Тuzuvchilar: i.f.d. prof. Ulashev I.O., katta o’qit. Atamuradov Sh.A.
Тaqrizchilar:
I.f.n., dots. Ashurova N.B., NDKI dotsenti,
I.f.n. dots. Murodova N.Q., NDPI kafedra mudiri
©
―Iqtisodiyot va menejment‖ kafedrasi. –Navoiy: NDKI, 2013
.
4
1-mavzu: “IQТISODIYoТ VA MENEJMENТ” FANINING PREDMEТI
VA VAZIFALARI (2 soat)
R e j a :
1.1. ―Iqtisodiyot va menejment‖ fanining mohiyati va vazifalari
1.2. Iqtisodiyot va menejmentning predmeti va izlanish uslublari.
1.3. Kursning mazmuni va vazifalari.
1.1.
“Iqtisodiyot va menejment” fanining mohiyati va vazifalari
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog’lab, shu bilan birga
boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga
olgan holda o’rganish lozim.
Тashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot
tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-
iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib,
menejment maqsadlarini belgilaydi. Тashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat
unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga
imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi
ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy ximoya
qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va
axolining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov o’zining «O’zbekiston iqtisodiy
islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida «Kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo
sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag’bat va imkoniyatlar yaratishdan,
iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan kafolatli huquqni
qaror topdirishdan, axolining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham
iboratdir», deb ta’kidlagan edi.
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab
chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham
murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga
mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar
o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani
ko’paytirishga yo’naltiriladi.
Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga
asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning
aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini hisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari
respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o’zaro
ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o’z-o’zini boshqarishning mutanosib
nisbatda bo’lishini ta’minlovchi takomillashgan xo’jalik mexanizmini yaratishga
yo’naltirilgandir. Davlat menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatini qurishdan iboratdir.
Qadimiy Sharqda eramizdan 3000 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan
foyiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy Yegipitliklar, Greklar oldi-sotdi,
5
pul, baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. O’zbek
tilidagi «Iqtisod» so’zi Grekcha «Oykonomika» (ekanomika), ya’ni «Oykos» - uy,
xo’jalik va «nomos» - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so’zlar
birlashmasidan olingan bo’lib, uy xo’jaligini yuritish Qonuni mazmunini
bildirishligi bejiz emas. Shuning uchun iqtisodiy fanlar o’rganadigan kategoriyalar
qadimgi sharq olimlari qalamiga mansub bo’lgan asarlarda uchraydi (Sokrat,
Kesnofont, Platon, Aristotel, Epikur).
Qur’onning ―Yusuf‖ surasida berilgan ma’lumotlar bo’yicha eramizdan 3000
yillar oldin Yusuf payg’ambar Misr shohiga: «Meni shu yerning xazinalari ustiga
qo’ying. Chunki men (ularni) to’la to’kis saqlaydigan va to’g’ri tasarruf qilishni
biladigan kishiman» deb aytganlar. Bundan kelib chiqadiki, qadimda xazinalarni
saqlash, sarf qilishni iqtisodiy tayanchlarini bilgan, ya’ni shu narsani aytish joyizki,
Qur’onda «Olloh barcha narsa uchun miqdor-o’lchov qilib qo’ygandir» deb
‖Тaloq‖ surasida yozilgan. Qur’onda meros, sudxo’rlik, sadaqa, omonot, zakot, fitr
kabi iqtisodiy kategoriyalar ham ishlatilgan.
Markaziy Osiyo allomalarining asarlarida iqtisodiyotga taalluqli g’oyalar,
xo’jalik yuritish bo’yicha fikrlar ko’pdan ko’p uchraydi. Ularning qatoriga Farobiy,
Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Хos Hojib, Amir Тemur, Ulug’bek, Bobur kabi
mutafakkirlarni ijodlari kiradi. Misol uchun Amir Тemur Тuzuklarini keltirish
mumkin. Тemur Тuzuklarida iqtisodiyotga, davlatni boshqarishga oid va hozirgi
zamonda ham o’z faoliyatini yo’qotmagan iqtisodiy muammolarni hal qilish yo’l-
yo’riqlari, qoidalarini topish mumkin. Unda davlatni tarkibiy tuzilishidan tortib,
davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, mehnatni taqdirlash,
maosh to’lash, soliq undirish, jarimalar, inomu-ehsonlar to’g’risida ma’lumotlar
keltirilgan.
Insoniyat tarixiga ko’z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosiy va
iqtisodiy jihatlaridagi farqlari aniqlanadi.
Siyosiy hayotda tarixan ongli (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni
boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g’oyasi o’sha davrlardanoq dohiy (qabila
boshlig’i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o’z aksini topgan.
Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funksiyalari
mustahkamlanib va turg’unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy
jamoa davridan to kapitalistik tizimgacha bir biri bilan ongli ravishda birlashmagan
yakka ongli xo’jaliklarni kuzatamiz. Har bir xo’jalik sub’ektlari o’z tashabbusi, o’z
ixtiyoricha, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, jamiyatning va
xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan birligi yakka xo’jalik yurituvchilarning o’zaro
iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan
xo’jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g’oyasi tug’ila boshlaydi. Chunki
uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglagan xo’jalik sub’ektlarini) ongli
ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin.
Hozirgi zamon korxonalari iqtisodiyotning (xalq xo’jaligining) uyushtirilgan,
davlat tomonidan tartibga solinadigan xo’jalik sub’ekti bo’lib hisoblanadi.
Хo’jalik korxonasi iqtisodiy fanlar nuqtai nazaridan ishlab chiqarish
elementlarini (mehnat, kapital, tabiiy resurslar, tadbirkorlik) o’z manfaatlari,
6
xo’jalik yuritish va foyda olish maqsadi orqali birlashtirgan, o’z resurslarini o’z
ixtiyori bilan ishlatish huquqiga ega bo’lgan sub’ektiga tushuniladi.
Shunday qilib, tarixdan iqtisodiy nazariya shakllanib kelgan va iqtisodiyot
(ekonomika) atamasi ishlatib kelingan. Hozirgi kunda iqtisodiyot bir necha xil
mazmunda ishlatiladi.
Birinchidan, iqtisodiyot deganda xo’jalik (xalq xo’jaligi, tarmoq, hudud,
birlashmalar, korxonalar va firmalar) tushuniladi;
Ikkinchidan; iqtisodiyot bu ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol
fazalarida vujudga kelgan insonlar, xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi moddiy va
boshqa boyliklar bilan bog’liq munosabatlar tushuniladi;
Uchinchidan, iqtisod bu siyosat, ya’ni davlat siyosati, davlatlararo aloqalar va
hakozolardan iboratdir;
Va nihoyat, to’rtinchidan, iqtisod bu - fan.
Fan - bu tabiat, jamiyat va tafakkur, ijtimoiy taraqqiyotni tahlil qilish va
umumlashtirish to’g’risidagi insoniyat tomonidan jamlashtirilgan bilimlar
yig’indisiga tushuniladi. Bu bilimlar orqali insoniyat tabiat sirlarini chuqur
o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi, texnika va texnologiyani, tabiiy fanlarni
rivojlantiradi hamda ijtimoiy taraqqiyotni muhim muammolarini hal qiladi.
Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo’jalikni oqilona va samarali boshqarish uchun
unga mos xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy
dastaklar (baho, soliq, foyda, kredit, ish haqi kabilar), kategoriyalar, ko’rsatkichlar,
usullarni (iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, normalashtirish kabilar) xo’jalik
yurituvchilar o’z maqsadlariga muvofiq boshqaruv jarayonlarida ishlatadilar.
―Korxona iqtisodiyoti‖ fanini o’rganish to’g’risida so’z yuritilganda albatta
uning asosiy vazifalarini aniqlab olish kerak. Uning asosiy vazifalariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni, o’lchov birliklari, ko’rsatkichlari va
kriteriyalarini aniqlash usullarini o’rganish;
- korxona xo’jalik mexanizmini holatini o’rganish, baholash, kelajakga
bashorat qilish;
- bo’lajak iqtisodchilarni korxona faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish,
kelajagini bashorat qilish usullari bilan qurollantirish;
- xo’jalik yuritishni yangi shakl va usullarini aniqlash;
- barcha turdagi korxonalarning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini
aniqlash, takliflar berish;
- korxonada birlashtirilgan omillardan (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik)
samarali foydalanish yo’llarini belgilash. Chunki bu omillar jamiyat, tarmoq va
sohalar bo’yicha, ayniqsa alohida korxonalar bo’yicha olinganda, makon va zamon
birligida, chegaralangan ekanligini hech kim inkor qilmaydi.
Bozor iqtisodiyoti rahbarlarga va mutaxassislarga yangi iqtisodiy fikrlashni,
yangicha ish yuritishni, minglarcha sub’ektlar va iste’molchilar bilan o’z faoliyatini
muvofiqlashtirish, situatsiyalarni, jarayonlarni o’z manfaati va maqsadiga
yo’naltirish, ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun rejalashtirish kabi
muammolarni hal qilish yo’llarini bilish talablarini qo’yadi. Bularsiz raqobatchilik
7
sharoitida har qanday korxona, firma inqirozga uchrab qolishi ehtimoldan uzoq
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |