423
ФИО автора:
Duysenbaeva Gulziyra Ongarbaevna
Qoraqolpogiston Respublikasi, Qorauzak tumani
8-sonli maktab Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi
Название публикации:
«ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING
NUTQIY SAVODXONLIK KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH»
Annotatsiya.
Maqolada ona tili fanini o’qitishning maqsad, vazifalari, ona tili
darslarida mashq va topshiriqlardan foydalanishning o’rni haqida so’z boradi.
O’quvchilarda
o’qib
tushunish
malakasini
hamda
nutqiy
savodxonlikni
rivojlantiruvchi amaliy topshiriq namunalari keltiriladi.
Kalit so’zlar:
ona tili metodikasi, mashq, topshiriq, savol, o’qib tushunish, og’zaki
nutq, yozma nutq.
Maktabda ona tili o’qitishning bosh maqsadi tilning jamiyatda tutgan o’rni,
bajaradigan vazifasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, til jamiyat a’zolari o’rtasida aloqa-
aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr mahsulini og’zaki va yozma ravishda
bayon qila olish o’z ichki kechinmalarini ifodalash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
So’nggi vaqtlarda ona tili o’qitish metodikasini isloh qilish, darsliklarni yangilash,
ta’lim
sifatini
oshirish
bo’yicha
turli-tuman
mulohazalarning
ilgari
surilayotganligining guvohi bo’lyapmiz. Buning sababi shu kungacha amalda bo’lgan
ona tili o’qitish uslubi o’zini to’liq oqlayolmadi. Ona tili
fani faqat grammatikaga
asoslanib qoldi, darsliklar esa bir xil ko’rinishda, standart ko’rinishdagi mashq,
topshiriqlardan iborat bo’lib qoldi. Maktab o’quvchilarining katta qismida ona tili
faniga nisbatan hurmat, qiziqish so’ngan, ayniqsa yuqori sinf o’quvchilari faqat OTM
imtihonlari uchun bu fanni o’qiydilar. Ularning ko’pchiligi bu fanni faqat yozish darsi
deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, til ta’limida to’rt xil malaka: o’qib tushunish,
eshitib tushunish, fikrni og’zaki va yozma bayon qilishning birdek ahamiyatli ekanligi
unutib qo’yildi. Asosiy e’tibor o’quvchiga grammatik qoidalarni yod oldirishga
qaratildi.
424
Ona tili darslarida o’quvchini bir xil qolipga tushurib qo’ymaslik uchun turli mashq
va topshiriqlardan foydalanish zarur. Buning uchun ona tili o’qituvchisi ham tinmay
izlanishda bo’lishi, faqat darslik
bilan cheklanib qolmasdan, o’quvchida mustaqil,
tanqidiy va tahliliy fikrlashni shakllantiradigan, og’zaki nutqini o’stiradigan
topshiriqlarni darsga tatbiq etishi lozim.
Ona tili ta’limida mashqlar bilan ishlash alohida ilmiy va metodik mohiyatga ega.
Mashq u
yoki bu mavzu doirasida bilim, faoliyat usullarini bir xil o’quv sharoitida
bajarishga oid o’quv topshirig’idir. Mashqlarni bajarish jarayonida bilimlar esga
tushiriladi; bilim, faoliyat usuli o’quv holatiga tatbiq qilinadi, subyekt(shaxs) faoliyati
takomillashtiriladi. Shu bois darsliklarda har bir mavzuga
doir bir necha mashqlar
beriladi va dars jarayonida mashqlar bajarishga alohida e’tibor qaratiladi.
Xususan, yuqori sinf o’quvchilari, ayniqsa, 11-sinf o’quvchilari uchun ona tili fani
ularning ham og’zaki, ham yozma nutqini o’stiradigan, tafakkurini kengaytiradigan fan
bo’lib xizmat qilishi kerak. O’quvchilarga yaxlit tuzilmaga ega muayyan matn berish
va matn yuzasidan savol-topshiriqlar bilan ishlash ularda o’qib tushunish malakasini
rivojlantirishga yordam beradi. Matnni o‘qib tushunish
murakkab psixolingvistik
jarayon bo‘lib, grafemalarni tanish, so‘zni o‘qish, so‘zning lug‘aviy ma’nosini,
kontekstual ma’nosini anglash, sintaktik strukturani to‘g‘ri hal etish (ya’ni so‘zlarning
o‘zaro munosabati, qaysi so‘z
gapdagi asosiy tushunchani, qaysilari unga tobe
tushunchalarni ifodalayotganini anglash), shuningdek,
matn mazmuniy bloklarining
o‘zaro bog‘lanishini tushunish kabi darajalardan iborat bo‘ladi.
11-sinf o’quvchilarining o’qib tushunish malakasini rivojlantirish uchun ona tili
darslarida quyidagi ko’rinishdagi mashq va topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: