayyan ob’ektiv 
tendensiyalar yoki qonunlarga bo‘ysunuvchanligini namoyish etish. Istalgan 
tushuntirishning muhim tavsiflaridan biri – uning ikki xil tarkiblig, ya’ni bir 
tomondan tushuntirilayotgan ob’ektni aks ettiruvchi qoidalar yoki qoidalar 
to‘plami, boshqa tomondan esa – tushuntiruvchi qoidalarning to‘plami ekanligidir. 
Har qanday tushuntirishning aniq turi hech bo‘lmaganda uch omil: 
tushuntiruvchi qoidalarning xarakteri, tushuntiriluvchi qoidalarning xarakteri 
hamda tushuntiruvchi va tushuntiriluvchilarning o‘zaro aloqasi xarakteri, ya’ni 
tushuntirish mexanizmi bilan aniqlanadi.
Zamonaviy 
ilm-fan 
tobora 
ko‘proq 
funksional 
tushuntirishdan 
foydalanmoqda. Bu eng avvalo, murakkab funksional tizimlar (masalan, yirik 
tashkilotlarni boshqarish tizimlari) tadqiqot ob’ektiga aylanganligi bilan 
tushuntiriladi. 
Ijtimoiy ob’ektning ahamiyatli tavsiflaridan biri bo‘lib uning tuzilmasi 
hisoblanadi. Tuzilmani bilish – ijtimoiy-iqtisodiy tizim mohiyatining eng muhim 
jihatini yoritish demakdir. Ushbu vazifani hal qilish tuzilmaviy tushuntirishning 
mohiyatini tashkil etadi. Oxirgisi yoki ijtimoiy ob’ektning ichki elementlarini 
tushuntirish 
va 
ularni 
yagona 
yaxlitlikka 
birlashtirish 
usulidan 
yoki 
tushuntirilayotgan ob’ektning qandaydir yanada katta tizimdagi o‘rnini 
aniqlashdan iborat. Shunga muvofiq, ichki tuzilmaviy va tashqi tuzilmaviy 
tushuntirishlar ajratiladi. 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish