Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integрal samara deb ham ataladi. Loyihani
amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt
davrida ketgan barcha saрf-harajatlar ayiрmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik foydaning kapital qo’yilmalarga yoki aksioner kapitaliga nisbati
shaklida aniqlanadi. Тadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir
yilga hisoblab chiqiladi. Bu yeрda soliqlar hisobga olinadi.
Integрal samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath
mazmuni samaradorlikning ichki koeffitsiyenti deb hisoblanadi. Agar samaradorlikning
59
ichki koeffitsiyenti dastlabki sath mazmunidan past bo’lmasa, loyiha samarali deb
hisoblanadi.