3. Tabiiy va sun’iy yoritilganlikni me’yorlash va hisoblash usullari.
4. Yoritilganlikka bulgan asosiy talablar va yoritqichlar.
Yorug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o’ringa ega hisoblanadi. Ko’rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko’z orqali olinadi.
Korxonalarni me’yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.
Korxonalarni me’yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.
Yorug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to’g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo’lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgartirib turishi natijasida ko’zining ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi.
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch xil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya’ni ular tabiiy, sun’iy va aralashgan holda bo’ladi.
Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bulgan yorug’lik mahsulidir.
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo’lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m2 ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir.
Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o’ta foydali ultrabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo’lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat qiladi, ya’ni mikroblarni o’ldirish xususiyatiga ega.
Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me’yor talabi darajasida ta’minlaydi.
Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo’llanilganligidir.
Bu xildagi ya’ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-kontrastni yumshatadi hamda me’yor talabini to’la qondira oladi.
Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuastiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo’ladi.
Ishlab chiqarishda yoritilganlikni to’g’ri tanlash uchun zarur qo’llanma sifatida me’yoriy hujjatlardan SNiP II-4-79 va GOST 12.1.046-85 xizmat qiladi.
Ish o’rinlarida yorug’likni me’yorlashning asosiy maqsadi inson sog’lig’ini himoya qilish va tavakkalchilik asosida qilinajak sarf xarajatni oldini olishdan iborat hisoblanadi.
Tabiiy yorug’likni vaqtga nisbatan doimiy o’zgaruvchanligi sababli, uni sifati va miqdorini o’lchash va nazorat qilib turish maqsadida maxsus ko’rsatkich, o’lchov mezoni sifatida qabul qilingan. Bu ko’rsatkich tabiiy yoritilganlik koeffistienti deb ataladi va u bino ichidagi yorug’lik miqdorini (Ei) uning tashqarisidagi miqdori (Et) ga nisbatini foiz hisobida olingan miqdoriga aytiladi va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.