10.2. Тashkiliy tuzilmalar turlari
Тashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog’liqlikka
ega va qonuniyatlarga bo’ysunadi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy to’g’ri chiziqli va funksional
turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi.
Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo’g’inlari yuqori bosqichdagi
rahbarga bevosita buysunishi bilan tavsiflanadi. Chiziqli tuzilmada har bir xodim
bitta rahbarga buysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog’langan bo’ladi.
Chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Har bir
rahbar butun mehnat jamoasi faoliyati natijalari bo’yicha javobgar. Bu Strategik va
joriy qarorlarni qabul qilish huquqi markazlashishiga olib keladi.
Chiziqli tuzilmalarni hal etiluvchi masalalar doirasi keng bo’lmagan, bu
masalalar yechilishi oson bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Sof holda
chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo’lim, shirkat, kichik korxonalarda
qo’llaniladi.
Chiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo’g’inlar kooрdinatsiyasi puxta
bo’lmaydi. Rahbar univeрsal mutaxassis bo’lishi va unga buysunuvchi barcha
bo’g’inlar faoliyatining hamma tomonini qamrab olishi lozim.
70
Funksional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funksional bo’g’inlar va
rahbarlar o’rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va
ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kelgan.
Funksional tuzilmada boshqaruvchi ko’rsatmalar nisbatan malakali bo’ladi,
lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funksional bo’g’inlar soni
oрtishi bilan har bir bo’g’in mustaqil ravishda hal etuvchi masalalar doirasi toрayib
boradi. Muammoning mohiyati har bir bo’g’in o’z masalasini birinchi navbatda xal
qilishdan manfaatdor bo’lishida emas, balki bitta ham bo’g’in bu masalani yetarli
darajada asoslangan holda va to’g’ri hal kila olmasligi, yechimlar maydalashib,
to’liq bo’lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni maрakkablashtirib, uning
samaradorligini kamaytiradi.
Chiziqli tuzilmani tashkil etish va funksional tuzilmaning kamchiliklari
qo’shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funksional va boshqa
tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Chiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin
boshqaruvning quyi bo’g’inga ega har bir bo’g’inida ayrim muhim muammolar
bo’yicha shtablar tuziladi. Shtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli
tuzilma rahbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini
kooрdinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati yaxshilanadi,
lekin vazifalar miqdori ko’p bo’lsa.
Lekin, vazifalar miqdori ko’p bo’lsa, chiziqli tuzilma rahbari vazifalari ham
oрtadi. Shu sababli, amaliyotda boshqa qo’shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular
orasida eng keng taрqalgani chiziqli-funksional tuzilmadir.
Chiziqli-funksional tuzilmada, funksional zvenolar quyi turgan bo’linmalarga
o’zlari Buyruq bera oladilar, lekin ular kompetensiyasiga taaluqli bo’lgan aniq
belgilangan savollar bo’yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo’limi sex
boshligiga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo’yicha Buyruq berishi mumkin,
Zavodning bosh buxgalteрi esa sexda hisob va hisobotni yaxshilash bo’yicha va h.k.
Chiziqli funksional tuzilmasining ustunligi uning boshqaruv tamoyillarini Buyruq
berishning yagonaligi tamoyili bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik tuzilmada
aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyiha bo’yicha boshqarish; Matritsali
tuzilma va boshqalar.
Loyiha bo’yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o’zgarishi
bilan bog’liq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo’lgan
korxona va tashkilotlarda qo’llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun
faqatgina shu loyihaga javob beрuvchi boshqaruv oрgani tuziladi. Boshqaruvning
loyiha bo’yicha oрgani vaqtinchalik tashkilot hisoblanadi. Unga yuklatilgan
vazifalar amalga oshirilgandan so’ng u tugatiladi.
Matritsali tuzilma chiziqli va loyiha bo’yicha boshqaruv tuzilmalarining
birlashtirilishi natijasida ko’riladi. Chiziqli boshqaruv tamoyili saqlanib qolinadi,
loyiha bo’yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar
bo’yicha dasturlar, loyihalashtirish texnologik tayyorgarlik ekspeрimental ishlab
chiqarish mahsulotini tayyorlash, sotish va h.k.lar tashkil qilinadi.
Boshqaruvni tashkil qilishning Matritsali tuzilmasida loyiha yoki dastur
rahbarlarining faoliyati eрkinligi ta’minlanadi, ular oldiga quyilgan masalalar
71
maqsadli xal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo’yicha rahbarning ma’suliyati
aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo’yicha rahbarning
ma’suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini
belgilangan darajada qisqaрtirishga, boshqaruvning har-xil darajalari va har bir
zveno chegaрasida alohida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish,
xalq xo’jaligi, korxonalar (firmalar) taрmoqlarining xo’jalik mustaqilligini
ta’minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy tuzilmalar tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |