420
insonlar xotirasidan o‘chmaganligining o‘ziga yarasha sabablari bor. Uning xarakteri,
u yashagan davr muhitini Servantes mahorat bilan ko‘rsatib beradi. Hozirgacha bu
asarning yashab kelishiga undagi ritsar obrazining g‘ayriodatiy xarakterining
berilishida, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Rus adabiyotining yorqin vakili Lev Tolstoy “Anna Karenina” asarida Annaning
xislatini, u turmushga chiqqan insonning xudojo‘yligini, atrofini qurshab olgan muhitni
oshkora fosh etadi. Asarning qimmati undagi obrazlarning fikrlaridagi keskinlik va
hamohanglikda ko‘rinadi. Tolstoy bahona Shekspirga ham to‘xtalsak o‘rinli bo‘ladi.
Sababi Tolstoy Shekspir ijodi haqida juda qizg‘in fikrlarni bayon etgan. U o‘zining bir
maqolasida: “Shekspirni
nafaqat daho yozuvchi, balki eng jo‘n, o‘rtamiyona ijodkor
deb ham tan olib bo‘lmasligini aytadi. Jahon adabiyotshunoslari bu fikrning isboti
sifatida quyidagi faktlarni keltirib o‘tadilar. Tolstoy tomonidan jumlama-jumla tahlil
etilgan “Qirol Lir”, qisman murojaat qilingan “Otello”, “Hamlet” tragediyalarida
mazmun sayozligini, qahramonlar xarakterining harakat va nutq mantiqidan kelib
chiqmasligi va aynan, harakat hamda nutqdagi mantiqsizlikni ko‘rsatadilar.”
Lekin
Shekspir qalamga olgan do‘stlik, mubabbat, xiyonat mavzulari tragediyaning badiiy
qiymatini oshirishga xizmat qilganini aytib o‘tish kerak. Shekspir asarlarining
umrboqiyligi syujetidagi orginallik bilan o‘lchanadi.
Italyan yozuvchisi Dante Aligeri asarlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, uning
jahonga mashhur “Ilohiy komediyasi” ko‘z oldimizda gavdalanadi. Asarda garchi
samoviy dunyo dekaratsiyalaridan foydalanilgan bo‘lsa-da, o‘z zamonasining ijtimoiy,
siyosiy, maishiy muammolarini ko‘tarib chiqqanligi bilan qadrlidir. “Xristiancha va
siyosiy iyerarxiya olamiga komediya orqali yo‘l topdi.”
Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asaridagi obrazlilik, hayotiylik kitobxonni
ta’sirlantirmay qo‘ymaydi. Asarda barmoq bilan sanarli obrazlar orqali yozuvchi
o‘zining badiiy niyatini ochib beradi. Bu yuksak
romani uchun yozuvchi Nobel
mukofotiga sazovor bo‘ladi. Asarning umrboqiyligi unda qahramonning ruhiyati
mahorat bilan ko‘rsatilganida aks etadi. Bosh qahramon chol Santyago keksaligiga
qaramay o‘zi tetik holda tasvirlanadi. Shuning uchun yozuvchi “bu odam taslim
bo‘lmaydi” deb uqtiradi. Chol to‘riga katta baliq tushganda, cheksiz sevinadi “baliq”
421
deb qichqiradi. U sekingina “o‘lsam o‘lamanki, sendan ajralmayman,- deydi. Chol
butun kuch-quvvatini ishga solib, baliq bilan olishadi va uni yengadi. Uning
“odamzotni
yanchib tashlash mumkin, lekin bo‘ysundirish mumkin emas” degan
so‘zlari inson qudratiga ijodkorning cheksiz ishonchini ko‘rsatadi.
Yaqin davrda yozilgan “Alkimyogar” asarida ilgari surilgan umrboqiy mavzuga
to‘xtalaylik. Asarning bosh g‘oyasi bu – “Bizning sayyoramizda bir buyuk haqiqat
barqaror: agar siz chin dildan nimanidir orzu qilsangiz, unga, albatta, erishasiz. Zotan
bu orzu olam qalbida ham tug‘iladi va ayni shuning o‘zi sizning Yerda mavjudligingiz
tasdiqi, sizning taqdiringizdir.” Bu fikrlarning inson hayotiga yaqinligi, orzu-
umidlarining ro‘yobini ko‘rsatib berilishi, obrazning boshidan o‘tkazgan voqealardagi
izchillik asar badiiy qiymatini oshirib berganini ko‘rsatadi.
M.N. Kufaev ilmiy taraqqiyotga bir murakkab va haligacha to’liq hal qilinmagan
muammoni - kitoblar va kitoblar kabi asosiy toifalarni, kitob bilimlari ob’ekti sifatida
ta’riflashni kiritdi. «Mening asosiy fikrim shundaki,
kitob mustaqil ravishda, narsa,
hodisa va boshqalar sifatida o’rganilmaydi, nafaqat fikrlar va so’zlarning egasi sifatida,
balki moddiy madaniyatning o’ziga xos hodisasi sifatida ham o’rganilmaydi. Vazifa
"odamlar o’rtasidagi aloqa qilish uchun mavjud bo’lgan" kitobni o’rganishdir.
Yoshlarning kitobxonlik madaniyati bu - iqtidorli shaxslar, olimlar jamoasi
tomonidan tabiat, jamiyat, insonning axloqiy va estetik olamini teran o’rganish asosida
yozilgan ilmiy-texnikaviy, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
axloqiy va estetik
adabiyotlarni uzluksiz tarzda o’qib borish, ularni mantiqan tahlil qilish, o’ziga tegishli
xulosalar chiqarib olish, ilhomlantirish. Zavqlantirish xususiyatlariga ega bo’lgan
zaruriy kitoblarni o’qish asosida o’zining qanday millat vakillarining farzandi
ekanligini anglashga qaratilgan tizimli amaliy xatti-harakatlarga aytiladi.
Shunday ekan bo’sh vaqtlarda iloji boricha ko’proq kitob o’qish zarur, ayniqsa,
badiiy kitoblar insoniy fazilatlarni kuchayishiga, boshqa insonlarni tushunishga
o’rgatadi. Mutolaa madaniyati kishining manbani to’laqonli tushunishi, undan estetik
zavq olishi, muallif fikri va g’oyasini anglashi hamda uni baholay olishi kabi
xususiyatlarga ega bo’lishini ta’minlaydi. Kitobni tanlash, uni o’qish, avaylab saqlash,
422
shaxsiy kutubxona tashkil etish, o’qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya eta olish ham
mutolaa madaniyatiga kiradi.
V. Belinskiy aytganidek, “Ijodkor hayotni o‘zining narsa-hodisalarga qarash tarzi,
o‘zi yashab turgan olam, davr va xalqqa munosabatiga bog‘liq idealiga mos ravishda
qayta yaratadi yoki uni butun yalang‘ochligi va haqiqati bilan, barcha tafsilotlari, rang
va ottenkalariga sodiq qolgan holda aks ettiradi.” Ushbu
fikrlarga tayangan holda
aytishimiz mumkinki, haqiqat aks etgan, ruhiyat ifodalangan asarlar umrboqiy asarlar
sirasidan joy oladi. Bu asarlarga hech qanday davr, zamon, makon yoki shaxs rahna
sola olmaydi. Ular har bir davrda qadr-qimmatini yo‘qotmay yozuvchi va olimlar,
kitobxon va o‘quvchilar orasida aziz bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: