Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. T.;Ma’naviyat, 2008.
2.
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. -T.: 
O’zbekiston , 2005
3.
Karimov I.A. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: 
«O’zbekiston» 1997.
4.
A.K. Munavvar.Oila pedagogikasi.-T., ,,O’qituvchi’’ ,1994. 6.
5.
K.O.Matanazarova ,,Tarbiyaviy ishlar metodikasi’’ darslik Toshkent 2014. 9. A. 
Jo`rayev ,,Tarbiyaviy darslarni o`tish’’ T- ,,O`qituvchi’’ 1994. 10.


399 
6. M.Xaydarov ,,Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq 
an`analaridan foydalanish’’ T-,,Yozuvchi’’ 1995. 
7. O’.M.Asqarova, M.Xayitboyev, M.S.Nishonov Pedagogika- ,,Talqin’’ nashriyoti, 
2008-yil, 34- bet. 
8. A. Xoliqulov, Pedagogik mahorat- Toshkent ,,IQTISOD VA MOLIYA’’, 2011-yil, 
44-bet. 
9. Ziyonet.uz 


400 
ФИО автора:
Xakimov Jahongir 
SamDU 2-kurs magstranti 
Название публикации:
«BUXORO AMIRLIGI AHOLISINING MILLIY-ETIK 
TARKIBI» 
Anonatsiya: 
Ushbu maqolada Buxoro amirligining etnik tarkibi yoritilgan 
bo’lib, unda sharq milliy guruhlari bilan birga forsiy xalqlar ham yashaganliklari aks 
ettirilgan.
Kalit so’zlar: 
Meyendorf, afg’on, xalq, etnik, turkman, o’zbek, tojik. 
 
O’tmish tariximizga nazar solsak milliy davlatchiligimizning turli davrlardagi 
yuksalishi va inqirozi, fojialariga daxldor tarixiy voqelar va jarayonlar jamiyatning 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga qanchalik ta’sir etganligi yanada 
ravshanroq namoyon bo’ladi. Buxoro amirligi tarixida mang’itlar sulolasi hukmronligi 
tarixi 1756-yilda boshlanib, 1920-yilga qadar davom etdi. Mang’itlarning hokimiyat 
tepasiga kelishi bilan davlat boshlig’i avval xon, so’ngra amir deb yuritila boshlandi, 
xonlik esa amirlik deb atala boshlandi. 
O’rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro amirligi alohida mavqeyga ega bo’lgan 
davlat bo’lib, u juda katta hududga ega edi. XVIII asrning o’rtalariga kelib Buxoro 
amirligining hududlarida birmuncha o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu davrda Buxoro 
xonlari o’z qo’llarida Buxoro shahri va uning atrofidagi tumanlar bo’lmish Vobkent, 
G’ijduvon, Qorako’l, Vardonze, Qashqadaryo viloyati hamda Miyonqol vohasini 
saqlab qola olgan edi. 
K. Meyendorfning yozishicha Buxoroda o'zbeklar va tojiklardan tashqari 
turkmanlar, arablar, qalmiqlar, qirg'izlar, qoraqalpoqlar, afg'onlar, lezginlar, 
yahudiylar, lo'lilar va nihoyat bir necha ming forslar yashaydi.
15
U so’zlarini davom 
ettirib amirligini juda ko'p millatlarni o'z ichiga olgan kichik bir davlat deb atagan. 
O’zbeklar tatarlarga ham, qalmiqlarga ham o'xshashligini aytib o’tgan. Ular asosan 
15
Мейендорф.Е К Путешествие из Оренбурга в Бухару. М.: Наука, 1975. ... -. С. 91. 


401 
Samarqand, Buxoro, Qorako'l, Qarshi, G'uzor va Miyoqol atrofida joylashganlar 
boshqa joylarda uchratish juda qiyin deb aytgan.
Buxoro amirligi O’rta Osiyo hududidagi feodal davlatlar, ya’ni xonliklar ichida 
eng kuchli va aholi ko’p yashaydigan davlatlardan edi. XX asr boshida, «Buxoro 
aholisi uch yarim million nafardan iborat bo’lgan. Uning maydoni 225.000 km
2
keladi 
ya’ni taxminan italiya maydoni bilan teng. Uning aholisining asosiy qismi o’zbek, 
turkman, qirg’iz, qozoq, tojik, yahudiy va arablardan iborat»
16
deb yozadi amir Sayyid 
Olimxon.
Mirza Olim Maxdum Hoji “Tarixi Turkiston” asarida amirlik aholisi to’g’risida
quydagilarni bayon etadi: “…Aholisi ikki jinsga munqasim boʻlub, shahar va 
qishloqlarga sokin (yashagan) boʻlub, sanoʼat, (hunarmandchilik) tijorat va ziroat 
(dehqonchilik)ila ishtigʻol qilguvchi, aholisini tojik taʼbir qilinur. Ular lisoni forsiy ila 
mutakallim va suniy mazhabdurlar. Andak miqdorda shiʼayi eroniylar ham bordur. 
Turkman urugi ham koʻp boʻlub, bular aksar Jayhun atrofida xaymani-shivdurlar. 
Shimoli-sharq tarafqdagi sahrolarida boʻlsa qozoq, qalmiq, qoraqalpoq urugʻlaridin. 
Shahar va qishloqlarda avoili islomdin buyon yerlashib qolgan mujohidlar avlodidin 
xiyli arablar ham bordur. Yahudilar oz miqdorda boʻlub Buxoroda va baʼzi qasabalarda 
sokindur. Kobuliy ismi ila mashhur bir xil chankona nom toifalar ham bordur”. 
17
XIX asrning 50-yillarigacha butun Buxoro amirligi aholisi o’troq va 
ko’chmanchi hayot kechiruvchi aholidan iborat bo’lgan. O’troq aholi tarkibiga, asosan, 
tojiklar hamda qadimiy turkiy xalqlar, ya’ni qarluqlar kirishgan. Ko’chmanchi va 
yarim ko’chmanchi aholilar tarkibiga esa asosan Zarafshon, Qashqadaryo va 
Surxondaryo vohasiga kelib joylashib qolgan ko’chmanchi o’zbek urug’lari vakillari 
kirganlar. Shuningdek, bu guruh tarkibiga qisman mahalliy turkiy qabila vakili 
bo’lmish xitoy-qipchoqlar va mang’itlar hamda qozoqlar va turkmanlar ham kirishgan. 
Amirlik aholisining katta qismini o’zbeklar tashkil qilgan bo’lib, ular juda 
ko’plab urug’lar vakili hisoblangan. O’sha davrda Buxoro amirligida o’zbeklarning 
umumiy soni 1,5 mln kishi deb ko’rsatilgan. Buxoro xalqining etnik tarkibiga nazar 
16
Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. 25-бет. 
17
Mirza olim Maxdum Hoji.Tarixi Turkiston.-Toshkent:Yangi asr avlodi.2009.191-192-bet. 


402 
solsak turkey qabilalar 85% (1million 830ming 454 kishi), Eroniy xalqlar 12% 
(258ming 389 kishi), boshqa etnik guruhlar esa 3% (64ming 594 kishi) ni tashkil etgan. 
Buxoro amirlk bo’yicha hammasi bo’lib, 2million 53ming 240 kisini tashkil etgan.
O’zbeklar, ya’ni o’zbek urug’lari va qabilalari to’g’risida so’z ketganda 
adabiyotlarda turli xil fikrlar, g’oyalar ilgari surilgan. Jumladan, XIX asr ikkinchi 
yarmi-XX asr boshlarida yashagan aholining o’zbek qatlami deyarli barcha 
adabiyotlarda uchga bo’lingan. Aynan mana shu uch guruhni atash, ularni nomlash 
bo’yicha turli xil fikrlar bildirilgan va ilgari surilgan. O’zbeklarning birinchi turiga 
olimlar, asosan, o’troq aholi qismini, umuman urug’qabilaviy jihatdan bo’linmagan 
qismini kiritganlar. Ularga chig’atoylar, xo’jalar va qarshiliklar kiritilgan. Professor M. 
G. Vahobov ularni ilmiy jihatdan atash uchun «Turkiy tilli sartlar» degan ilmiy atamani 
qo’llashni taklif etgan bo’lsa,
18
B. Karmisheva «o’troq aholi» degan atamani 
qo’llagan. Ikkinchi toifaga mansub bo’lgan o’zbeklarni B. Karmisheva «ilk qabilalar» 
deb atab, ularga, asosan mo’g’illar kirib kelgunga qadar bo’lgan turkiy qabilalarning 
tarixiy vorislarini, ya’ni turklar, qarluqlar, xalachlar, mirishkorlar va boshqalarni 
kiritadi.
19
Ma’lumotlarga qaraganda, Buxoro amirligida yashagan turkmanlar soni 
taxminan 200 ming kishi deb ko’rsatilgan.
20
Buxoro amirligi hududida amirlik aholisining kichik qismini arablar tashkil 
qilgan.
21
Buxoro hududida yashagan tojiklarni ko’plab uchratish mumkin. Ularning sni 
650 ming kishi bo’lgan.
22
Shuningdek, Buxoro amirdigi hududida forsiylar, yahudiylar, hindlar, lo’lilar, 
afg’onlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va qalmiqlar ham yashashgan.
18
Вахабов М. Г. Формирование узбекской социалистичсской пации. –Т., 1961. с 30-34, 44, 46.
19
Кармышева Б. X. Очерки этнической истории южннх районов Таджикистана и Узбекистана, с. 86–87.
20
Ўзбекистоннипг янги тарихи. Биринчи китоб. Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида. –Т., 2000, 
464 бет.
21
Кармишева Б. X. Очерки этнической истории южньгх районов Таджикистана и Узбекистана, с. 111 – 112.
22
Мейендорф Е К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. М.: Наука, 1975. 93 ст 


403 
Meyendorf 
Buxoro 
amirligi 
aholisini 
quyidagicha 
taqsimlashgan:
jami 2 478 000. 
23
O'zbeklar - 1 500 000 
Tojiklar - 650 000 
Turkmanlar - 200 000 
Arablar - 50 000 
Forslar - 40,000 
Qalmiqlar - 20 ming 
Qirg'izlar va qoraqalpoqlar - 6000 
Yahudiylar - 4000 
Afg'onlar - 4000 
Lezgins - 2000 
Lo'lilar - 2 000 
Qisqacha xulosa qildigan bo’lsak, Buxor amirligida turli millat 
vakillari yashaganliklarini ko’rishimiz mumkin. Bu bilan O’zbekiston hozir ham oldin 
ham ko’p millatli xalq bo’lganligi va bir-biriga nisbatan do’stona aloqada faoliyat 
yuritganiga guvoh bo’lamiz. Amirlikdagi bu millat vakillari sharq milliy guuhlari bilan 
birgalikda forsiy xalqlar bo’lib ular bir-biriga nisbatan ga’yri insoniy ishlarni 
qilmaganliklarini ko’rishimiz mumkin. 

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish