398
7.O’qituvchi nutq madaniyatiga alohida e’tibor qaratishi lozim, uning nutqi
quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi kerak: turli sheva so’zlardan holi bo’lib,
faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o’qituvchining nutqi sodda, ravon, tushunarli bo’lishi;
hikmatli so’zlar, ibora va maqollar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli foydalana olishi
lozim. Jargon( muayyan kasb yoki sohaga oid so’zlar), varvarizm (muayyan millatga
oid so’zlarni noo’rin qo’llash), vulgarizm (haqorat qilish, so’kinish so’zlar),
konselyarizm(o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) kabi
norasmiy so’zlardan holi bo’lishlari kerak. Chunki ta’lim berayotgan o’quvchilari ham
o’qituvchisdan o’rnak oladi va shu narsalarni to’g’ri deb hisoblay boshlaydi.
8.O’qituvchining kiyinish madaniyati o’ziga xos bo’lishi, ya’ni sodda, ozoda,
bejirim kiyinishi,ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchini diqqatini tez jalb qiluvchi turli
xil bezaklardan foydalanmasligi talab etiladi.
[2]
O’qituvchilarga barcha mas’uliyatni yuklayotgan bir paytda shuni ham aytib
o’tish joizki, tarbiya jarayonida ota-onaning roli ham beqiyosdir. O’qituvchilar
maktabda tarbiya bersalar,ota-onalar uyda davom ettirishlari kerak, ya’ni bu jarayonga
ikki taraf ham birdek mas’uldirlar, shunda natija bo’ladi. Aynan shu mavzuda birinchi
prezidentimiz I.Karimov ham fikr bildirganlar: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa
ta’limdan ajratib bo’lmaydi - bu sharqona qarash, hayot falsafasi. Ana shu oddiy
talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizning mustaqil va keng fikrlash
qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish -
ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifai bo’lishi lozim”.
Dars jarayonidagi asosiy masalalardan biri bu - o’qituvchi va o’quvchi
o‘rtasidagi munosabat. O’qituvchi o’quvchilar bilan shunday aloqa o’rnatishi kerakki,
bunda ular fanni ham o’qituvchini ham hurmat qilishlari kerak. Darsni diqqat bilan
kuzatishlari kerak. Qaysi o’qituvchi qattiqqo’l bo’lsa o’sha o’qituvchining fani
tayyorlanadi kabi fikrar eski tushuncha, hozirgi kunda o’quvchilarga qattiqqo’llik qilib
bilim berish samara bermaydi, bu holatda birinchi o’rinda o’quvchilar bilan bo’lgan
munosabat salbiy tarafga o’zgaradi, muvozanat yo’qoladi va o’quvchilar topshiriqlarni
ko’r-ko’rona bajarib keladilar, tanbex eshitmaslik uchun yoki yomon baho olmasliklari
uchun bir-birlaridan ko’chirib ham kelishlari mumkin. Natijada ta’lim samaradorligiga
putur yetadi va fan o’zlashtirilmay qoladi. Shunday ekan o’qituvchi o’z ustida ko’proq
ishlashi, darsni jamiyatimizdagi har bir yangilik bilan bog’lab, qiziqtirib, mazmunli
o’tishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: