Menejmentning tadqiqot usullari



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/97
Sana18.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#451043
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97
Bog'liq
fayl 1795 20210913 (1)

Oldindan aytib berish
– 
bashorat gipotezalarni tekshirish yo‘llari orqali 
amalga oshiriladi. Mantiqiy nuqtai nazardan gipotezani har tomonlama amaliyotda 
tekshirish jarayoni ushbu gipotezalardan kelib chiqayotgan oqibatlarni tajribada 
tasdiqlash hisoblanadi. Buning ustiga tekshiruv asosiy gipotezalar bilan 


76 
aniqlangan, balki o‘zaro bir-birini inkor qiluvchi, lekin albatta o‘z gipoteza-
oqibatlariga ega bo‘lgan mantiqiy yaxlitlikni ifodalaydigan har bir muqobil 
yo‘ldan o‘tishi zarur. 
Ayni vaqtda asosiy gipotezaning har bir oqibatini empirik tasdiqlanishi 
gipotezani o‘zini isbotlash bo‘lib xizmat qila olmaydi – bu oqibatning 
haqiqiyligidan asoslashning haqiqiyligiga chiqarilgan g‘ayriqonuniy xulosadir. 
Ehtimol, ushbu natija faqat bundan, balki boshqa birorta gipotezadan ham 
kelib chiqadi. Lekin gipotezaning qanchalik ko‘p turli oqibatlari tajribada 
tasdiqlansa, ular barchasining boshqa gipoteza yoki gipotezalardan kelib chiqish 
ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi. 
Biroq tadqiqot natijalari haqiqiyligini tekshirishning eng samarali vositasi 
bo‘lib boshqaruv xodimlarining boshqaruvchilik faoliyati hisoblanadi. 
Kishi hayotining asosiy namoyon bo‘lish shakli bo‘lib uning faoliyati – 
hissiy-predmetli, tajriba-konstruktorlik, nazariy, ma’naviy-ruhiy va hokazolar 
hisoblanadi. Inson uni o‘rab turgan narsalarga faol ta’sir ko‘rsatadi, ularga jamiyat 
va shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun kerakli bo‘lgan shakl va xossalarni 
qo‘shadi. 
Amaliyot
 
– 
bu kishilarning maqsadga yo‘nalgan, ongli, tashkillashtirilgan 
faoliyati bo‘lib, uning mazmuni tabiiy va ijtimoiy ob’ektlarni o‘zlashtirish va qayta 
o‘zgartirishdan iborat hamda u kishilik jamiyatini hamda bilish faoliyatini 
rivojlantirishning umumiy asosiy, harakatlantiruvchi kuchini tashkil etadi. 
Amaliyot, kishi ijtimoiy hayotining asosiy usuli, uning o‘zini namoyon etish 
shakli bo‘la turib, murakkab yaxlit tizim hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: ehtiyoj, maqsad, motiv, ayrim amallar, harakatlar, ishlar; faoliyatning 
nishoni bo‘lgan predmet; maqsadga erishish vositalari va nihoyat, faoliyat natijasi. 
Amaliyotning asosiy turlari – moddiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy-qayta 
tuzish faoliyati (kishilarning ijtimoiy hayotning ijtimoiy, siyosiy va boshqaruv 
sohalaridagi faoliyati). Kishilarning tabiiy-ilmiy va tajriba-konstruktorlik faoliyat 
turlari amaliyotning alohida turini tashkil etadi. 


77 
Ilm-fan va amaliyot ziddiyatlarning birligini tashkil etib, unda hal qiluvchi 
vazifa avval boshdanoq amaliyotga tegishli. Aynan amaliyotda bilish jarayonining 
o‘z ehtiyojlari va xususiyatlari ham empirik, ham mantiqiy darajada shakllanadi. 
Lekin ilm-fan o‘z vazifasini amaliyotni shunchaki umumlashtirish bilan 
cheklab qolmaydi, balki empirik materialni ijodiy qayta ishlaydi, va shu orqali 
amaliyot rivojlanishi uchun yangi istiqbollarni ochib beradi. Nazariya unga 
nisbatan dasturlovchi vazifani bajaradi, amaliyotga “o‘ta uzoq masofali” oldindan 
bilish imkoniyatini yaratadi. 
Boshqaruv vaziyatlarini tadqiq etishda amaliyot uch xil vazifani bajaradi. 
Birinchidan, umumlashtirish zarur bo‘lgan kerakli, dalillarga asoslangan 
materiallarni taqdim etar, va shu orqali tadqiqotning haqiqiy hayotdan uzilib 
qolishini oldini olar ekan, muammolarni aniqlash manbai, negizi, tadqiqotni 
harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, amaliyot, vaziyatni 
tahlil qilish natijasida olingan bilimlarni qo‘llash usuli bo‘lib xizmat qiladi va shu 
ma’noda u tadqiqotning maqsadini beligilaydi. Ilmiy bilimlar, faqat, agar ular eng 
mukammal boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini yaratishga joriy etilganda, 
boshqaruv qarorlarini tayyorlashda, sifatni boshqarish tizimlarini yaratishda va 
hokazolardan foydalanilgandagina amaliy mazmunga ega bo‘ladi. Bilishning 
pirovard maqsadi bo‘lib, bilimlarning o‘zi emas, balki ijtimoiy guruhlar va 
alohida shaxslarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun haqiqatni 
amaliy o‘zgartirish hisoblanadi. Uchinchidan, amaliyot bilish natijalarining 
haqiqiylik mezoni, o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqaruv organlarida amalga oshirilgan tashkiliy-tuzilmaviy modellarning 
o‘zgarishlari, agar ular amaliyotda tekshirilib, o‘z natijadorlgini va 
ta’sirchanligini isbotlagan bo‘lsagina, maqsadga muvofiq va haqiqiy deb tan 
olinishi mumkin. Aynan amaliyot vaziyatlar tahlili natijalari bo‘yicha chiqarilgan 
xulosalar va tavsiyalarning asoslanganligini tasdiqlaydi va ayni vaqtda 
vaziyatning keyingi tavsiflanishiga kiritiladigan yangi dalillarni
shakllantiradi. 


78 
Shunday qilib, amaliyot – bu bilishni, uning barcha darajalarida shakllantirish 
va rivojlantirish asosi, boshqaruvchilik bilimi manbai, boshqaruv vaziyatlarini 
tadqiq etish natijalarining haqiqiylik mezonidir. 
Istalgan tadqiqot konsepsiyaning mavjud bo‘lishini talab qiladi. 
Tadqiqotchi faoliyatini, loyihalashning tegishli prinsiplariga amal qilgan 
holda yangi qurilmani loyihalayotgan loyihachining faoliyati bilan taqqoslash 
mumkin. 
Tadqiqotchi ham loyihalaydi, lekin uning loyihalash predmeti, nafaqat alohida 
muammoning yoki tadqiqotchilik vazifasining echimidan, balki yangi rivojlanish 
konsepsiyasini yoki kompleks muammoni o‘rganish konsepsiyasini yaratishdan 
ham iborat bo‘lishi mumkin. 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish