388
ФИО автора:
Nozima Hasanova
Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi
Название публикации:
«USMON AZIM SHE'RIYATIDA OKKAZIONAL
SO'ZLAR VA ULARNING ISHLATILISHI»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada,tengsiz ijod egasi,"O'zbekiston xalq shoiri" Usmon
Azimning ijodida uchraydigan okkazionalizmlar haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar:
okkzional ma'no,uslub,neologizmlar,til xususiyatlari,ohoriylik
O'zbek shoirlari orasida shunday ijodkorlar borki, ularning she'rlari uni o'qigan
she'rxonga juda tez ta'sir etadi,qalbiga tez kirib boradi.Ana shunday qanchadan
qancha betakror she'rlar
muallifi,o'zbek she'riyatining ufqini kengaytirgan
ijodkorlardan biri Usmon Azimovdir.
Mustaqillik davri o'zbek she'riyatining porloq quyoshi hisoblangan Usmon Azim
ijodiga nazar tashlar ekanmiz,she'rlaridagi isyonkorlik,boshqa ijodkorlarga
o'xshamagan o'ziga xos tuyg'u,o'ziga xos ruh yetakchi ekanligiga guvoh
bo'lamiz.Aynan uning she'rlari she'riyatimiz ufqini kengaytirgan har jihatdan mag'zi
to'q she'rlardir.Ijodkorning barcha asarlari o'zining turli mavzularni qamrab
olganligi,xalq og'zaki ijodi unsurlariga boyligi va inson qalbida ajoyib tug'yon uyg'ota
olishi bilan salmoqli va qadrlidir.Shoirning har qanday mavzudagi xoh tabiat ,xoh
inson,xoh Vatan ,xoh ijtimoiy mavzulardagi she'rlari bo'lsin,ularda she'rxonni o'ziga
muhayyo qilguvchi ajib sehr bordek,go'yo.
Usmon Azimning she'rlarining tili shirali,uslubi ham ayrichadir.She'rlarida
qo'llanadigan metaforalar,o'xshatishlar,jonlantirishlar-barchasi
o'zgacha.Ayniqsa,shoir she'rlarida okkazionalizmlarning juda ko'p o'rinlarda
ishlatilishiga guvoh bo'lamiz.Aynan shoir,yozuvchilar ijodida uchraydigan bu termin
she'rda yangicha ma'no ,yangicha shakl kasb etadigan so'zga nisbatan
qo'llaniladi.Ba'zi manbalarda okkazionalizm neologizm(yangi paydo bo'lgan so'z)ning
389
bir ko'rinishi deb ham qaraladi.Biror bir asar muallifi tomonidan ma'lum stlistik
maqsad bilan yaratilgan, lekin keng tarqalish imkoniyatiga ega bo'lmagan ,tilning
lug'at tarkibiga kirmagan so'zlar okkazionalizmlardir.Okkazional (lotincha-
"occasionalis"-tasodifiy) umum tomonidan qabul qilingan,qo'llashga mos
kelmaydigan ,individual xususiyatga ega bo'lgan,maxsus konteksga bog'liq
bo'lmagan degan ma'nolarni bildiradi.
Okkazionalizmlarni yaratish har bir shoirning mahoratiga,qobiliyatiga bog'liq.Usmon
Azim
she'rlaridagi:temirbilak,og'izlik,kurashli,kelishsiz,telbahol,irmoqlanib,hechsizlik,chizill
ovuq,barglik,osmonsiz
dunyo,siynaband,yulduzbarpo,hamqismat,yulduzzor,ichkarim,pokzod,so'zdoshim,ah
ddoshim,qalbdosh,qurdosh,hukmfarmo,semurg'lik,xazonvor,mengzovchi,nurzor,telb
avor,eshikxona,so'zbozlik,tanaffussiz hayot,titranuv kabi ohoriy okkazionalizmlarni
uchratamiz., Masalan,shoir "Sog'inch"nomli to'plamidagi bir she'rida:
Sevgimiz o'ldimi-libosingiz ko'k,
Ko'nglingiz begulxan,ko'zingiz becho'g'
Bizdan borish yo'qdir-sizdan kelish yo'q
Kelishsiz dunyoda beg'am ,azizim
Nega ko'zlaringiz benam ,azizim-degan misralarni yozadi.Ushbu parchadagi
Do'stlaringiz bilan baham: