FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –
Toshkent, 29-dekabr, 2020. (https://uzlidep.uz/uz/news-of-uzbekistan/7998)
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni // qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son
3. Boshlang`ich ta’lim konsеpsiyasi// “Boshlang’ich ta’lim, 1998 -yil, 6 –son.
4. Yoqubov Sh., Mustafoqulov. R Grammatik o‘yinlar orqali o‘quvchilarni
faollashtirish// Yigirma birinchi asrda o‘zbek tili ta`limi masalalari.-T.: Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.
377
ФИО автора:
Usmonov Saidjon Abdusubxon o'g'li
Farg'ona Jamoat Salomatligi tibbiyot instituti “Biofizika va axborot texnologiyalari”
kafedrasi biofizika fani o'qituvchisi
Название публикации:
«YARIMO’TKAZGICH MODDALARNINH
ELEKTROFIZIK XOSSALARI»
Annotatsiya:
Bugungi kunda fan va texnika sohasida eng tez taraqqiyot
qilayotgan
fan-bu
yarimo’tkazgichlari
fizikasi
fanidir.
Bunga
sabab,
yarimo’tkazgichlar fizikasi fani asosida ishlab chiqariladigan yarimo’tkazgichli
asboblarning
inson
faoliyatini
barcha
sohalarida-tibbiyotdan
to
kosmik
tadqiqotlargacha keng qo’llanishidir. Bunday tez taraqqiyotga yarimo’tkazgichli
materiallarning fizik xossalarini uzoq va chuqur tekshirishlar olib keldi. Hozirgi
maqola aynan shu haqda.
Kalit so’zlar:
yarimo’tkazgichlar, qattiq jismli elektron asboblar, elektrik
o’tkazuvchanlik, kontsentratsiya, fizik jarayonlar, yarimo’tkazgich asboblar fizikasi,
integral mikrotuzilmalar, mikroelektronika, yarimo’tkazgich tuzilmalar texnikasi,
dielektriklar, asbobsozlik, radiotexnika va mikroelektronika
Hamma zamonaviy qattiq jismli elektron asboblarning asosi o’ziga xos
xususiyatlarga ega yarimo’tkazgich materialdir. Yarimo’tkazgichlar-moddaning
ajoyib turi bo’lib, ular o’ziga xos xossalari bilan boshqalardan yaqqol ajralib turadi.
Shu bilan birga yarimo’tkazgichlarning o’ziga xos muhim xususiyatlaridan biri elektrik
o’tkazuvchanligining ulardagi kirishmalarning turi va kontsentratsiyasiga nihoyatda
sezgirligidir.
Yarimo’tkazgichlarning yana bir muhim xususiyati - ular elektrik
o’tkazuvchanligining temperaturaga o’ta sezgirligidir. Bu yarimo’tkazgichlar
o’zlarining xilma-xil xossalari bilan bir-birlaridan ancha farq qiladilar. Shuning uchun
ham turli maqsadlar uchun turli yarimo’tkazgichlar qo’llaniladi. Biroq, hozirgi zamon
texnikasida asosan bir necha xil yarimo’tkazgichlar keng ishlatilmoqda.
378
Yarimo’tkazgichli asboblar shunday katta tezlikda rivojlantirilmoqdaki, bugungi
tasavvur va yutuqlar bir necha yildan so’ng eskirib qolmoqda. Shu sababli,
yarimo’tkazgichli asboblarda ro’y beruvchi fizik jarayonlarni bilish ahamiyatga egadir.
Bu esa mutaxassislarning yangi usul va tamoyillarni mustaqil o’rganishga imkon
beradi.
Ma’lumki elektron asboblarning biror sohada samarali qo’llanilishi va ulardan
foydalanish ushbu asboblarning ishlash tamoyillarini, asosiy ko’rsatkichlari va
tavsifnomalarini, shuningdek tayyorlash usullarini bilmasdan mumkin emas. Shu
yonalishda fizikaning mos fanlari mavjud: yarimo’tkazgichlar va yarimo’tkazgich
materiallar fizikasi, yarimo’tkazgich asboblar fizikasi, integral mikrotuzilmalar,
mikroelektronika,
yarimo’tkazgich
tuzilmalar
texnikasi
va
boshqalar.
Tayyorlanayotgan mutaxassisning yo’nalishiga bog’liq holda turli oliy o’quv yurtlari
kafedralarining ishchi dasturlarida u yoki boshqa fanga turlicha soatlar ajratiladi.
Ammo hamma zamonaviy qattiq jismli elektron asboblarning asosi o’ziga xos
xususiyatlarga ega yarimo’tkazgich materialdir. Shuning uchun ham ushbu fanni
o’qitishga katta e’tibor qaratiladi.
Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi hozirgi zamon fizikasining eng
asosiy qismi bo’lib, uning yutuqlari asosida asbobsozlik, radiotexnika va
mikroelektronika sohalari rivojlanadi. Yarimo’tkazgichlar elektr o’tkazuvchanligi
bo’yicha metallar bilan dielektriklar oralig’idagi moddalar guruhiga kiradi va T=0 da
ularning valent zonasi elektronlar bilan band bo’lib ta’qiqlangan zonasining kengligi
katta emas (
1eV). Atom elektron buluti bilan o’ralgan yadrodan tashkil topgan. Yarim
o’tkazgichlarga shunday materiallar kiradiki, ularning xona haroratidagi solishtirma
elektr qarshiligi 10
-5
dan 10
10
om sm gacha bo’ladi. (yarim o’tkazgichli texnikada 1 sm
3
hajmdagi materialning qarshiligini o’lchash qabul qilingan). Juda ko’p hollarda
kremniy, arsenid galliy, selen, germaniy, tellur va har xil oksidlar, sulfidlar va karbidlar
kabi yarimo’tkazgich materiallardan foydalaniladi. Yarim o’tkazgich materiallarining
elektrofizik xususiyatlarini o’rganish asosida yangi fizik asboblar yaratish imkoniyati
tug’iladi. Ayniqsa, qattiq jismlar fizikasining yarim o’tkazgichlar fizikasi qismini
379
o’rganadigan materiallar asosida hozirgi zamon talablariga javob beradigan fizik
asboblar va qurilmalar yaratilmoqda. Elementar yarimo’tkazgich bo’lgan kremniy va
germaniy elementlaridan, shuningdek murakkab strukturali yarimo’tkazgichlar
xususiyatlarini o’rganish, ularning tashqi ta’sir ostida xususiyatlari o’zgarishini
kuzatish orqali ham kerakli xossalarga ega bo’lgan asboblar yaratish imkoniyati
tug’iladi. Yarimo’tkazgich bo’lmish kremniyda erkin zaryad tashuvchilar (elektronlar
va kovaklar) konsentrasiyasi (p,n), harakatchanlik ( µ
n
, µ
p
) ni o’lchashning bir qancha
usullari mavjud. U yoki bu usulning qo’llanilishi ularning meterologik tavsifiga,
o’lchanayotgan kattaliklarni tushuntirish ma’lumotlarga boyligi, o’lchash usullarining
fizik asoslari, namunaning elektrofizik xossalari, geometrik shakli va o’lchamlariga
bog’liq. Bularning hammasi Xoll effektiga asoslangan usuldir. Bu usul bilan kremniy
namunasidan pmp ni o’lchashdan tashqari, elektr o’tkazuvchanligini ham aniqlash
mumkin.
Yarimo’tkazgichli materialni parallellopiped shaklida qirqib olinadi va uning
sirtiga qo’yilgan elektrodlar orqali o’zgarmas tok o’tkaziladi. Buning natijasida yarim
o’tkazgich ichida zaryadli zarralarning tartibli harakati yuz beradi. Tok o’tayotgan
sirtlarga perpendikulyar yo’nalishda o’zgarmas magnit maydoni qo’yiladi va har xil
ishorali zaryadli zarralar ushbu maydon ta’sirida o’z harakat yo’nalishlarini
o’zgartiradi. Natijada parallellopiped shaklidagi yarim o’tkazgichning qarama-qarshi
sirtlarida musbat va manfiy ishorali zaryadli zarralar yig’ilib qoladi va bu sirtlar orasida
potensiallar farqi yuzaga keladi. Yarim o’tkazgichlar kattaliklarini o’lchash paytida
olinadigan natijalar xatoligi kam bo’lishi uchun yarim o’tkazgichga qo’yilgan
o’zgarmas magnit maydonining qiymati juda katta bo’lishi lozim. Aks holda, zaryadli
zarrachalarning magnit maydonda burilishi juda kam bo’ladi va hosil bo’ladigan
potensiallar farqini o’lchashda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
П.А. Тишкин Экспериментальные методы ядерной физики. ЛГУ. 1970.
2.
П.Э. Колпаков Основы ядерной физики. М. 1969.
3.
Наумов А.И. Физика атомного Ядра и элементарных частиц. М. 1983.
380
4.
Zaynobiddinov S. Z., Teshaboev A.‖Qattiq jism fizikasi‖. Tashkent: Moliya,
2001
5.
A.B.Xolikulov, T.M.Muminov, SH.X.Xushmurodov. Yadro va zarralar
fizikasi. Samarkand, 2001 y.
381
Do'stlaringiz bilan baham: |