133
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
N.Muslimov, M.Usmonboyeva “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari”
– Toshkent – 2015.
2.
Sayidahmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar” – Toshkent: “Moliya”-
2003.
MAXSUS FANLARNI O’QITISH JARAYONINI SAMARALI
TASHKIL ETILISHI
M.N.Karimova
BuxDU katta o’qituvchisi
D.I.Radjabova
BuxDU “Mehnatta’limi” yo’nalishi 4-kurs talabasi
O’qituvchining maxsus fanlar o’qitish jarayoning ma’lum jihatlariga
tayyorgarlik ko’rishi va moslashishi muhim ma’lumotlarni inobatga olishi orqali
amalga oshiriladi.
Talabalar holatiga baho berish, ta’lim sharoiti bilan tanishish, maxsus sohani
yaxshi bilish- bularning hammasi nazariy va amaliy mashg’ulotga tegishli ilk
sharoit haqidagi ma’lumotlar sanaladi.
Nazariy va amaliy mashg’ulotlar shart-sharoitini 3 xil tahlil orqali aniqlash
mumkin:
- talabalarni tahlil qilish(talabalarga qaratilgan);
- shart-sharoit tahlili(o’qitish holatiga qaratilgan);
- masus soha tahlili (o’quv materilaiga qaratilgan).
Talabaning o’qish ehtiyoji amaliyot o’qituvchisi tomonidan qondirilishi
lozim. Bu talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun kerakli bilim,
ko’nikmalarni rivojlantirishga va xulqini yaxshilashga bo’lgan ehtiyojdir.
Amaliyot o’qituvchisiga qo’yiladigan talab ham mashg’ulotkar davomida uning
o’zi eng yaxshi natijalarga erishishiga qaratilishi lozim. Uning mashg’ulotlari
samarali, sifatli va har bir o’quv jarayoniga moslashgan bo’lishi lozim. Ko’p
hollarda amaliyot o’qituvchisi tomonidan mashg’ulotlarning sifati talaba
o’zlashtirilgan bilimlarga berilgan baho bilan o’lchanadi.
O’qituvchining samarali amalliy mashg’ulot o’tkazishi puxta tayyorgarlikni
talab etadi.
Tahlil orqali o’qituvchi talabalar guruhi to’g’risida muayyan ma’lumotlarga
ega bo’ladi. Tahlil kamida 1-dars yoki mashg’ulotdan oldin ro’yhat shaklida
yozma tayyorlanishi lozim. Agar o’qituvchi shundan so’ng guruh bilan tanishib
olsa, u holda keyingi darslarda talabalar tahlilini o’tkazmasa ham bo’ladi.
O’qituvchi bu ma’lumotlardan talabalar guruhi bilan shaxsan tanishish uchun
foydalaniladi, chunki talabalar dars amaliy mashg’ulotlar paytida ilk bilimlari va
allaqchon mavjud bo’lgan tajribalarni qo’llaydilar,bu bilan birga o’z ishonchlarini
han ifoda etadilar. Ularning o’qishga bo’lgan qobiliyatlari shaxsiy holatlari,jinsi va
yoshlari ta’lim holatiga muayyan ta’sir ko’rsatadi. Har bir inson yohud har bir
134
talabalar guruhi turlicha bo’lgani kabi doimo yangi holatlar yuzaga keladi ular esa
o’z navbatida o’qituvchi tomonidan o’zlashtirilmog’i lozimdir.
Talabalar guruhidagi asosiy holat guruhdagi har bir talabaning xulqiga ta’sir
qiladi. Agar talabalar tahlili o’zgartirilmagan bo’lsa, u holda muammoli va
ziyatlarda notog’ri baholashga olib keladi.
Talabar tahlili uchun quyidagi muhim ko’rsatmalar e’tiborga olinadi.
A) Maxsus soha yoki kurs borasidagi ma’lumotlar:
1.
Bir guruhdagi talabalar soni
2.
Talabalarning o’rtacha yoshi (eng yosh va eng katta talaba)
3.
Jinsiga ko’ra tqasimlash(o’g’il-qiz bola soni)
4.
Talabarning ta’lim darajasi
5.
Bungacha bitirgan maxsus sohasi yoki kurslari
6.
Til bilimlari (masalan biror chet tili bo’yicha bilimlar)
7.
Individual maxsus shart-sharoitlar (nogironlik)
8.
Oilaviy sharoiti
9.
Qiziqishlari, bo’sh vaqtida o’zini tutishi
10.
Kelajakda kim bo’lmoqchi ekanligi
11.
Ba’zi talabalarning e’tiboriga sazovor muvaffaqiyatlari
12.
Guruhdagi o’rin(yetakchilik,ierarxiyadagi o’rin, “el qatori”)
B) Talabalar guruhi haqida umumiy ma’lumotlar:
1.
Qanday maxsus yondashuvlar kerakliligi?
2.
Talabalarning bilimlarini o’zlashtirish va amaliy topshiriqlarni bajarish
darajasi?
3.
Talabalar ta’limning qaysi bosqichida o’qiydilar?
S) Shaxsiy fazilatlari:
-
Yosh va jinsni e’tiborga olish kerakmi?
-
Ijtimoiy holati va kelib chiqishi e’tiborga olish kerakmi?
-
Qanday alohida shaxsiy xususiyatlarga e’tibor berish kerak?
Maxsus fanlar sohasi bo’yicha o’zining kasbiga tegishli bilim ko’nikma va
malakarni egallashlari bilan bir qatorda shu sohaning boshqa yo’nalishlari bo’yicha
ham tayancha bilimlarni o’zlashtirirshlari talab qilinadi,qaysiki kasbga oid
topshiriqlarni bajarishda va ma’lum yechimlarni topishda juda muhim ta’sir
ko’rsatadi. Bu tahlil mashg’ulotlarni olib boorish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni
tashlik etish va yaratish borasidagi muhim am’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Ma’lumotlar nazariy va amaliy mashg’ulotlar rejasiga qo’shib qo’yiladi.
Huquqiy shart-sharoitlar ta’lim jarayoniga taluqli bo’lgan o’quv rejasi va boshqa
me’yoriy hujjatlar bilan bog’liqdir.
Ularga quyidagilar kiradi:
-kasbiy yo’nalish yoki mutaxassislik o’quv rejasi
-o’quv rejasiga mos fan dasturi
-o’quv rejasiga mos ta’lim dasturi
- mavzu amaliy ko’nikmalar
-bilim va ko’nikamlarni baholash mezonlari
135
Bu orqali kutilgan va o’quv-me’yoriy hujjatlarda oldindan belgilab qo’yilgan
mavzular o’rgatishini ta’minlab berish kerak.
Tashkiliy shart-sharoitlarga maxsus fanlar bo’yicha mashg’ulotlar vaqti va
davom etishi.
-o’qitish joyini tanlash.
-dars va amaliy mashg’ulotlar vaqti va davom etishi
-amaliy namoyishlarga tayyorgarlik qilish
-tashkiliy hujjatlar va ish joyini tashkil qilish
Texnik shart-sharoitlarga fan bo’yicha jildlar va moslamalar, yordamchi
audioviziual vositalar. O’qitish va o’rganish vositalari (doska, flipchart,
proyektor,videomagnitafon)ning mavjudligi va ularning yaroqliligi shuningdek,
elektr toki,suv, havo bosimi vahokazolarning mavjudligi bilan uzviy bog’liqdir.
Amaliyot o’qituvchisi zaruriy shart-sharoitlar mavjudligiga va texnik moslamalarni
istalgan paytda ishalatish mumkinligiga ishonch hosil qilish kerak.
Agar amaliyot o’qituvchisi o’quv faoliyatida ilk marotaba dars o’tishga
tayyorlanayotga bo’lsa u holda u o’zi dars bermoqchi bo’lgan maxsus sohaning
ummiy qamrovi va mazmuniy tarkibiy qismining elementlari borasida tasavvurga
ega bo’lishi lozim . Ushbu tasavvursiz amaliyot o’qituvchisi vaqtinchalik umumiy
reja ham, davriy va mazamuniy batafsil reja tuza olmaydi.
Birinchi bosqich maxsus soha maqsadlariga nazar tashlashdan boshlanadi.
Maqsadlar asosida mazmuniy tanlanadi. Umuman olganda mazmunlani turli
manbaalardan olish mumkin, masalan:
-maxsus kitoblar yoki o’quv adabiyotlaridan
-texnik adabiyotlardan(ilmiy , texnikaviy jurnallar, maxsus maqolalar
patentlardan vahkazolardan)
-mashina va moslamalardan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalardan
Biror maxsus soha bo’yicha ilmiy tasavvurga ega bo’lishning metodlaridan
biri bu maxsus soha bo’yicha umumiy tasavvurga ega bo’lishning yaxshi
metodlaridan biri bu maxsus soha tahlilini o’quv adabiyoti asosida grafik tasvirlar
shaklida ishlab chiqarishdir. Bu metod soha yoki mazmun tuzilmasi deb ham
ataladi.
Ba’zi hollarda kitobning bo’limlariga asoslanish ham mumkin. Bunda avvalo
aniqlik tamoyiliga rioya etiladi.
Ko’pincha, shunday bilim asoslari yuzaga keladiki, ularni bir-biridan aniq
ajratgan holda tasvirlash mumkin bo’ladi. Masalan: maxsus fan darsligi bob va
mavzularga o’quv qo’llanmalarga esa o’rganish bosqichlari va modullariga
bo’linishi mumkin.
Mazmuniy tuzilmasini ishlab chiqarishda maxsus soha mohiyatan qismlarga
katta mavzu va kichik mavzu sohalariga shuningdek mantiqiy aloqadorlik
sohalariga bo’linadi. Muhim mavzular tasdiqlanadi, ikkinchi darajalilari esa
quyiroqdan joy oladi.
Aksariyat hollarda maxsus sohalar nazariy bilimlarni berish borasida dalilllar
tushunchalar , tamoyillar va usullarning qat’iy mantiqiy ketma-ketligi asosida
136
ishlab chiqiqladi. masalan: maxsus fanni qismlarga bo’lish mantiqqa asoslanadi.
Unga ko’ra mavzular muayyan ketma-katlikda joylashtiriladi.
Nazariy darslar ham mana shunday mantiqiy ketma-ketlik asosida olib
borilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |