Menejment nazariyasi


  G uruhlar  va  ularning  aham iyatlari



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

13.4.  G uruhlar  va  ularning  aham iyatlari
Inson  o'zi  kabilar  bilan  o'zaro  aloqada  bo'lishga  harakat  qiladi, 
chunki  bunday  aloqalardan  zavqlansa  kerak.  Bizning  kuchimiz 
boshqa  odamlar  bilan  aloqadorlikda  bo'lishga  faol  izlanadi.  Ko'pgina 
hollarda  bizning  boshqalar  bilan  munosabatlarimiz  qisqa  muddatli 
va  ahamiyatsiz  bo'ladi.  Ammo,  agarda  ikki  yoki  undan  ortiq  kishi-


lar  bir-birlari  bilan  (uzoq)  yetarlicha  ko'p  vaqt  yaqin  bo'lsalar,  ular 
asta-sekin  bir-biriarining  mavjudligini  va  ruhiy  yaqinligini  tan  ola 
boshlaydilar.  Bunga  ketadigan  vaqt  va  anglash  darajasi  insonlar- 
ning  o'zaro  aloqada  bo'lishi  va  muhitga  bog'liqdir.  Balki,  bunday 
anglashuvning natijasi  ommaga  doim  bir xil.  Ular  haqida  boshqalar- 
ning  nimani  o'ylashi  va  ulardan  boshqalar  nimani  kutishi  tushun- 
chasi  odam larni  (xulqi)  qandaydir  yo'sinda  o'z  xulq-atvorini 
o'zgartirishga  majburlaydi.  Bu  bilan  ular  ijtimoiy  munosabatlar- 
ning  mavjudligini  tasdiqlaydi.  Bu  jarayon  sodir  bo'lganda  odam- 
larning  bexosdan  yig'ilishi  guruhga  aylanadi.
Bizning har birimiz bir vaqtning o'zida ko'pgina turli-tuman guruh- 
larga tegishli bo'lamiz. Biz turli oilaviy guruhlarning azosi: o'zimizning 
bevosita  oilamiz,  buvi  va  buvalar  oilasi,  uzoq  opa-ukalarimiz,  tur- 
mush  o'rtog'imiz  va  boshqalar.  Ko'pgina  odamlar  bir  necha  o'rtoqlik 
guruhlariga  mansub  bo'ladilar.  Ba’zi  guruhlar  qisqa  muddatli  bo'lib, 
ularning  maqsadi  oddiy  bo'ladi.  Maqsadga  erishilganda  (esa)  yoki 
guruh  azolari  unga  bo'lgan  qiziqishlarini  yo'qotsa,  guruh  tarqalib 
ketadi.  Imtixonga  birgalikda  tayyorlanishga  yig'iladigan  bir  necha 
talaba  bunday  guruhlarga  misol  bo'lishi  mumkin.  Boshqa  guruhlar 
esa  bir  necha  yil  davomida  faoliyat  yuritib,  o'zining  a’zolariga  qattiq 
ta’sir  ko'rsatishi  mumkin.  Bunday  guruhlarga  maktab  o'quvchilari 
uyushmalarini  misol  qilib  keltirish  mumkin.
Mazkur  bobning  sarlavhasida  «guruh»  so'zi  keltirilgan  bo'lsa- 
da,  biz  guruh  haqida  yetarlicha  m a’lumot  berib  o'tdik.  Marvin 
Shouning fikriga  binoan,  guruh  -  bu  ikki  yoki  undan  ortiq  shaxslar 
bo'lib,  bir-birlariga  ta’sir  ko'rsatib,  bir vaqtning o'zida  har  bir shaxs 
boshqa  shaxslarning  ta’siri  ostida  bo'ladi.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish