ФИО авторов: Magdiyeva Marhabo Erkinovna - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi, Toshkent, Uzbekistan.
Qozoqova Oltinoy O’tkirbek qizi - Toshkent Davlat Pedagogika Unversiteti Boshlangʻich ta'lim yoʻnalishi 2-kurs talabasi
Sabirova Laylo Shavkat qizi - Toshkent Davlat Pedagogika Unversiteti Boshlangʻich ta'lim yoʻnalishi 2-kurs talabasi
Название публикации: «PROFESSIONAL TA’LIMDA XALQ HUNARMANDCHILIK VA BADIIY LOYIHALASH FANINI O’QITISH»
Annotatsiya: Ushbu maqolada kasbiy ta’limda xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanini o’qitish asoslari o’rganilib muhokama etilgan. Shuningdek, badiiy loyihalash fanini
Kalit so’zlar: milliy qadriyat, xalq hunarmandchiligi, professional ta’lim,badiiy loyihalash, amaliy bezak.
Mustaqillikka erishgandan so’ng, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va mafkuraviy hayotida tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Jamiyat tuzilishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyat va urf-odatlarimizning qaytadan tiklanib, asl holida yoritilishiga tabiiy ehtiyoj tug’dirgan.
Ma’naviyatimizning tarixiy rivojlanishi,xolisona yoritilishi yosh avlodni o’qitish tizimiga, fanlarning rivojlanishiga va tarixan yondashish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Qadimgi ibtidoiy davrni o’rganar ekanmiz, ibtidoiy odamlar tabiat kuchi, tirikchilik qiyinchiligi, kunlik moddiy ehtiyoji uchun turli moslamalar, tosh, nukleus, yog’och, chaqmoqtosh va dioritdan yasalgan mehnat qurollari yordamida kun kechirganlar, ov qilib, ov maxsulotlariga ishlov berib, uni iste’molga tayyorlaganlar. Ularning mehnat qurollari bo’lib, turli qirg’ich, keskich, sixcha, tosh pichoq, diskasimon sanchki, ushatkich, toshdan yasalgan bolta, yupqa tosh parrakcha, xolsedondan yasalgan yupka plastinka (xayvon terisini shilish uchun), tosh parrak(arra o’rnida) va shu kabilar xizmat qilgan.
Hunarmandchilik xalq, elat va kabilaning yashashi, turmushi bilan uyg’unlashgan xolda rivojlanib, milodiy VI-XI asrlargacha yirik davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Juda ko’p yillik va kishilik xardiy yurishi, mudofaa va xujum qurollarining taraqqiyoti bilan yugrilib ketadi. Ana shunday urush va janjallar davrida madaniy taraqqiyot urush bo’lgan davlatlarda bir tomondan inqirozi yuz bersa, ikkinchi tomondan bir davlatdan ikkinchi davlatga (urush bo’lmagan bo’lsa ham) majburiy, ma’lum tarixiy davrda, mintaqadagi umumiy taraqqiyot in’ikosi yuzaga keladi.
Markaziy Osiyo davlatlarida tarixiy va madaniy taraqqiyot evolutsion o’zgarishida XIII-XIX asrlardagi davr alohida o’zgarishlar yuz bergan davrdan hisoblanadi. Bugungi kunda, professional ya’ni kasbiy ta’limda xalq hunarmandchilik va badiiy loyihalash fanini o’qitish juda muhim hisoblanib, xalq hunarmandchiligi o’quv mehnat ta’limining etnik, milliy, tarixiy, ma’naviy, mahalliy, jug’rofiy asoslarini ifodalaydi va 150 dan ziyod turlari o’rganilib kelinmoqda, ular quyidagilardir: ganch o’ymakorligi, naqqoshlik; yog’och, tosh va suyak o’ymakorligi, kandakorlik, temirchilik, misgarlik, kulolchilik, sandiqsozlik, beshiksozlik, miynogarlik, pichoqchilik, zargarlik, xalchilik, gilamchilik, chopon tikish, muxrkandalik, kigiz bosish, do’ppichilik, mu’jaz rang-tasvir, sharq miniatyurasi, rextagarlik, zarduzlik, patduzlik, kashtachilik; milliy musiqa asboblarini tayyorlash va ta’mirlash, me’morchilik, savat to’qish, buyrachilik, novvoychilik, utov tayyorlash, oshpazlik, milliy o’inchoqlar tayyorlash, egarchilik, ot-ulov anjomlari tayyorlash (anjomasozlik), kosibchilik, imoratsozlik (binokorlik) va boshqa asosiy yo’nalishlarga ega.
Xalq hunarmandchiligi asoslarini egallashda talabalar quyidagi amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar:
turli xildagi materiallarni tanlash va ularga ishlov berish;
hunarmandchilik asboblari, moslamalari bilan ishlash;
ma’lum sohalarda foydalaniladigan elektr va mexanizasiyalashtirilgan qurilmalar, moslamalar va uskunalar bilan ishlash;
buyumlarni-hunarmandchilik asarlarini asrash, ta’mirlash va umrini uzaytirish;
Yo’l-yo’riqli, operasiyali, texnologik va ishlab chiqarish me’yoriy xujjatlar bilan ishlash;
jarayonlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tayyorlangan buyumlarni va asarlarni iste’molga chiqarish va boshqalar.
Xalq amaliy bezak san’ati o’zining qadimiyligi va jozibadorligi bilan kishilarni qalbidan chuqur joy olib kelmoqda. Xalq hunarmandchiligida hunarmandarimizning ish uslublari rang-barang va serqirraligi bilan ajralib turadi. U o’z ishida ranglarnign tabiiy jilosidan, bejirim shakldan,material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib badiiy lopyihalashda yorqin ifodalikka erishadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, kasbiy ta’limda xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanini yosh avlodga o’rgatish,tadbiq etish kelajakda yuksak ularning yuksak ko’nikma va malaka egasi bo’lishga sharoit yaratadi.
Adabiyotlar:
Muranov B.I. Hozirgi sharoitda yoshlarning kasbiy tayyorgarligi jarayonida xalq hunarmandchiligining o’rni. //Problemы stanovleniya i professionalnogo obrazovaniya. –T.: Fan, 1996. B. 279-284.
Muranov B.I. Soxibqiron davri: Xalq hunarmandchiligi va ma’naviyat ravnaqi.
//Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy, badiiy va mehnat madaniyatini shakllantirishning dolzarb muammolari. –T.: UzPFITI, 1997. B. 3-10.
Mirzaaxmedov M.X. Materiallarga badiiy ishlov berish. T.: O’qituvchi, 1976. – 24 b.
Erkinovna, Magdieva Marhabo. "THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE CREATIVE APPROACH IN THE TEACHING OF FOLK ART AND THE SCIENCE OF ARTISTIC DESIGN." E-Conference Globe. 2021.
5 Magdieva Marxabo Erkinovna. TEACHING FOLK CRAFT AND ARTISTIC DESIGN IN PROFESSIONAL EDUCATION, International Journal For Innovative Engineering and Management Research, Volume 10, Issue 03, Pages: 355-356.
Do'stlaringiz bilan baham: |