1.2. Spirtli bijg‘ish keltirib chiqaradigan achitqi zamburug‘lar tavsifi.
Achitqi zamburug„lar ribosomasi lipoidlar, oqsillar va ribonuklein kislotalardan
(RNK) iborat bo„lgan submikroskopik donachalar ko„rinishidagi kiritmalardir.
Ular mitoxondrial tizimdan kelib tushadigan faol aminokislotalar hisobiga oqsillar
biosintezini amalga oshiradi (Kvasnikov, 1989).
Achitqi zamburug„lar yadrosi - uncha yirik bo„lmagan sharsimon yoki
ovalsimon tanacha bo„lib, sitoplazma bilan o„ralgan. Yadroda DNK va ko„p
miqdorda RNK bo„lib, DNK irsiy axborotni tashish va mikroorganizmlar xossasini
saqlash vazifasini bajaradi.
Vakuollar hujayraning doimiy organoidi bo„lib, achitqi hujayralarining
qarishi davomida plazmada hosil bo„ladi, sitoplazmadan vakuolyar membrana
bilan ajralib, (tonoplast-oqsil va lipidli qatlam) ichi hujayra shirasi bilan to„lgan
bo„ladi. Hujayra shirasida xilma-xil tuzlar, uglevodlar, oqsillar yog„lar va
fermentlar mavjud. Yosh achitqi hujayralarida odatda yog„ mavjud bo„lmaydi
(Xakimova, 2005; Netrusov, 2005).
Glikogen achitqilarning zaxira oziq moddasi hisoblanadi. Glikogen qandga
boy muhitlarda achitqilarni o„stirishda to„planadi, qand etishmovchiligida esa tez
sarflanadi. Yosh hujayralarda glikogen kam bo„lib, etilganlarida 40% gacha
bo„lishi mumkin.
Tashqi ko„rinishiga qarab achitqi hujayralarining fiziologik holatini aniqlash
mumkin. Mikroskopik yo„l bilan achitqilarning fiziologik holatini aniqlash uchun
glikogen mavjudligi bo„yash orqali tekshirib ko„riladi. Muhitlarda bir vaqtning
o„zida yosh, etilgan, kurtaklanayotgan, qari va nobud bo„lgan achitqi hujaylari
mavjud bo„lishi mumkin. Etilgan achitqi hujayralari yanada ko„proq bijg„ish
quvvatiga ega bo„ladi (Kvasnikov, 1989).
Spirt ishlab chiqarishda qo„llaniladigan achitqilar yuqori bijg„ish quvvatiga
(qandni tez va to„liq bijg„itishi kerak) ega bo„lishi, anaerob nafas olishi, o„zining
va boshqa mikroorganizmlar modda almashinuvlariga, shuningdek, muhit
tarkibining o„zgarishlariga chidamli bo„lishi, suslo tarkibidagi tuzlar va quruq
moddalar yuqori konsentratsiyasini o„tkaza olishi, melassani qayta ishlashda
raffinozani to„liq bijg„itishi kerak.
Achitqilarni bijg„ish faolligini oshirish uchun turli usullardan foydalanish
mumkin: mutagenez, gibridlash va boshqalar. Yuqorida keltirilgan talab
etilayotgan xossalari mavjud achitqi turlarini olish uchun gibridlash usuli eng
samarali bo„lib, ikki ota-ona achitqi turlarini chatishtirishda avvaldan xossalari
ma‟lum bo„lgan turlarni tanlash mumkin (Kvasnikov, 1989).
Achitqi
zamburug„lari tabiatda juda keng tarqalgan bo„lib, ular
o„simliklarda, mevalar va sabzavotlarda, tuproqda va shuningdek, qand mavjud
substratlarda ham uchraydi. Achitqilar molekulyar biologiya, mikroorganizmlar
genetikasi, mikrobiologiya, biotexnologiya va boshqa ko„pgina sohalardagi
tadqiqotlarning asosiy qulay ob‟ekti hisoblanadi. Oziq – ovqat sanoati qator
tarmoqlarining faoliyati achitqilardan foydalanishga asoslangan. SHuning uchun
ushbu mikroorganizmlar guruhi doimiy ravishda tadqiqotlar e‟tiborini o„ziga tortib
kelmoqda (Netrusov, 2005).
Achitqilar - bir hujayrali zamburug„lar bo„lib, eukariot hujayralarga xos
tuzilishga ega. Hujayrasi tarkibida haqiqiy yadro bo„lib, sitoplazmadan ikki qavatli
membran bilan chegaralanadi, shuningdek, endoplazmatik to„r, Golji apparati,
lizosomalar, mitoxondriyalar, ribosomalar, vakuolalar ham mavjud. Zahira
moddalar sifatida hujayrasida donachalar ko„rinishida glikogen, yog„ tomchilari,
volyutin to„planadi. Hujayra devori uch qatlamli strukturaga ega bo„lib, asosan
glyukan va mannandan hamda birmuncha miqdor oqsil, lipidlar va xitindan iborat.
Qattiq oziqa muhitlarida achitqilar turli shaklda, rangda va konsistensiyada
koloniyalar, suyuq muhitlarda esa cho„kma, loyqalanish, hosil qilishi mumkin
(Kvasnikov, 1989).
Achitqilarning vegetativ yo„l bilan ko„payishida kurtaklanish yoki binar
bo„linish kuzatiladi. Kurtaklanish ko„p tomonlama yoki qutbli bo„lishi mumkin.
Ko„p tomonlama kurtaklanishda hujayralar sharsimon yoki ovalsimon shaklda,
ba‟zi achitqilarda esa burchaksimon yoki yuraksimon bo„lishi mumkin. Qutbli
11
kurtaklanishda hujayralar limon yoki nok shaklida bo„ladi. Binar bo„linishda
hujayralar silindrsimon yoki cho„ziq oval shaklda bo„ladi. Vegetativ ko„payishdan
tashqari,
achitqilar
sporalar
yordamida
(blastosporalar,
ballistosporalar,
artrosporalar, xlamidosporalar) ko„payishi mumkin (Kvasnikov, 1989; Xakimova,
2005).
Achitqilarning spora hosil qilishi askomitset yoki bazidiomitset tipida jinsiy
yo„l bilan amalga oshadi. Achitqilarning katta guruhi askomitset rivojlanish
bosqichiga ega. Ushbu achitqilarda plazmo va kario gamiyadan so„ng zigota
bevosita xaltachada rivojlanadi, bu erda diploid yadro meyozdan so„ng
reduksiyaga uchraydi. Hosil bo„lgan askosporalar gaploid bo„lib, o„sayotgan
sporalar yoki birinchi gaploid hujayralar juft bo„lib birikib, keyinchalik diploid
holatda kurtaklanib ko„payishi mumkin. Gaploid va diploid fazalarning
davomiyligiga bog„liq holda, achitqilar gaploid va diploid achitqilarda bo„linadi.
Sanoatda ko„pincha achitqilarning diploid shtammlari ishlatiladi. Ular etarlicha
stabil bo„lib, ma‟lum sharoitda o„sishi va chegaralanmagan vaqt davomida
bo„linishi mumkin (Xakimova, 2005).
Askosporalar hosil qiluvchi achitqilar askomitset zamburug„lar sinfiga
mansub bo„lib, bu sinfga spirtli bijg„ishni faol qo„zg„atuvchilar sifatida ma‟lum
bo„lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |