9-mavzu. Markaziy Osiyo orqali kechgan qadimiy migrasion jarayonlar va
ularning tarixiy hamda etno-madaniy jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri
Reja:
1) Mavzuning o„rganilganlik darajasi
2) Markaziy Osiyo orqali kechgan qadimiy migrasion jarayonlar
3) “Xalqlarning buyuk ko‟chishi” tarixi
Tayanch so‘z va iboralar: qadimiy migrasion jarayonlar, ariylar
migrasiyasi, xunnlar, xalqlarning buyuk ko‟chishi, etno-madaniy jarayonlar
Turkiy xalqlar tarixini yevropa tarixshunosligi bir necha asrlar davomida
faqat Oltoy mintaqasi, Ichki Osiyo, hatto Uzoq Sharq o„lkalari bilan bog„liq holda
ta'riflab keladi. Bunday qarash zamirida yevropa olimlari xizmat qilgan mafkura
ta'siri yotadi. Ya'ni, hind-yevropa nazariyasi ijtimoiy fanlarga, ayniqsa, tilshunos-
likka nisbatan faol ishga solingan paytlardan boshlab, Markaziy Osiyoni, xususan,
O„rta Osiyo mintaqasini faqat eroniy xalqlar makoni qilib ko„rsatishga urinib
kelingan. Holbuki, turkiy xalqlar qadim zamonlardan boshlab, ayniqsa, eneolit va
bronza davrlaridan boshlab, O„rta Osiyoning tubjoy aholisi bo„lgan va prototurkiy
bosqichda o„troq dehqonchilik madaniyatiga asos solgan. Ushbu fikr yevropa fani
zo„r berib da'vo qilib kelayotgan ariylar migratsiyasining davri orqali isbotlanishi
mumkin. Binobarin, ariylar migratsiyasi ro„y bergan mil. avv. II ming yillik
o„rtalariga qadar O„rta Osiyoda yuksak rivojlangan sug„orma dehqonchilik
madaniyati hamda ilk shaharsozlik jarayoni mintaqaning qadimiy tubjoy aholisi
prototurklarga tegishli edi. Ariylar esa, yevroosiyo cho„l mintaqasining chorvador
aholisi edi. Aholi nufusining ortib borishi, yaylov tanqisligi, tabiatning davriy
qurg„oqlanish (aridizatsiya) hodisasi sababli ariylar yangi makon izlab ulkan
ko„chkinchilik jarayoniga kirishgan.
O„rta Osiyoda ular dehqonchilik madaniyati bilan yuzma-yuz keldilar. Avesto
kitobida bu jarayon o„z aksini topgan. Ko„chmanchilarning hujumlari, mollarni
haydab ketish, odamlarni qullikka olib ketish kabi lavhalar Videvdot kitobining 3-
fragardida quyuq bo„yoqlarda tasvirlangan. Bu manzara cho„l va o„troq madaniyat
mintaqalari o„rtasidagi azaliy muammo bo„lib kelgan. Ariylar eroniyzabon (hindu-
eron) til bosqichidagi qabilalar ittifoqi edi. O„rta Osiyoda prototurk til uyushmasi
bilan ariylar qorishuvi mintaqadagi eroniyzabon va turkiy tilli bilingvistik
munosabatlar mil. avv. II ming yillik o„rtalaridan boshlangan deyishga to„la asos
bor
Turkiychilikning qadimiy asoslari haqida gap ketganda, ayniqsa, tyrkiy
xalqlarning o„troq madaniyati, shaharchilik turmush tarzi ildizlarining qadimiyligi
masalalari xanuz rus va yevropa olimlari tomonidan baxs va munozara masalasi
sifatida o„rtaga qo„yib kelinmoqda. Bu kabi chiqishlar ruhida masalaga yevropa-
sentrizm ta'siri yaqqol ko„rinib turadi.
Markaziy Osiyo tarixiy geografik madaniy o„lkalarining uzoq o„tmishdan
boshlab umumiy taraqqiyot yo„llari tutash va baqamti ekanligini fan allaqachon
isbotlagan. Geografik o„rniga ko„ra Markaziy Osiyo nisbatan quruq kontinental
iqlimli mintaqa bo„lib, uzoq tarixiy jarayonlarda ikki yirik xo„jalik ukladi –
nomadik ko„chmanchi chorva hamda sug„orma dehqonchilik o„troq xo„jalik
madaniyatining uyg„unligi asosida taraqqiyot bosqichlarini boshdan kechirgan.
Etno-madaniy jihatdan mintaqa xalqlari qadim zamonlardan boshlab asosan turkiy
va eroniy xalqlarning yetakchi mavqyeda bo„lgani bilan belgilidir. Ushbu etnik
qatlamdan tashqari tibet xalqi uzoq tarixda xitoy manbalarida “syan”lar deb atalib,
til jihatdan alohida mavqyeni tashkil etadi. Tibet tili tibet-birma tillari guruhiga
kirib, tarixiy izolyasiya tufayli nisbatan mustaqil rivojlanib kelgan. Lekin,
tibetliklar Markaziy Osiyo tarixiy jarayonlarida qadimdan faol qatnashib kelganlar.
Ayniqsa, melodiy 8-asrda yirik va kuchli davlatga aylangan Tibet Markaziy Osiyo
hamda Uzoq Sharq siyosiy jarayonlarida tutgan mavqyelarini bir necha asrgacha
saqlab kelganlar. Hatto, tibetliklar oyrat-hashaut-jung„or-qalmiq istibdodining
Markaziy Osiyoda tugatilishida (1628-1757) muhim rol o„ynaganliklari ham
ma'lum.
Demak, tarixiy mushtaraklik haqida gap ketganda o„tmish jarayonlarini ayni
tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqib xolisona yondashuvlar asosida o„rganmoq
zarurdir. Tarix tadqiqotlarining turli metodologik yondashuv tamoyillari bo„lgani
holda, ularning asosida xolisonalik, dalil va isbotlilik, voqyea hodisalarga tarixiylik
nuqtai nazaridan baho berish yotmog„i lozim.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi ilmiy tarixshunoslik jarayoni nuqtai nazaridan
bir necha asrlar davomida u yoki bu manfaatlar talash maydonida qolib kelmoqda.
Jumladan, Rossiya tarixshunosligi Markaziy Osiyoga ayniqsa, 19-asrdan boshlab,
imperiya manfaatlari nuqtai nazaridan yondashuv asoslarini ishlab chiqdi. Bu
masalada mahalliy ziyolilarni ham ustalik bilan jalb etib, ularning ma'lumotlaridan
ham keng foydalandi. Gap shunda ediki, Markaziy Osiyo, jumladan, Turkiston
o„lkasi yevropaning Angliya, Germaniya, Fransiya singari davlatlari hamda
Rossiya o„rtasida manfaatlar kurashi mintaqasiga aylangan edi. Shu tufayli,
xususan, Sharqiy Turkistonda bir vaqtning o„zida va ketma-ket mazkur
davlatlarning turli maqsadlardagi ekspeditsiyalari va missiyalari ish olib borgani
ma'lum. Maqsad esa bir xil edi: har bir davlat mintaqa xalqlari tarixini
madaniyatini, xo„jalik xususiyatlarini, tabiiy resurlarini, hokazo, o„zicha
o„rganishga va bilishga harakat qilardi. Rossiya S.Oldenburg rahbarligida, Angliya
A.Steyn rahbarligida, Fransiya R.Pelo boshchiligida o„lkani o„rganish va zarur
manfaatli ma'lumotlarni to„plash uchun ekspeditsiyalar uyushtirgan. Natijada o„lka
tarixi va madaniyati to„g„risida katta miqdorda ma'lumotlar to„planib, Sankt-
Peteburg, London, Berlin, Parij fondlariga joylashtirildi. Biroq, bu materiallardan
foydalanish asnosida har bir mamlakat olimlari o„z yo„llaridan borib, siyosiy
maqsadlariga mos talqinlarni o„rtaga qo„yib bordilar. Ushbu tarixiy materiallar
to„plangani ularning saqlanib qolishiga ijobiy xizmat qilgani holda, ilmiy istifoda
davomida mohiyatan buzib ko„rsatishlarga zamin bo„lib xizmat qildi. Qolaversa,
yaqin vaqtlargacha ushbu son-sanoqsiz yozma va moddiy yodgorliklar o„z tarixiy
egalari uchun qo„l yetmas holatda bo„ldi. Yaxshiki, keyingi o„n yilliklar davomida
mazkur materialning turli xil nashrlari yuzaga kelishi ularning mahalliy
tadqiqotchilar uchun ham “ochilishi”ga xizmat qilmoqda.
Metodolik og„ishlarning maxsus tizimi Markaziy Osiyo tarixiga nisbatan
ataylab joriy etilgan desak xato bo„lmaydi. Ulardan biri 6-o„rtasida tashkil topgan
Turk xoqonligi Markaziy Osiyo hududlarini to„liq qamrab olgan holda o„z
tarkibida bir qator mahalliy davlat uyushmalarini nisbiy avtonom holda ushlab
turgani ya'ni Buyuk Turk hoqonligining yaxlitligi to„g„risidagi tarixiy haqiqatni
e'tirof etishni mazkur metodologiya xush ko„rmas edi. Xuddi shu masalada So„g„d
davlati misolini alohida ko„rsatish mumkin. Sovet davri nashrlarida So„g„dni
asosan mustaqil davlat sifatida talqin qilishga urinish yaqqol sezilib turadi. Yoki,
Choch o„lkasini faqat Turk xoqonligi tarkibida deb tushunilgan. Choch esa,
tudunning vakolatli hokimligi hamda tekin nazoratidagi yarim mustaqil va o„z
an'anaviy hokimi bor bo„lgan o„lka edi.
O„rta asrlar tarixini talqin etishda ham turli noto„g„ri yondashuvlar uchraydi.
Masalan, Somoniylar sulolasi hukmronligi davrini to„g„ridan-to„g„ri faqat tojik
xalqining davlatchiligi boshi qilib ko„rsatishga urunish yillar davomida kuzatil-
moqda. Xolbuki, bu davlat o„z davri uchun mintaqada yashovchi xalqlarning
boshini birlashtirib, ayni chog„da barcha uchun umumiy davlat hisoblangan. Yana
bir misol: G„aznaviylar sulolasining vakili Mahmudning shaxsi bir qator nashrlarda
salbiy ruhda talqin qilib kelinadi. Ammo, 32 hokimiyat tepasida turgan Mahmud
G„aznaviy yirik davlat arbobi, harbiy sarkarda, ilm-fan, adabiyot homiysi sifatida
umuman yetarli baholanmagan. Bunday misollar tarixda juda ko„p va ular
o„zlarining xolisona talqinlarini va umume'tirof mohiyatlarini topmoqlari zarur.
Turkman xalqi tarixining metodologik konsepsiyasini ham tubdan
o„zgartirishga urunish bugun hammaga ma'lum. Masalan, aslida mifologik
mohiyatga ega bo„lgan O„g„izxonni turkman xalqining bosh ajdodi qilib ko„rsatish,
uni naq besh ming yillik turkmanlarning Anau imperiyasining imperatori qilib
ko„rsatishgacha borib yetildi. Qozoq tarixshunosligida esa, etnik genetik asosni
o„ta qadimiylashtirishga, xususan, millatning sak-skif dunyosiga bog„liq ildizlarini
dalil isbotsiz asoslashga urunish mavjud. Xolbuki, qozoq xalqi turkiy dunyoning
qipchoq tarmog„iga mansub yirik etnosdir.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ariylarning o„rni haqidagi masala ham
bugungi kunda ayrim milliy tarixlarning talqinida alohida o„ringa qo„yilmoqda.
Hatto, to„g„ridan to„g„ri ariylarning avlodi maqomiga da'vo darajasiga yetmoqda.
Biroq, ariylar miloddan avvalgi 2 ming yillik o„rtalarida ulkan migratsion
(ko„chkinchilik) jarayonini boshdan kechirib, bir tarmog„i Hindiston yarim
orolining shimoliga, ikkinchi tarmog„i esa, Hozirgi Eron platosiga joylashib yangi
etno-madaniy, hududiy jarayonlarga asos solishgan. O„rta Osiyoda “cho„kib”
qolgan ariylar mahalliy xalqlar bilan qorishib, kelgusida prototurkiy va
eroniyzabon xalqlar tarkibiga singib ketgan. Shu sababli, bugungi kunda
to„g„ridan-to„g„ri ariylik da'vosi ko„rko„rona milliy shovinizmdan boshqa narsa
emas. Bu faktni milliy tarixga singdirishga urunish esa, noxolislikning yaqqol
misolidir.
Tarixnavislikning yana bir zamonaviy nuqsoni mintaqamizda qaysi xalqning
tarixiy mavqyei yetakchiligi haqidagi baxsdir. Jumladan, turkiy xalqlarning o„g„uz,
qarluq, qipchoq tarmoqlari orasida turkman tarixnavisligi o„g„uzlarni yetakchilikka
qo„yadi, qozoq tarixchilari esa, qipchoqlarni turkiy xalqlarning eng ulug„i qilib
ko„rsatishadi. Aslida esa, turkiy xalqlarning umumiy ildizlari va umumturkiylik
g„oyasi birlamchi asos bo„lib xizmat qilmog„i va bu chiziqda barcha tarmoqning
tengligi nazariy jihatdan birgalikda asoslanmog„i lozim. Shu qatorda ayrim uyg„ur
tarixchilari (Qosim Masimov va boshqalar) ham o„z millatlarini eng qadimgi va
eng, eng... sifatida ko„rsatishga urinadilar. Hatto, salkam neolit davrida uyg„urlar
allaqanday Mu imperiyasini tuzishgani haqida lof uradilar. Bu imperiyaning
hududlariga, emishki, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq va hatto, Tinch okeani
arxipelaglari ham kirga deb hisoblashadi. Ularning fikricha, o„sha qadimiyatda
arxipelag butun quruqlik yer bo„lgan va parchalanib orollarga aylanish keyin ro„y
bergan emish. Bu kabi da'volar tarixiy haqiqatdan yiroq ekanligi o„z-o„zidan
ravshan, biroq tarixni qadimiylashtirishga urunish kasali hamon davom etmoqda.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixini yozishdek mas'uliyatli ishga ayrim davlat
rahbarlarining bevosita muallif sifatida kirib kelishi ham milliy tarixlarni metodo-
logik berk ko„chalarga kirib qolishiga sabab bo„lmoqda. Misol uchun S.Niyozov-
ning “Ruhnoma” asari o„z davrida muqaddaslashtirish darajasiga olib borildi.
Yoki, A.Akaevning “Manas va qirg„iz davlatchiligi” nomli kitobida qator
tarixchilikka xos bo„lmagan masalalar o„rtaga qo„yilgan. Shu kabi Tojikiston
Prezidenti Emomali Raxmonovning tojik xalqi tarixiga bag„ishlangan ishi ham
milliy tarixshunoslikda “yo„riq”qa aylantirildi. Bu esa, tarixga tor milliy qarash
kabi nuqsonli yondashuvga sabab bo„lmoqda.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ariylarning o„rni haqidagi masala ham
bugungi kunda ayrim milliy tarixlarning talqinida alohida o„ringa qo„yilmoqda.
Hatto, to„g„ridan to„g„ri ariylarning avlodi maqomiga da'vo darajasiga yetmoqda.
Biroq, ariylar miloddan avvalgi 2 ming yillik o„rtalarida ulkan migratsion
(ko„chkinchilik) jarayonini boshdan kechirib, bir tarmog„i Hindiston yarim
orolining shimoliga, ikkinchi tarmog„i esa, hozirgi Eron platosiga joylashib yangi
etno-madaniy, hududiy jarayonlarga asos solishgan. O„rta Osiyoda “cho„kib”
qolgan ariylar mahalliy xalqlar bilan qorishib, kelgusida prototurkiy va
eroniyzabon xalqlar tarkibiga singib ketgan. Shu sababli, bugungi kunda
to„g„ridan-to„g„ri ariylik da'vosi ko„rko„rona milliy shovinizmdan boshqa narsa
emas. Bu faktni milliy tarixga singdirishga urunish esa, noxolislikning yaqqol
misolidir.
Tarixnavislikning yana bir zamonaviy nuqsoni mintaqamizda qaysi xalqning
tarixiy mavqyei yetakchiligi haqidagi bahsdir. Jumladan, turkiy xalqlarning o„g„uz,
qarluq, qipchoq tarmoqlari orasida turkman tarixnavisligi o„g„uzlarni yetakchilikka
qo„yadi, qozoq tarixchilari esa, qipchoqlarni turkiy xalqlarning eng ulug„i qilib
ko„rsatishadi. Aslida esa, turkiy xalqlarning umumiy ildizlari va umumturkiylik
g„oyasi birlamchi asos bo„lib xizmat qilmog„i va bu chiziqda barcha tarmoqning
tengligi nazariy jihatdan birgalikda asoslanmog„i lozim. Shu qatorda ayrim uyg„ur
tarixchilari (Qosim Masimov va boshqalar) ham o„z millatlarini eng qadimgi va
eng, eng... sifatida ko„rsatishga urinadilar. Hatto, salkam neolit davrida uyg„urlar
allaqanday Mu imperiyasini tuzishgani haqida lof uradilar. Bu imperiyaning
hududlariga, emishki, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq va hatto, Tinch okeani
arxipelaglari ham kirga deb hisoblashadi. Ularning fikricha, o„sha qadimiyatda
arxipelag butun quruqlik yer bo„lgan va parchalanib orollarga aylanish keyin ro„y
bergan emish. Bu kabi da'volar tarixiy haqiqatdan yiroq ekanligi o„z-o„zidan rav-
shan, biroq tarixni qadimiylashtirishga urunish kasali hamon davom etmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida milliy tarixlar tarixshunosligi masalasi ham
bugungi kunda bir qator muammolarni o„rtaga qo„ymoqda. Qo„shni qardosh
xalqlar tarixini yaratish jarayonida haqqoniy tarixni tiklashga urinish bilan barobar
ayrim matodologik noto„g„ri yondashuvlar ko„zga tashlanmoqda. Bularning
asosida ayrim olingan xalqlarni, ularning davlatchiligi tarixini mubolag„a
darajasida, xatto besh ming yillik qadimiy qilib ko„rsatish, tarixiy hudud, madaniy
ustunlik, haqidagi da'volar, ayrim o„rinlarda mifologik tasavvurlarga haqiqiy tarix
“kiyimini kiygazish” (O„g„izxon boshchiligidagi “Anau imperiyasi” kabi) va
boshqa metodologik og„ishlar yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |