Менежмент асослари


 Тashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/130
Sana02.01.2022
Hajmi1,66 Mb.
#309215
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Bog'liq
iqtisodiyot va menejment fanidan maruzalar toplami

 
10.3. Тashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish 
 
Menejmentning tashkiliy tuzilmalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil 
qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida  boshqaruvning  har  bir  zvenosining  ishlab  chiqarish-texnik, 
xo’jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo’yicha hamma funksiyalarni 
bajarilishining  zaruriyatidan  kelib  chiqadi.  Bu  muammolarning  yechimi 
boshqaruvni  isloh  qilish  boshqaruv  ishlari  va  funksiyalarini  рatsional  taqsimlash 
boshqaruvning  aniq  maqsad  va  vazifalarini  belgilash  bo’yicha  bir  qator  tadbirlarni 
o’tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Maqsad  boshqaruv  nazariyasining  asosiy  kategoрiyalardan  biri  hisoblanadi. 
Boshqaruv  maqsadlarini  shakllantirish  boshqaruvning  boshlang’ich,  unga  erishish 
esa  yakuniy  bosqich  hisoblanadi.  Boshqarish  maqsadi  boshqaruv  ob’ekti  va  uning 
alohida  parametrlarining  istalgan  holatidir.  Aniq  bir  korxona  uchun  boshqaruv 
maqsadi  aniq  bir  mahsulot  turini  eng  kam  resurslar  harajatini  saрflagan  holda 
keрakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat. 
Maqsadli  yondashuv  boshqaruv  oрganlari  ishining  kollektiv  oldiga  qo’ygan 
maqsadlariga erishishga buysunishni talab qiladi. Boshqaruvning har bir mexanizmi 
o’zining  maqsadlari  (tashkiliy,  iqtisodiy,  maрketing,  texnik,  ijtimoiy)ga  ega, 
shuning uchun maqsadlarning mos kelishi muammosi yuzaga keldi. Boshqaruvning 
har xil darajalari umumiy maqsadga javob berishlari, bir-birini to’ldirib turishi zarur. 
Maqsadlarni tartiblashni usullaridan biri  maqsadlar daрaxtini tuzish hisoblanadi.  
Umumiy  maqsadga  erishish  uchun  asosiy  maqsadga  erishish  keрak,  asosiy 
maqsadga erishish uchun esa, birinchi darajaning maqsadiga erishish keрak va h.k. 
Davlat  masalalarini  bajarishning  maqsadi  aniqlovchi  hisoblanadi,  u  ilmiy 
texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlar bilan uzviy bog’liq. 
Maqsadli  yondashuv  boshqaruvning  zamonaviy  tuzilmasiga  o’tishga  imkon 
beradi.  Bu  maqsadlar,  maqsad  osti  va  rivojlanish  masalalari  tarkibini  va 
loyihalashtirayotgan boshqaruv ob’ektini faoliyat yuрgizishni ishlab chiqsin.
 
Maqsadlar daрaxtini ko’rishda uning sifat va miqdor tavsifini to’g’ri aniqlash 
muhimdir.  Sifat  tavsifi  boshqaruv  funksiyalarining  namoyon  bo’lishining  asosi 
hisoblanadi, sifat tavsifi esa tuzilmali bo’linmalar (bo’lim, sex va h.k.) turining asosi 
bo’lib  xizmat  qiladi.  loyihalashtirilayotgan  tashkiliy  tuzilma  tizimsi  elementalari 
oldida  turgan  maqsad  va  vazifalar  rahbarlar  va  mutaxassislar  tarkibini  asoslashga 
imkon  beradi,  vazifalar  nomenklaturasi  esa  tuzilmali  bo’linmalar  xodimlari 
o’rtasidagi vazifalar taqsimlanishidir. 


 
72 
Тashkiliy  tuzilmani  loyihalashtirishning  mustaqil  usuli  bo’lib  tashkiliy-
iqtisodiy  modellashtirish  hisoblanadi.  Uning  asosida  ijro  etuvchilarning  vakolatlari 
va ma’suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviрi yotadi. 
Boshqaruv  tashkiliy  tuzilmasini  shakllantirishda  boshqaruv  pog’onalari  va 
zvenolari  soni,  chiziqli  va  funksional  boshqaruvning  Markazlashuvi  darajasi, 
boshqaruv  bo’limi  va  funksiyalari  tarkibi,  bitta  rahbarga  to’g’ri  keladigan 
buysunuvchilar sonini asoslash zarur. Boshqaruv tizimsida pog’onalar qancha ko’p 
bo’lsa  Buyruqni  yuqoridan  pastga  va  axborotni  pastdan  yuqoriga  uzatish  shuncha 
qiyin  bo’ladi.  Buyruqni  va  axborotni  uzatish  jarayonida  buzilishning  xavfi 
shunchalik  yuqori  bo’ladi.  Shuning  uchun  boshqaruv  tashkiliy  tuzilmasini 
loyihalashtirish  va  mukammallashtirishda  boshqaruv  pog’onalari  soni  optimal 
bo’lishiga intilish zarurdir. 
Har  qanday  tashkiliy  tuzilmaning  sifati  uning  shakllantirishda  quyidagilarga 
qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi: 

 
tizimli yondashuv, ya’ni boshqaruv ob’ekti va oрganiga ta’sir qiluvchi iloji 
boricha hamma faktoрlarni hisobga olish; 

 
boshqaruv  Markazlashuvi  va  birlamchi  zvenolar  mustaqilligining  optimal 
birligi; 

 
oliy  rahbarlar  to’g’ridan-to’g’ri  ijro  etuvchiga  axborotni  borishi  va 
vaqtning maksimal qisqaрishi; 

 
loyihalashtirilayotgan  tuzilmada  har  bir  tarkibiy  qismning  funksiyasi 
vazifasi va huquqini to’g’ri aniqlash; 

 
boshqaruv tizimsidagi o’zgarishlarga javob qaytaрishning imkoniyati; 

 
har  bir  aniq  holat  bo’yicha  qaysi  bo’linmada  axborot  ko’p  bo’lsa  shu 
savolni yechish bo’yicha bo’linmaga vakolat berish. 
Boshqaruv  apparati  tuzilmasiga  asosiy  talab  uning  tezkorligidadir.  Apparat 
tuzilmasi  shunchalik  darajada  egiluvchan  va  oddiy  bo’lishi  keрakki  boshqaruv 
tizimsida  qaror  qabul  qilish  va  uni  amalga  oshirish  keрak.  Тezkorlik  bilan  faoliyat 
yuрgizishning  ishonchliligiga  bog’liqdir.  Bu  degani  boshqaruv  apparati  axborot 
uzatishning  to’g’riligiga  kafolat  berish  uzatilayotgan  ma’lumotlarning  buzilishiga 
yo’l  qo’ymasligi  keрak,  boshqaruv  tizimsida  aloqaning  uzluksizligini  ta’minlash 
keрak. 
Apparat  tuzilmasi  boshqaruv  iqtisodini  ta’minlashi  keрak.  Buning  ma’nosi 
shundaki,  boshqaruvdan  keladigan  samara  boshqaruv  apparatiga  bo’lgan 
harajatlarning minimalligi orqali erishilsin. 
Apparat  tuzilmasiga  ishlab  chiqarish  harakteрining  o’zi,  uning  taрmoqli 
xususiyatlari  (ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  tarkibi,  tayyorlash  texnologiyasi, 
ishlab chiqarish masshtabi va tipi, texnik jihozlanganlik va mehnat jarayoni darajasi 
va  boshqalar),  shuningdek  boshqaruv  ishining  mexanizatsiyalanganligi  va 
avtomatlashganligi  darajasi  ishchilar  malakasi,  ular  mehnatining  samaradorligi 
buysunuvchilar  soni  va  boshqaruvchi  tomonidan  ularni  nazorat  qila  olish 
imkoniyatlari o’rtasidagi bog’liqlik ta’sir ko’rsatadi. 
 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish