Matnning psixolingvistik tahlili. Reja



Download 36,52 Kb.
bet1/6
Sana18.07.2022
Hajmi36,52 Kb.
#819496
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Matnning psixolingvistik tahlili. Qodirova M


Matnning psixolingvistik tahlili.
Reja:
1. Matn tilshunosligi va psixolingvistika.
2. Matnni psixolingvistik tahlil qilishda matnda qo’llangan til birliklarining o’rni.
3. Matnni psixolingvistik tadqiq qilishda jahon tilshunosligida amalga oshirilgan ishlar haqida.
Xulosa.

Zamonaviy tilshunoslik tobora kengayib, taraqqiy etib bormoqda. Buning asosini, shubhasiz, tilshunoslik va boshqa fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik ta’minlaydi. Psixolingvistika ham ana shunday jarayonning mahsulidir. Matn psixolingvistik yondashuvlar talqinida. Matnning antropotsentrik mohiyati psixologiya va lingvistika sohalari kesishuvi natijasida yuzaga kelgan psixolingvistikada ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Psixolingvistik tadqiqotlarda matnning matn tuzuvchi – matn – retsipientdan iborat uchlik nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi unda shaxs omilining rolini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Ma’lumki, psixolingvistika sohasi XX asrning 50-yillarida psixologiya va tilshunoslik fanlarining hamkorligi natijasida yuzaga kelgan. Psixolingvistikaning asosiy tadqiq obyekti nutqiy faoliyat subyekti bo‘lgan shaxs, til sohibi hisoblanadi. Rus tilshunosligida mazkur soha rivojiga katta hissa qo‘shgan A.A.Zalevskaya psixolingvistikaning vazifasi haqida yozar ekan, “tilning amal qilishini psixik fenomen sifatida tavsiflash va tushuntirish” ushbu sohaning asosiy maqsadi bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.


Matnda qo’llangan quyidagi vositalar uning psixolingvistik tahlilida muhum rol o’ynaydi:

  • Eskirgan va yangi so’zlar

  • Dialektizmlar

  • frazeologizmlar

  • Vulgarizm va varvarizmlar

Tilning fonetik tarkibi.
Eskirgan so‘zlar
Jamiyat o‘sib-o‘zgarib borar ekan, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hayotdagi ba’zi tushunchalar tamomila eskirib, amaliyotdan chiqib ketadi. Badiiy asarda muayyan davr voqealari tasvirlanar ekan, ana shu davrga oid bo‘lgan eski tushunchalarga murojaat qilmaslikning aslo iloji yo‘q. Tilshunoslikda bunday tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar «arxaik so‘zlar» va «istorizm – tarixiy so‘zlar» degan nomlar ostida umumlashtiriladi. Tilning hozirgi davri uchun eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan til birligi arxaizm deb yuritiladi. «Arxaizm o‘zi nomlayotgan voqelikni anglatuvchi leksik birlik bilan yonma-yon yashaydi». Arxaizmlar badiiy matnda tasvirlanayotgan davr voqeligini real tasvirlash, asarning tarixiylik ruhini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. O‘rdu-qo‘shin, handasa-geometriya, tilmoch-tarjimon, mirza-kotib, sadr-rais, lak-yuz ming kabi so‘zlar ishlatilganda davr ruhi ta’kidlangan bo‘ladi. Ayrim arxaik so‘zlar zamonaviy ma’nodoshiga qaraganda ma’noni kuchliroq ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, yo‘qsil – kambag‘al arxaik so‘zlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, «hech narsaga ega emaslik» ma’nosi yo‘qsil lekskmasida kambag‘al leksemasiga qaraganda ancha ortiq, chunki mazkur so‘zlar tarkibi tarixiy-etimologik tahlil etilganida anglanadigan yo‘q-kam so‘zlari qiyoslansa, birinchisida ayni belgining nol darajada ekanligi seziladi. Arxaik so‘zlar muayyan davrning yozma uslubini ifodalashda yoki qahramonning nutqiy xarakteristikasini berishda ham uslubiy vosita sifatida ishlatiladi. She’riyatda nutqqa ko‘tarinki ruh bag‘ishlash maqsadida ishlatiladi:
Siz ko‘kning qopqasin qoqqan soatda
Quyosh ko‘z uqalab uyg‘onar edi.(G‘.G‘ulom)
Ulug‘ shaharlarning bo‘ysirasida
Abadiy o‘rinni topa olgan Shosh. (A.Oripov)
Ne-ne zilziladan chiqolgan omon
Manglayi yarqiroq makonsan buyuk. (A.Oripov)
Hozirgi kunda uchramaydigan, faqat tarixiy narsa yoki voqea-hodisalarning nomini bildiruvchi so‘zlar istorizm (tarixiy so‘zlar) deyiladi. Istorizmning arxaizmdan farqi shundaki, bugungi kunda o‘sha tarixiy voqelikning o‘zi ham uni anglatuvchi boshqa leksik birlik ham bo‘lmaydi, demak istorizm o‘zi ifodalayotgan hodisaning yagona nomidir. Masalan: amin, pristav, mingboshi, noyib, ellikboshi, ponsad kabilar badiiy matnda ishlatilganda kitobxon ijtimoiy boshqaruv tizimi bilan bog‘liq tarixiy voqelikni ko‘z oldiga keltiradi. Tarixiy so‘zlar ham badiiy matnda o‘tmish voqeligini real tasvirlash maqsadida ishlatiladi.
Badiiy asar tilidagi eskirgan so‘zlarni tahlil qilishda asar yozilgan davrni e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Chunki, «so‘zlar yozuvchi yashagan, ijod etgan davrdayoq eskirgan bo‘lishi mumkin bo‘lganidek, asar yozilgan davrda faol iste’molda bo‘lib, keyinchalik iste’moldan tushgan»1 bo‘lishi mumkin.

Download 36,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish