Menejment nazariyasi


-bob.  FANNING  MAZMUNI,  PREDMETI  VA



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

1-bob.  FANNING  MAZMUNI,  PREDMETI  VA 
VAZIFALARI
1.1.  M enejm entning  mohiyati,  maqsad  va  vazifalari
1.2.  Menejment  predmeti  va  izlanish  uslublari
1.3.  Menejment  ilm ining   kelib  chiqishi
1.4.  Menejment  ilm ining   o‘ziga  xos  xususiyatlari
1.5.  M enejm entning  kelajakka  y o'naltirilganligi
1.6.  K ursning  m azm uni  va  vazifalari
1.1.  M enejm entning  mohiyati,  maqsad  va  vazifalari
Menejment  tushunchasi  tor  ma’noda  biror-bir  tashkilot  maqsa- 
dini  aniqlash  va  unga  erishish  uchun  zarur  bo'lgan  rejalashtirish, 
tashkil  etish  va  nazorat  jarayonlarining  foyda  keltirishi,  samara 
berishi  faoliyat  yo‘nalishini  qanchalik  to‘g ‘ri  tanlay  bilishga,  qaror- 
lar  qabul  qila  olishga  hamda  uning  boshqarilishini  nazorat  qilishga 
va  bu  jarayon  borishiga  bog'liq  bo'ladi.  Menejment  keng  ma'noli 
tushuncha  sifatida,  jahondagi  menejment  va  uni  tashkil  etishning 
nazariyotchilaridan  biri  Piter  Druker  aytganidek,  «alohida  faoliyat 
turi  bo'lib,  tashkil  etilmagan  betartib  om m ani  bir  maqsadga 
yo'naltirilgan  samarali  va  unumli  guruhga,  jamiyatga  aylantiradi- 
gan,  ijtimoiy  o‘zgarishlarni  rag‘batlantiruvchi  element  hisoblana- 
di».  Menejment  nafaqat  korxona  doirasida,  qolaversa,  butun  bir 
jamivat,  davlatni  o‘z  tanlagan  yo'li,  maqsad  va  intilishlariga  yetak- 
lovchi,  iqtisodiyotni  kuchli,  barqaror  ishlovchi  mexanizmga  aylan- 
tirishda  muhim  ta’sir  etuvchi  kuch  hisoblanadi.
Menejmentni  jamiyatning  iqtisodiy  negizi  bilan  bog'lab,  shu 
bilan  birga,  uning  ikki:  tashkiliy-texnikaviy  va  ijtimoiy-iqtisodiy 
tomonlarini  hisobga  olgan  holda  o'rganish  lozim.
Tashkiliy-texnikaviy  boshqaruv  aniq  iste’mol  qiymatini  olish 
uchun  mahsulot  tayyorlashda  mehnat  taqsimoti  va  kooperatsiyasi 
bilan  ajralib  turadi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  boshqaruv  mavjud  ishlab 
chiqarish  munosabatlari  bilan  bog'liq  bo'lib,  boshqarish  maqsad- 
larini  belgilaydi.  Tashkiliy-texnikaviy  boshqaruv  mehnat  unumdor- 
ligi  va  ishlab  chiqarish  samaradorligining  oshishi  uchun  sharoit 
yaratishga  imkon  beruvchi  faoliyat  turidan  iboratdir.


Ijtimoiy-iqtisodiy  menejmentning  maqsadi  ishlovchilar  sama- 
rali  mehnat  qilishi  uchun  sharoit  yaratish,  ularni  ijtimoiy  himoya 
qilishning  ishonchli  umumdavlat  tizimini  shakllantirish,  bandlikni 
ta’minlash  va  aholining  kam  ta’minlangan  qatlamlarini  qo‘llab-quv- 
vatlashdan  iboratdir.
Menejmentning mohiyati  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar daraja- 
si,  ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi  va  iqtisodiy  aloqalarning 
murakkablashuvi  bilan  kengayib  boradi.  Menejment  ishlab  chiqarish 
jarayonida,  ishlab  chiqarish  vositalariga  mulkchilikning  turli  shakl- 
lari  mavjud  bo'lgan  sharoitda,  ishlab  chiqaruvchilar  o‘rtasida  raqo- 
batni  shakllantirish,  foydani  maksimallashtirishga  qaratilgan  bo‘lsa, 
u butun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini 
qondira  oladigan  bozor infratuzilmasi  elementlari  va  ularning o‘zaro 
aloqasini  ta’minlovchi  mexanizmning  barqaror  ishlashiga,  har  bir 
fuqaro,  guruh,  uyushma,  tashkilot  va  muassasalar  manfaatlarini 
e’tiborga  olgan  holda,  ularni  jahon  sahnasida  o‘z  o'rniga  ega 
bo'lishiga  qaratilgan  bo'ladi.
Menejmentning  asosini  obyektiv  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  boshqa 
qonunlarga  asoslanuvchi  huquqiy  ilmiylik  tashkil  etadi.  Xo'jalik 
yurituvchi  subyektlar  rahbarlari  mazkur  qonunlarni  o'rganish  va 
ularning  aniq  vaziyatlarda  namoyon  bo'lishini  hisobga  olgan  holda 
iqtisodiyotni  boshqarishning  strategiya  va  taktikasini  belgilaydilar.
1991-yil  31-avgustda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat  musta- 
qilligi  e’lon  qilindi.  Shunday  bir  sharoitda  mamlakatda  davlat  va 
iqtisodiyotni  qayta  qurishning  bosh  maqsadi  Prezidentimiz  I.  Kari­
mov  tomonidan  quyidagicha  aniqlab  berildi:  «Pirovard  maqsadimiz 
ijtimoiy  yo'naltirilgan  barqaror  bozor  iqtisodiyotiga,  ochiq  tashqi 
siyosatga  ega  bo'lgan  kuchli  demokratik  huquqiy  davlatni  va  fu- 
qarolik  jamiyatini  barpo  etishdan  iborat».
Uning  amalga  oshirilishi  turli  sohalarda  olib  boriladigan  islo- 
hotlarga  va  boshqariladigan  vazifalarga  nechog'li  bog'liq  bo‘ladi.
Ijtimoiy-siyosiy  sohada:
-  m a ’muriy-buyruqbozlik,  avtoritar  tuzum   mexanizmidan  va 
tuzilmalaridan  qutilish;
-  davlat  qurilishining  demokratik-huquqiy  tamoyil  va 
m e ’yor- 
lariga  o'tish;


-  fuqarolik  jam iy a tig a   o 'tish n in g   poydevorini  qurish  va 
boshqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy  sohada:
-  iqtisodiy  faoliyatga  erkinlik  berish;
-  mulkchilikning  xilma-xilligi;
-  narx  erkinligini  ta'minlash;
-  raqobat  kurashiga  o‘tish;
-  ko‘p  tarmoqli  iqtisodiyotga  hamda  bozor  munosabatlariga 
o'tish  va  boshqalar.
M a ’naviy  sohada:
-  mustaqil  va  yangicha  fikrlovchi  kishilarni  tarbiyalash,  aqidaboz- 
lik  va  o‘ta  siyosatlashgan  mafkura  hukmronligidan  qutilish.
Xalqaro  munosabatlar  sohasida:
-  butun  dunyo  taraqqiyotidan  ajralib  qolishdan,  o'zini  chetga 
olishdan  va  unga  qarshi  turishdan  voz  kechish;
-  jahon  hamjamiyatiga  kirib  borish  va  teng  huquqli  hamkorlik- 
ka  yo‘l  ochish.
Bozor  munosabatlariga  o'tish  ishlab  chiqarish  va  bozorning 
samarali  o‘zaro  ta’sirini,  davlat  menejmenti  va  korxonalarning  o‘z- 
o'zini  boshqarishning  mutanosib  nisbatda  bo‘lishini  ta’minlovchi 
takomillashgan  iqtisodiy  mexanizmni  yaratishga  yo‘naltirilgandir.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish