131
TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH
dots. E. J.Turdiyev, Z.J.Shafoatov, X.T.Maxamov
QarDU
Yangi ijtimoiy iqtisodiy sharoitda texnologiya fani o’qituvchisini tayyorlash
kasbiy kompetentlik va unga xos sifatlarni tarkib toptirishga erishish muhim vazifa
hisoblanadi. Lug’aviy jihatdan “qobilyat”, mazmunan esa faoliyatda nazariy
bilimlardan samarali foydalanish, yuqori
darajadagi kasbiy malaka, mahorat va
iqtidorni namoyon eta olish” ma’nosini anglatuvchi kompetentlik negizida
muayyan sifatlar qatorida texnologik kompetentlik alohida ahamiyat kasb etadi.
Texnologik kompetentlik – kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni
boyitadigan
zamonaviy
axborot
kommunikatsion
va
ilg’or
pedagogic
texnologiyalarni o’zlashtirish hamda ulardan ta’lim jarayonida foydalanishni
nazarda tutadi.
Ta’lim texnologiyasi ta’lim maqsadiga erishish
jarayonining umumiy
mazmuni, yangi avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida,
bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan
metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali foydalanish
hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish kabilarni o’zichiga oladi.
Bo’lajak
texnologiya
fani
o’qituvchilari
(talabalar)da
texnologik
kompetentlikni shakllantirishda ta’lim texnologiyalarining o’rniga to’xtalib
o’tamiz.
Pedagogik texnologiyalarning muhim elementlaridan biri bo'lgan – interfaol
metodlar
talabani fikrlashga, shaxsiy fikrni erkin ifodalashga, o'zgalarning fikrini
tinglashga, bildirilgan fikrlarni umumlashtirish va tahlil qilishga, ijodiy loyihalarni
yaratish, muayyan muammolarni har tomonlama tahlil qilish va yechimini
topishga o'rgatadiki, bu uning mustaqil hayotga tayyorlanishi, kasbiy ko'nikma,
malakalarni samarali o'zlashtirishi uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Talabaning interfaol ta’lim jarayoniga faol jalb etilishi u tomonidan muhim
hayotiy ko'nikmalarning ham yetarli darajada o'zlashtirishiga yordam beradi.
Interfaol ta’lim jarayonida talaba jamoaning kuchi, imkoniyatlarini anglaydi va uni
munosib baholashga o'rgatadi; guruh, jamoa
manfaati uchun guruhdoshlar,
jamoadoshlar bilan birgalikda kurashishi kerakligini tushunadi, eng qiyin,
murakkab vaziyatlarda bir- biriga yordam ko'rsatish, bir-birini qo'llab-quvvatlash,
tushunish, hamdard bo'lishga o'rgatadi. U hech qachon jamoa, guruh
(ijtimoiymuhit) ta’siri siz muvaffaqiyatga erishaolmasligini his qiladi.
Ta’lim texnologiyalarining talabalar o'quv faolligini oshirishdagi roli
muayyan omillarga bog’liq. Ular:
-
Talabaning faol ishtiroki;
-
Interfaol metodlarning talaba hissiyotiga ta’siri;
-
O'quv
materialining talaba yoshi, bilim darajasi, hayotiy tajribasi va
imkoniyatlariga mosligi;
132
-
Talaba shaxsiga ko'p tomonlama ijobiy ta’sir ko'rsatilishi;
-
Talaba bilan talabalar guruhi, pedagog o'rtasida qaytar aloqaning
ta’minlanganligi;
-
Interfaol metodlarning talabada shaxsiy fikr,
munosabati tarbiyalashga
xizmat qilishi;
-
Interfaol ta’limning talabada hayotiy ko'nikmalarni shakllantira olishi;
-
Interfaol metodlarning talaba xulq-atvorini o'zgartira olishi
Ta’lim jarayonida pedagogic texnologiyalarning qo'llanilishi, kichik
guruhlarda ishlash, trening, rolli va ish bilarmonlik o'yinlarida faol qatnashish, turl
ta’limiy muammolarni tadqiq etish va hal qilish, filmlarni tomosha qilish va jamoa,
guruh ishtirokida muhokama qilish natijasida talabalar quyidagi amaliy ko'nikma,
malakalarga ega bo'ladilar:
-
Ijodiy ishlanma (sxema, tasvir, jadval, maket, modul, insho, maqola,
biznesrejava b.)larniyaratish;
-
Jamoaning imkoniyatlarini ko'raolish;
-
Mini-ma’ruzalarni tayyorlash;
-
Loyihalarni yaratish;
-
Pedagogik muammolar yuzasidan fik rbildirish;
-
Pedagogic muammolarni hal qilish yo'llarini topish.
Shunday qilib, oliy ta’lim muassasalari talabalarining o'quv
va ishlab
chiqarish faolligiga garchi ikkita alohida jarayon holatini ifodalagandek tuyulsa-
da, biroq ular o'rtasidagi o'zaro integratsiyaga asoslanuvchi yaxlit, bir butun
jarayonda yuz beradigan hatti-harakat ko'rsatkichi hisoblanadi. Talabalarda o'quv
va ishlab chiqarish
faolligining yuzaga kelishi, bir tomondan, ta’lim
samaradorligini, ikkinchidan esa, uni hosil qilishga yo'naltirilgan pedagogic
faoliyat natijasi mahsulini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning
o'quv va ishlab chiqarish faolligini shakllantirish bozor munosabatlari sharoitida
malakali mutaxassisning tayyorlanganligidan ham dalolat beradi. Oliy ta’lim
muassasalarida texnologiya ta’limi yo'nalishi bo'yicha talabalarda o'quv va ishlab
chiqarish faolligini shakllantirish murakkab psixologik hodisa bo'lib, u o'ziga xos
jihatlarni namoyon etadi. Texnologiya ta’limi fani o’qituvchilarining ushbu
jarayonga xos psixologik jihatlardan xabardor bo'lishgan talabalarning samarali
ravishda o'quv va ishlab chiqarish faolligini o'zlashtirishlari uchun keng
imkoniyatlarni yaratadi. Pedagogik texnologiyalar talabaning o'quv faolligini
oshirishga yordam beradi.Shu bois ta’lim jarayonini tashkil etishda masalaning bu
jihatiga e’tibor qaratish lozim.
Shunday qilib, bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarida kasbiy kompetentlik
va unga xos sifatlarni shakllantirishda texnologik kompetentlikni tarkib toptirishga
alohida e’tibor qaratish, buning uchun ta’lim jarayonida
aniq maqsadga erishish
yo’lida muayyan metodlarni to’g’ri tanlash, usul va vositalar tizimini ishlab
chiqish, ulardan unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada
tashkil etish va boshqarish qobiliyatini shakllantirishga erishish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: