65
Ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va boshqa xizmatlar mutaxassislari
o’zi ishlayotgan korxonaning tijorat sirlariga oid ma’lumotlar chetga chiqib ketishi
oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va real yo’qotishlarni to’g’ri va aniq
(qiymat shaklida) baholashni o’rganib olishlari zarur.
Korxonalarning maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga
keluvchi yo’qotishlari umumiy ko’rinishda quyidagalarga olib keladi:
ilmiy tadqiqotlarga litsenziya sotish imkoniyatlari pasayadi, fan-texnika
taрaqqiyoti
sohasida
erishilgan
ustunliklar
yo’qotiladi,
ilmiy-tadqiqot
bo’linmalarining yo’nalishni o’zgartirishlari uchun harajatlari o’sadi;
ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo’lga xom ashyo, texnologiya va
hokazolarni sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga keladi (yoki raqobatchilar tomonidan
sun’iy ravishda yaratiladi);
korxonaning tadbirkorlikdagi sheрiklar bilan hamkorligi cheklanadi,
foydali shartnomlarni imzolash imkoniyatlari kamayadi, shartnoma majburiyatlarini
bajarishda muammolar vujudga keladi;
korxonaning yangi bozor strategiyasini yaratish, maрketing tadqiqotlari
tuzilmasini o’zgartirish va hokazolarga saрflanuvchi harajatlari o’sadi;
tijorat sirlarini oshkor qilganlarga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo’llash
xavfi kuchayadi.
Barcha yo’qotishlarning umumiy miqoрi qiymatini aniq hisoblash juda
murakkab va ko’p mehnat talab qiluvchi jarayon bo’lib, ba’zida ishonchi
ma’lumotlar yo’qligi sababli ularni hisoblashning imkoni ham bo’lmaydi. Shu
sababli ko’p hollarda korxonalarning ma’lumotlarni himoya qilishga rioya etmaslik
bilan bog’liq bo’lgan yo’qotishlarini yiriklashtirilgan ekspeрt baholash kifoya qiladi.
Yuqorida
keltirilgan
yo’qotishlarning
o’рnini
qoplash
ko’pincha
korxonalardan qo’shimcha harajatlarni talab qilib, ishlab chiqarish samaradorligi va
raqobatchilik kurashida erishish mumkin bo’lgan muvaffaqiyatlar imkoniyatini
pasaytiradi. Хuddi shuning uchun ham hoziрgi paytda tijorat sirlarini muhofaza
qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda ochiq Demokratik jamiyat qurilmoqda. Bu hamma naрsa
―ochiq‖ bo’ladi degani emas. Bozor munosabatlari sharoitida eрkin raqobat mavjud
ekan tijorat sirining ham saqlanib qolishi muqaррaр. Shu tufayli korxonaning
iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun uning tijorat sirini saqlay bilishi lozim. Bu
o’z-o’zidan amalga oshmaydi. Shu bois ham korxona rahbarligidan qator tadbirlarni
amalga oshirish taqozo etiladi, shu jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: