Xotorn tajribasi natijalari.
Xotorn tajribalari bergan axborot
hajmi ko'pgina muhim ilmiy kashfiyotlar qilishga imkon berdi. Lekin,
ularning ko‘p sonliligi tufayli ular haqida batafsil gapirib berishning
imkoniyati yo‘q. Asosiy kashfiyotlar xulq-atvor omillari ahamiyati,
rahbarlar bilan o'zaro munosabatlari va Xotorn samarasi edi.
Xotorn samarasi
- bu tajribaga bo'lgan qiziqish yoki quyida-
gi masalaga bo'lgan yuqori e’tibor shartlari xaddan tashqari yax
shi natijaga olib keladi. Tajriba ishtirokchilari tajriba natijasida
haqiqatda qatnashayotgan ishchilargina ishlarni ancha yuqori
sur’atda olib borganligini tasdiqladilar.
Hozirda olimlar xulqqa ta’sir etuvchi omillami o'rganib, Xo
torn samarasi haqida yaxshi biliadi va o'zlarining dasturlarini uni
chetlab o'tish shaklida tuzadi. Ammo, olimlar tajriba oxirida Xo
torn samarasi mavjudligini xali ham kuzatib boradi. Misol uchun,
ko'pchilik kompaniyalar yangi mahsulot ishlab chiqarishdan avval
bozor tartibini xolisona o'rganadi. Y a’ni, ular bozor sinovlarini
o'tkazish vaqtida ko'proq harakat qilishadi. Natijada yangi mah
sulot ishlab chiqarishga qo'yilgandan so'ng sinov vaqtida kuzatil-
gan bozorning qiziqish darajasiga erishilmaslik mumkin, chunki
sotishga endilikda ko'p e’tibor berilmaydi. Xuddi shunday tarzda
rahbarlar va bo'ysunuvchilar orasida o'zaro shaxsiy hamda mansab
munosabatlarini shakillantirishga yo'naltirilgan yangi dastur bosh-
lanishida muvaffaqiyatli bo'ladi. Lekin, m a’lum bir vaqt o'rtasida
rahbarlar o'zlarining avvalgi odatlariga qayta olmaganliklaridan
norozi bo'ladi, chunki ular boshqa yordam olmaydi va yuqori
e’tiborda bo'lmaydi.
Xotom samarasi, shubhasiz, ishlab chiqarish kuchiga ta’sir
ko'rsatuvchi yakkayu-yagona omil emas. Olimlarning fikriga ko‘ra,
nazorat shakli ishlab chiqarishni oshiruvchi omil sifatida muhim-
dir. Tajriba o'tkazish jarayonida ishchilar, odatda, kamroq nazorat
qilingan. Ko'pgina amaliyotdagi ustalar nazorat shakllariga nisba
tan olganda yaxshiroq natija beradi, chunki usta nazoratida bo'lgan
tajriba ishtirokchilari o'z majburiyatlarini yana ham yaxshiroq ba-
jaradi.
Bu mavzuni muhokama qilib Blyu va Neylar quyidagi fikrni
aytdi: «Keyingi so'rovlar qizlarning o'z ishiga m unosabatini
belgilovchi omillar qattiq va xaddan tashqari nazoratning bo'lmasligi
eng asosiy haqiqat (omil) ekanligini ko'rsatdi. Boshqa so'zlar bi
lan aytganda, dam olish tanaffuslari, bepul tushlik, yana ham qisqa
ish haftasi, yuqoriroq ish haqlari, qizlar uchun bevosita nazoratning
yo'qligi ham katta ahamiyat kasb etadi».
Nazorat sifati va turi boshqaruvchilarning rahbariyat siyosati-
ga qiziqishini orttirib, ishlab chiqarish kuchlariga qattiq ta’sir
ko'rsatishi mumkin. Bundan tashqari, Xotom tajribasini o'tkazganlar
bilan hozirgi kundagi olimlar xulosalari mos kelmaydi. Hech kim
odamlarning o'zlari, ishlari va tashkilotlari haqidagi tushunchalari
Xotorn tajribasining bevosita natijasi ekanligiga bugungi kundagi
rahbarlarning bilim va katta ta’sir o'tkazishini rad etolmaydi.
Xotorn tajribasining asosi o'sha davr ilmiy menejment nazari-
yasidan kelib chiqar edi. Xuddi shunday Teylor va Gilbert kabi
olimlar jismoniy omillarning ishlab chiqarish kuchlariga ta’sir dara-
jasini topishni xohlaydi. Keyinchalik Meyo qilgan buyuk kashfiyot
- «ijtimoiy va ruxiy omillar» Xotorn tajribasidan (ko'ra) jismoniy
omillarga ko'ra ishlab chiqarish kuchlariga yana ham kuchliroq
ta’sir ko'rsatadi. Sodda qilib aytganda, Meyo ijtimoiy o'zaro mu-
nosabatlarning yangi ko'rinishlarini tajriba natijasida qayd etdi.
Rejalashtirilmagan va nazorat qilinmagan rahbariyat aynan ijtimoiy
munosabatlarni qayta ko'rishga va ishlab chiqarish kuchi o'zga-
rishiga asosiy sabab bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |