ФИО автора: Komilova Arofatoy Kozimjon qizi
Название публикации: «CHINNIGULDOSHLAR OILASINING O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIZIL KITOBINING 2009-YILDAGI NASHRI BILAN 2019- YILGI NASHRIGA KIRITILGAN TURKUMLARINI SOLISHTIRISH TAHLILI»
Annotatsiya: Bu tezisda O’zbekiston Respublikasi Qizil Kitobini 2009-yilgi nashri bilan 2019-yilgi nashriga kiritilgan Chinniguldoshlar oilasiga kiradigan turkumlarini solishtirish natijasida olingan ma’lumotlar berilgan.
Аннотация: Данный тезис основан на сравнении Красной книга Республики Узбекистан издания 2009 года и серии , относящейся к семейству чиннигулдош,включенной в издание 2019 года.
Kalit so’zlari: Qizil Kitob,chinniguldoshlar oilasi, chinnigul,madaniylashtirish, turkum, endemik, areal, milliy bog’lar.
Ключевыу слова: Красная книга,семья гвоздик, чиннигул, цивилизация, классный, эндемик, ареал,национальный парк.
Kirish: Qizil Kitob-yo’qolib borayotgan yoki yo’qolish xavfi ostida bo’lgan noyob o’simlik va hayvon turlari kiritiladigan davlat hujjati. Qizil Kitob 1979-yilda ta’sis etilgan,birinchi nashri esa 1984-yili chop etilgan.Birinchi nashriga O’zbekiston florasini yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan o’simliklarning 163 ta turi kiritilgan.Hozirgi nashrida 48 oilaga mansub 313 ta turdagi o’simlik qayd etilgan.Qizil Kitobga kiritilgan o’simliklarni kamyoblik darajasiga ko’ra 4 ta maqomi mavjud. 0. Maqomi- Yo’qolgan yoki yoqolib ketganligi ehtimoldan yiroq bo’lmagan o’simliklar. Bular; 1. Maqomi- yo’qolib ketish arafasida turgan o’simliklar. 2.Maqomi-kamyob o’simliklar. 3. Maqomi-Son jihatdan kamayib borayotgan o’simliklar.
Chinniguldoshlar oilasi (Caryophyllaceae) chinnigulnamolar qabilasiga mansub oila hisoblanadi.Chinniguldoshlar oilasi chalabuta,bir yillik,ikki yillik va ko’p yillik butalardan iborat hayotiy shaklga ega.Shimoliy yarim sharning mo’tadil mintaqasida tarqalgan.Chinniguldoshlar oilasining 80 turkumga oid 2000 turi bor.Shundan O’zbekistonda 24 turkumga mansub 122 turi o’sadi.Bu oila gulining changchilari 4-10 ta,urug’chisi 1-5 ta bo’lib, mevasi ko’sakcha shaklida bo’ladi.Chinniguldoshlar oilasining chinnigul,drema,lixnis,yer qovuni kabi turlari manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.Chinniguldoshlar oilasining ham insonlar hayotida ahamiyati mavjud.Masalan,yetmak,sovuno’t,echkimiya ildizlaridan xolva va har xil ichimliklar
tayyorlashda foydalaniladi.Chinniguldoshlar oilasining 10 ta turi O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |