O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Raqamli kamera seminaru”
fanidan
AMALIY ISH
Bajardi: Olmosov Mirkomil
Qabul qildi: Aliyev Jaloliddin
Toshkent 2022
Yoritish — obʼyektlarning koʻrinish sezgirligini yaxshilash yoki ularni yorugʻlik sezgir materiallarga tushirishni taʼminlash maqsadida maʼlum miqsorda yoritilganlik yaratish. Yo.ning tabiiy, sunʼiy va aralash xillari bor. Tabiiy Yo. inson uchun eng qulayi boʻlib, Quyosh, osmon yoritqichlari, atmosfera elektr razryadlari va b. bilan yaratiladi. Uylar va alohida xonalarda kerakli darajada yoritilganlikni taʼminlash uchun ularning devorlari, orayopmalari yorugʻlik oʻtkazadigan materiallardan tayyorlanadi, derazalar tepasiga tuynuklar qilinadi. Yaxshisi uylarni qurishda yorugʻliktushishni toʻgʻri tanlash kerak. Sunʼiy Yo., odatda, yoritish jihozlari, yoritish qurilmalari yordamida hosil qilinadi. Uning umumiy, mahalliy (ish joyini yoritish) va aralash, ish (xdr kuni ishlatish uchun) hamda avariya holatdagi (ish Yo. oʻchganda ishlatiladigan) xillari bor. Sunʼiy Yo. aholi yashaydigan joylar, transport harakatlanadigan magistrallar, koʻchalar, maydonlar va b.ni Yo.ga tatbiq etiladi. Xonalarni tabiiy Yo. va sunʼiy Yo. qurilish normalari va qoidalariga asoslanib bajariladi.
Yoritish jihozlari - bino, kucha, xiyobonlar va b.ni yoritish uchun foydalaniladigan qurilmalar (yoritish asboblari va yoritish qurilmalari, yoritish armaturalari). Yoritish asboblari — yoritish, nurlatish, yorugʻlik signalizatsiyasi yoki proyeksiyalash uchun moʻljallangan asboblar; yorituvchi, nurlatuvchi, signal beruvchi va proyeksiyalovchi xillari bor. Ular optik nurlatish manbai (qarang Yorugʻlik manbalari), yorugʻlik nuri oqimini fazoda berilgan yoʻnalish boʻyicha qayta taqsimlash qurilmalari, konstruksion detallardan iborat. Konstruksion detallar yoritish asboblarining barcha qismlarini birlashtiradi va nurlanish manbaini hamda yorugʻlikni qayta taqsimlaydigan qurilmalarni shikastlanishdan va atrof muhit taʼsirlaridan himoya qiladi. Yorugʻlik oqimini toʻplash darajasiga qarab, yorugʻlik oqimini optik oʻq boʻylab toʻla toʻplaydigan (projektorlar), yorugʻlik oqimini optik oʻqning baʼzi uchastkasida kichik hajmda toʻla toʻplaydigan (proyektorlar), yorugʻlik oqimini katta fazoviy burchakda qayta taqsimlaydigan (yoritish jihozlari) xillarga bulinadi. Yorugʻlik oqimini qayta taqsimlashda turli shakldagi qaytargichlardan foydalaniladi. Yorugʻlik asboblari yigʻindisidan iborat yoritqich yoritish qurilmalari deyiladi. Bular yordamida maydon, xona yoki ayrim obʼyektdar yoritiladi. Yoritish armaturalari — yorugʻlik oqimini fazoda maʼlum tomonga yoʻnaltiradigan, taqsimlaydigan va koʻzni qamashishdan saqlaydigan qurilmalar. Oʻrnatilishiga qarab, osma, shipga, devorga, polga oʻrnatiladigan, stolga qoʻyiladigan; vazifasiga qarab, oddiy va bezak xillarga boʻlinadi. Oddi y yoritish armaturalariga sanoat binolarini yoritish uchun ishlatiladigan qaytargichi emalli, zdlarning baland sexlari va xonalari, shuningdek, katta koʻchalarni yoritadigan qaytargich oynali, nam oʻtkazmaydigan va portlashdan saqlaydigan, stolga qoʻyiladigan va b. Yo. j. kiradi. Bezak yoritish armaturalariga abajur, lampalar, muzey, teatr va b. joylarga oʻrnatiladigan lyustra — kandillar, stolga oʻrnatiladigan lampalar, yotoqxonalar, yoʻlakchalar va poyezd vagonlarida ishlatiladigan lampa Koʻcha yoritqichi (Toshkent sh.). Lampalarni mahkamlashda, yorugʻlikning spektr tarkibini oʻzgartirishda, lampochkalarni changdan, namlikdan shikastlanishdan saqlashda yoki oʻtga oʻch muhitlardan ajratishda turli moslamalar qoʻllaniladi.[1]
Zamonaviy intererni vakolatli yoritishsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Unga binoan xona maxsus energiya bilan to'ldiriladi, pardalar va devorlarning rangi yanada mazmunli bo'ladi va xona kengdir. Ammo do'konlar assortimenti bilan tanishish, ko'pchilik odamlarning befarqligi bor - ishlab chiqaruvchilar ko'p sonli yorug'lik turlarini taklif etmoqdalar. Xo'sh, zamonaviy interyerlarda qanday yoritish moslamalari ishlatiladi? Bu haqda quyida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |