Don tozalash va saralashda innovatsion va amaldagi mashinalarning o’ziga xos jihatlarini o’rganish
Amaliy mashg’ulot maqsadi: talabalarga don tozalash va saralashda innovatsion va amaldagi mashinalarning o’ziga xos jihatlarini o’rgatish, amalda qo’llanilayotgan don saralash mashinalari haqida am’lmotlar berish. Don tozalsh va saralash mashinalarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati haqida tushunchalarni mustahkamlashdan iborat.
Don tozalash va saralash usullari
Donni tozalash va saralash usullari ularning fizik-mexanik xususiyatlariga bog’liq holda tanlanadi. Bularga donning o‘lchamlari, aerodinamik xususiyatlari, zichligi va boshqa xususiyatlari kiradi.
Donni aerodinamik xususiyatlaridan foydalangan holda havo oqimi yordamida yengil qo‘shindilardan ajratiladi. Don aralashmasiga ventilyator 1 hosil qilayotgan havo oqimi (shamoli) yo‘naltirilsa, puch va yengil qo‘shindilar (uchuvchanligi ko‘p bo‘lganligi sababli) uzoqroq joyga uchib o‘tadi va 4- novga tushadi. To‘q, ya’ni og’ir donlar yaqinroqdagi 3- novga tushadi.
Don uchta o‘lchami bilan tavsiflanadi: bo‘yi l, eni b, qalinligi ( a rasm). Donni eniga qarab yumaloq ko‘zli ( d rasm), qalinligi bo‘yicha ko‘zlari to‘rtburchak shaklidagi (e rasm) g’alvirlarda tozalanadi, uzunligiga qarab esa triyerlarda saralanadi.
Donni g’alvir yordamida tozalash uchun uning ustiga tushayotgan aralashma g’alvir yuzasiga nisbatan siljib harakatlanishi kerak, aks holda don g’alvir ko‘zidan o‘tmaydi.
Donni aerodinamik xususiyatiga ko‘ra tozalash:
1–ventilyator; 2–don idishi; 3–to‘q donlar tushadigan nov; 4–uchuvchanligi katta bo‘lgan aralashmalar tushadigan nov.
Donni o‘lchamiga qarab ajratish sxemasi:
a – don o‘lchamlarini belgilash; b – donni qalinligi bo‘yicha tozalaydigan g‘alvir; d – donni eni bo‘yicha tozalaydigan g‘alvir.
Triyer sxemasi:
a — donni qisqa aralashmadan ajratish; b — donni uzun aralashmadan ajratish; 1 — uyachali silindr; 2 — nov; 3 — shnek.
Shu sababli g’alvir, albatta, tebranma harakat qilishi kerak. Don uzunligi bo‘yicha silindrsimon triyerlarda saralanadi. Triyerlar ich tomonida uyachalari bo‘lgan uzluksiz aylanuvchan silindrdan iborat.
Donga aralashgan begona o‘t urug’ini oson ajratib olish usulini to‘g’ri tanlash uchun ularni bir-biridan tubdan farqlanadigan o‘lchami, massasi, shakli, sirtining silliqligi kabi ko‘rsatkichlarini aniqlab bilish talab qilinadi.
|
Aylanayotgan silindrning bosh qismidan saralanayotgan don uning ichiga tushadi. Agar donning uzunligi uyacha diametridan kichik bo‘lsa, u uyacha ichiga tushgan holda silindr bilan birgalikda ma’lum balandlikka ko‘tarilib, keyin o‘z og’irligi bilan pastga, ya’ni, nov 3 ga tushadi. Uyachaga sig’magan don esa silindr qiya o‘rnatilganligi sababli, uning quyi tomoniga siljib borib tushib ketadi. Ko‘pincha, mashinalarga ikki xil: uzun va kalta aralashmalarni ajratadigan triyerlar birgalikda o‘rnatiladi. Birinchisining uyachalari don urug’lari uzunligi bo‘yicha to‘liq sig’adigan diametrda yasalgan. Triyer aylanganda uyachalarga tushgan urug’lik donning hammasi ko‘tarilib novga tashlansa, suli urug’i va boshqa uzun aralashmalar silindrning ikkinchi chetigacha siljib borib, chiqib ketadi.
Tozalanayotgan donning tarkibidagi zarrachalar har xil aerodinamik xususiyatga ega bo‘lgani sababli, ular maxsus aspiratsion kanallarida ventilyator hosil qilayotgan havo oqimi ta’sirida bo‘laklarga ajratilib tozalanadi.
260- rasm. Donni qiya o‘rnatilgan transportyorda tozalash:
1 — don bunkeri; 2 — qiya transportyor; 3 — donning yumaloq shaklli qismi;4 — donning yassi shaklli qismi; 5 — nov.
259- rasm. Donni vintsimon separatorda tozalash:
1— yumaloq don;
2 — yassi don.
Donni shakliga ko‘ra ko‘zlari uchburchak ko‘rinishida bo‘lgan g’alvirda (257- rasm), vintsimon separatorlarda (259- rasm), qiya o‘rnatilgan turli shakldagi novlarda tozalanadi (260- rasm).
Ba’zi ekinlarning urug’lariga, odatda, aralashib qoladigan begona o‘tlarning urug’i o‘zining o‘lchamlari, shamolda uchuvchanligi va boshqa xususiyatlariga qarab, deyarli asosiy ekin urug’laridan farq qilmaydi. Bunday hollarda don sirtining g’adir- budurligidan foydalanib tozalanadi. Masalan, beda urug’idan sariq pechak urug’ini ajratish uchun tozalanadigan urug’lar aralashmasiga magnitga tortiladigan metall kukun qorishtiriladi, sariq pechak urug’i g’adir-budur bo‘lganligi sababli, unga metall kukuni yopishib qoladi va u aralashmani tagiga magnit 1o‘rnatilgan tasmasimon transportyor 2 da harakatlantiriladi, natijada, urug’ magnit tomoniga burilib ajraladi (261- rasm).
261-rasm. Don sirtining g’adir-budurligiga ko‘ra tozalash:
1–magnit; 2–transportyor.
262-rasm. Pnevmatik saralash stolining ishlash sxemasi:
1–ventilyator; 2–zichligi katta bo‘lgan donlar tushadigan nov; 3–zichligi
kamroq bo‘lgan donlar tushadigan nov; 4– yengil don tushadigan nov;
5–bo‘lgichlar; 6–stolning qiya sirti.
Urug’lik don solishtirma og’irligiga qarab pnevmatik saralash stolida saralanadi. G’alvir va triyerda tozalangan urug’lik ichidan sifati pastroq to‘q bo‘lmagan don saralash stolida ajratiladi (262- rasm). Stolning diagonali bo‘yicha qiya o‘rnatilgan g’alvirsimon yuza tebranma harakatlanadi, uning ustiga solingan urug’lik tagidan (stol yuzasidagi teshiklardan) ventilyator orqali havo puflanib urug’larni sakratadi. Tebranish va sakrash ta’sirida solishtirma og’irligi kamroq bo‘lgan urug’lar qalqib, don qatlamining ustiga chiqib, 2- va 3- novga tushadi. Eng to‘q donlar tagida qolib 4- novga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |