Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet119/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   208
ФИО автора: Kenjayev Sh.M.
Xorazm viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish hududiy markazi kafedra mudiri
Название публикации: «TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O'QUVCHILARNING O'QUV-LOYIHALAR BILAN ISHLASH KO'NIKMALARINI SHAKILLANTIRISH USULLARI»


Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologiya fanining mazmuni, texnologiya darslarida o'quvchilarning o'quv-loyihalar bilan ishlash ko'nikmalarini shakillantirishda o'qituvchi tomonidan bilishi zarur bo’lgan dars jarayonining asosiy xususiyatlari hamda texnologiya darslarida o'quvchilarning o'quv-loyihalar bilan ishlash ko'nikmalarini shakillantirishda amaliyotning o’rni haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: texnologiya, dars, o'qituvchi, o'quvchi, o'quv-loyihalar, ko'nikmalar, ko’rgazmali qurollar.

Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda, avvalo, o'qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. Komil inson. o'qituvchining mashaqqatli mehnati namunasidir. Sharq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi doimo munozarali mavzu bo'lib kelgan.


Komil insonni tarbiyalash va voyaga yetkazish jarayoni - pedagogik faoliyatning uzluksiz jarayoni bo'lib, pedagogik texnologiyaning so'nggi namunalari doirasida amalga oshiriladigan hamda tarbiyalanuvchilarning ijobiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faoliyatdan iborat.
Texnologiya darslarida o'quvchilarning o'quv-loyihalar bilan ishlash ko'nikmalarini shakillantirishda o'qituvchi dars jarayonining quyidagi asosiy xususiyatlarini bilishi kerak:

    1. Darsning amaliyot bilan yaxlitligi;

    2. Dars jarayonining tizimliligi;

    3. Darsning ko’rgazmali qurollar bilan tashkil etilganligi;

    4. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.

Texnologiya fanining mazmunini asosan dunyo haqidagi ilmiy bilimlar tashkil etadi. Texnologiya darslarida o'quvchilarning o'quv-loyihalar bilan ishlash ko'nikmalarini shakillantirishda me’yorlar va qoidalar ustunlik qiladi. Fanlar kesimida o’qitish asosan aql-idrokka ta’sir ko‘rsatadi, o'quv-loyihalar bilan ishlash esa, birinchi navbatda, o’quvchining doimiy o’rganadigan sohasiga aylanishi zarur. Ikkala jarayon o’quvchining ongi va xulq-atvoriga birday ta’sir ko‘rsatadi va ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Qanchalik yaqin bo‘lishiga qaramay, bu o‘ziga xos jarayonlar bo'lib, ilm-fan ularni tarbiya nazariy asosda va didaktika (ta’lim jarayoni)da alohida ko'rib chiqadi. Bunda o‘qituvchi tomonidan zamonaviy shart-sharoitlarga asoslangan holda uslubiy tamoyil va ayniqsa, dolzarb hisoblangan butun pedagogik jarayonning yaxlitligi ta’minlanadi.
Texnologiya mahsulot ishlab chiqarish uchun sanoat jarayonlarida foydalanuvchi materialning, xom-ashyosining yoki ayrim mahsulotning bichimini, oʻlchamini, xususiyatini, va boshqa jihatlarini mukammal bilishi lozim.
Umumiy sanoat protsesning boʻlagi boʻlib hisoblanuvchi ishlab chiqarish, tashish, saqlamoq, nazorat qilish haqidagi ish-harakatlar ham texnologiya deb ataladi. Jamiyatning oʻzgarishiga bogʻliq ishlab chiqarishning, xizmatning, oʻqitishning, va boshqa turli sohalarga innovatsiya texnologiyasi tushunchasi kirilmoqda. Hozirgi vaqtda texnologiya:

  • oldingi qatordagi texnologiya;

  • qoldiqsiz texnologiya;

  • ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi;

  • xalqaro standartga mos texnologiya boʻlib boʻlinadi.

Neft, gaz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa texnologiyalar ishlab chiqarish talablariga mos ravishda ishlar amalga oshirilmoqda.
Texnologiya darslarida o'quvchilarning o'quv-loyihalar bilan ishlash ko'nikmalarini shakillantirishda amaiyotning o’rni juda katta. Masalan, qurilish ishlari texnologiyasi bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan: yer ishlari (yerni tekislash, kotlovan va transheyalar qazish); poydevor yotqizish; devor tiklash (gʻisht terish, panel oʻrnatish); antiseysmik belbogʻlar va temirbeton ustunlar ishlash;
qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k.
Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Misol uchun, pardozlashda avval devor tekislanadi (mayaklar oʻrnatiladi), qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz (oboy) yopishtiriladi.
Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot va b.) shunchalik sifatli boʻladi. Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iborat.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Texnologiya fani va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanib hamda oʻzgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, tipaviy texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona tartibi boʻlishi lozim.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


  1. Mahmudov N.М. O'qituvchining nutq madaniyati. Darslik. - Т.: O'zbekiston milliy kutubxonasi, 2007

  2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Toshkent, TDPU, 2003,

  3. Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. - Т. . Istiqlol, 2003

  4. Sayidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. - Т., O'zMU qoshidagi OPI, 2003.

  5. https://www.ziyouz.com/


Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish