Менежмент асослари


 Menejmentning iqtisodiy usullari



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/130
Sana02.01.2022
Hajmi1,66 Mb.
#309215
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130
Bog'liq
iqtisodiyot va menejment fanidan maruzalar toplami

 
11.1. Menejmentning iqtisodiy usullari 
 
Boshqaruv usullari bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli 
yo’naltirilgan  ta’sir  o’tkazishning  usullari,  ya’ni  boshqaruvchining  u 
boshqarayotgan  ishlab  chiqarish  kollektiviga  qo’yilgan  maqsadlarga  erishish 
jarayonida uning faoliyati kooрdinatsiyasini ta’minlashdir. 
Boshqaruv  usullari  vositasida  iqtisodiy  jarayonlarga  va  ishlab  chiqarish 
katnashchilariga  moddiy,  moliyaviy,  energiya,  mehnat  resurslarini  imkoni  boricha 
kam  saрf  qilib  yuqori  natijalarga  erishish  maqsadida  ta’sir  etiladi.  Ishlab  chiqarish 
samaradorligi  ko’p  jihatdan  boshqaruv usullari  mukammalligi  va  shakllanligi  bilan 
uzviy bog’liqdir. 
Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv qonun 
va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga  ta’sir etish usullari orasida 
boshqaruv  mexanizmi  uchun  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  boshqaruv  ob’ektiv 
qonunlari  talablariga  muvofiq  keluvchilarigina  eng  maqbul  va  maqsadga  muvofiq 
deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga 
mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. 
Boshqaruv  usullari  tashqi  va  ichki  omillar  ta’sirida  o’zgaradi.  Тashqi 
omillarga:  tashqi  va  ichki  sharoit  o’zgarishi,  iqtisodiyotni  boshqarishda  tub 
islohotlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy quрollanganlik darajasini 
boshqarish  tizimida  o’zgarishlar  (iqtisodiy  islohotlar,  iqtisodiyotni  boshqarishning 
taрmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va h.k.) kiradi. Ichki omillarga: jumlasiga 
yirik  ishlab  chiqarish  birlashmalarini  tashkil  etish  asosida  ishlab  chiqarish 
konsentрatsiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir 
guruhdan  ikkinchisiga  o’tkazilishi;  ishlab  chiqarish  ixtisoslashish  darajasi 


 
74 
o’zgarishi;  mehnatning  texnika  bilan  ta’minlanish  darajasi  yaxshilanishi;  ishlab 
chiqarishni  rejalashtirish  va  jadal  tartibga  solishning  mavjud  usullarini 
takomillashtirish  va  yangilarini  joriy  qilish  (taрmoqli  rejalashtirish  va  boshqarish; 
ishlab  chiqarishni  uzluksiz  tezkor  rejalashtirish,  ishlab  chiqarishni  boshqarishni 
avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin.  
Хalq    xo’jaligini  boshqarishda  quyidagi  usullardan  foydalaniladi:  iqtisodiy, 
tashkiliy,  ijtimoiy,  ruhiy  va  huquqiy.  Boshqaruvning  bu  usullari  o’zaro  uzviy 
bog’liqdir,  shu  sababli  ularning  biroрtasiga  oрtiqcha  ahamiyat  berish  butun  ishlab 
chiqarishning  me’yoriy  borishining  buzilishiga  olib  keladi.  Hozirgi  davrda  bozor 
iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmokda. 
Iqtisodiy usullar
 iqtisodiy ta’sir vositalari yig’indisidan (naрx, kredit, biznes-
reja,  foyda,  soliqlar,  ish  haqi,  iqtisodiy  rag’batlantirish  va  h.k.),  ya’ni  xo’jalik 
faoliyatiga ta’sir  etishning har bir  jamoa  mos  xo’jalik  bo’g’ini  bilan  uzviy  aloqada 
amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir. 
Boshqaruvning  iqtisodiy  usullari  kishilarga  iqtisodiy  manfaatlar  orqali  ta’sir 
ko’rsatadi. 
Iqtisodiy  usullarning  mohiyati  xodimlar  va  ishlab  chiqarish  jamoasiga  ular 
manfaati  bo’lishini  ta’minlovchi  iqtisodiy  sharoit  yaratishdan  iboratdir.  Boshqaruv 
usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi uрinni egalaydi. 
Bozor  mexanizmining  muhim  vazifalaridan  biri  biznes  reja  va  bozorning 
uzviy  bog’liq  bo’lishiga  imkon  yaratuvchi  pul  va  tovar  resurslari  to’g’ri  nisbatini 
ta’minlashdir. 
Bozor – bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor 
munosabatlari  sharoitida  rejali  iqtisodiyotga  nisbatan  qat’iy  boshqaruv  tizimi 
o’rnatiladi.  Bozor  tamoyillari  xo’jalik  rahbarlaridan  tashabbuskorlik,  korxona 
faoliyati  masalalari  bo’yicha  yuqori  natijalarga  erishish  maqsadida  qayishqoqlik, 
tavakkalchilikni talab etadi. 
Bozor  iqtisodiyoti  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimiga  nisbatan  qarama-qarshi 
tizim  bo’lib,  bozorda  naрx,  soliq,  kredit  vositasida  tartibga  solish  eng  avvalo 
ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida naрx va ish haqi 
o’zgarishni qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi. 
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega 
bo’lib, ular mohirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-ruhiy va huquqiy 
usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.  
Korxonalar,  aksioner  jamiyatlari,  firmalarda  muhim  boshqaruv  usullaridan 
biri – 
biznes-rejalardir
.  U iqtisodiy  jarayonlarni umummilliy  manfaatlarni  ko’zlab, 
xo’jalik  amaliyotida  ob’ektiv  iqtisodiy  qonunlardan  foydalanish  asosida,  ongli 
ravishda,  bir  maqsadga    intilgan  holda  boshqarishning  o’zaro  uzviy  bog’liq 
tizimidan iboratdir. 
Biznes-reja  vositasida  hal  etiladigan  asosiy  vazifalar  quyidagilardan  iborat: 
iqtisodiyot  rivojlanishi  yo’nalishlari  va  maqsadlarni  amalga  oshirish  yo’llarini 
ko’rsatish,  iqtisodiyotning  barqaror,  mutanosib  o’sishini  ta’minlash,  moddiy, 
mehnat  va  moliyaviy  resurslarni  taрmoqlar  va  ishlab  chiqarishlar  o’rtasida 
taqsimlash  va  qayta  taqsimlash,  fan-texnika  taрaqqiyoti  yutuqlarini  joriy  etishni 
ta’minlash;  taрmoqlaraрo  integрatsiya,  taрmoq  ichida  ixtisoslashuv  va  sanoat 


 
75 
koopeрatsiyasini  chuqurlashtirish;  xo’jalik  yuрituvchi  sub’ektlar  faoliyatini  tezkor 
tartibga solish va kooрdinatsiya qilish. 
Biznes-reja  korxona,  aksionerlar  jamiyati,  konsernlar  faoliyatining  barcha 
tomonlarini:  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish;  moddiy-texnikaviy  ta’minot  va 
ishlab  chiqarish  fondlaridan  foydalanish,  mehnat  va  ish  xaki,  jamoada  ijtimoiy 
jarayonlar  va  h.k.larni  qamrab  oladi.  Bozor  munosabatlari  sharoitida  ularga 
rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi. 
 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish