13.5 Xotorn tajribalari
1924-yilning noyabr oyida Chichero shahri (Illinoys shtati)da
joylashgan «Vestem Elektrik» kompaniyasiga tegishli Xotorn za-
vodida bir guruh tadqiqotchilar tajribalar o‘tkazishni boshladi. Buning
maqsadi ish sharoitlari va ishlab chiqarish samarasi orasidagi
bog'liqlikni o‘rganish edi. Bu tajriba o‘sha davrda hukmron bo'lgan
«ilmiy (nazariy) boshqaruv» nazariyasining mantiqiy rivojlanishi-
ga olib keldi. Buyuk kashfiyotlar bilan ko'pincha sodir bo'ladigan
kutilgan natija bo'lmadi. Tajribalar bexosdan ilmiy boshqaruvdagi
«insoniy munosabatlar» nazariyasi tug'ilishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |