Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – 
Toshkent, 29-dekabr, 2020. (https://uzlidep.uz/uz/news-of-uzbekistan/7998)
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni // qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son
3. Boshlang`ich ta’lim konsеpsiyasi// “Boshlang’ich ta’lim, 1998 -yil, 6 –son.
4. Yoqubov Sh., Mustafoqulov. R Grammatik o‘yinlar orqali o‘quvchilarni 
faollashtirish// Yigirma birinchi asrda o‘zbek tili ta`limi masalalari.-T.: Alisher Navoiy 
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.


377 
ФИО автора:
Usmonov Saidjon Abdusubxon o'g'li 
Farg'ona Jamoat Salomatligi tibbiyot instituti “Biofizika va axborot texnologiyalari” 
kafedrasi biofizika fani o'qituvchisi 
Название публикации:
«YARIMO’TKAZGICH MODDALARNINH 
ELEKTROFIZIK XOSSALARI» 
Annotatsiya:
Bugungi kunda fan va texnika sohasida eng tez taraqqiyot 
qilayotgan 
fan-bu 
yarimo’tkazgichlari 
fizikasi 
fanidir. 
Bunga 
sabab, 
yarimo’tkazgichlar fizikasi fani asosida ishlab chiqariladigan yarimo’tkazgichli 
asboblarning 
inson 
faoliyatini 
barcha 
sohalarida-tibbiyotdan 
to 
kosmik 
tadqiqotlargacha keng qo’llanishidir. Bunday tez taraqqiyotga yarimo’tkazgichli 
materiallarning fizik xossalarini uzoq va chuqur tekshirishlar olib keldi. Hozirgi 
maqola aynan shu haqda. 
Kalit so’zlar: 
yarimo’tkazgichlar, qattiq jismli elektron asboblar, elektrik 
o’tkazuvchanlik, kontsentratsiya, fizik jarayonlar, yarimo’tkazgich asboblar fizikasi, 
integral mikrotuzilmalar, mikroelektronika, yarimo’tkazgich tuzilmalar texnikasi, 
dielektriklar, asbobsozlik, radiotexnika va mikroelektronika
 
Hamma zamonaviy qattiq jismli elektron asboblarning asosi o’ziga xos 
xususiyatlarga ega yarimo’tkazgich materialdir. Yarimo’tkazgichlar-moddaning 
ajoyib turi bo’lib, ular o’ziga xos xossalari bilan boshqalardan yaqqol ajralib turadi. 
Shu bilan birga yarimo’tkazgichlarning o’ziga xos muhim xususiyatlaridan biri elektrik 
o’tkazuvchanligining ulardagi kirishmalarning turi va kontsentratsiyasiga nihoyatda 
sezgirligidir.
Yarimo’tkazgichlarning yana bir muhim xususiyati - ular elektrik 
o’tkazuvchanligining temperaturaga o’ta sezgirligidir. Bu yarimo’tkazgichlar 
o’zlarining xilma-xil xossalari bilan bir-birlaridan ancha farq qiladilar. Shuning uchun 
ham turli maqsadlar uchun turli yarimo’tkazgichlar qo’llaniladi. Biroq, hozirgi zamon 
texnikasida asosan bir necha xil yarimo’tkazgichlar keng ishlatilmoqda.


378 
Yarimo’tkazgichli asboblar shunday katta tezlikda rivojlantirilmoqdaki, bugungi 
tasavvur va yutuqlar bir necha yildan so’ng eskirib qolmoqda. Shu sababli, 
yarimo’tkazgichli asboblarda ro’y beruvchi fizik jarayonlarni bilish ahamiyatga egadir. 
Bu esa mutaxassislarning yangi usul va tamoyillarni mustaqil o’rganishga imkon 
beradi. 
Ma’lumki elektron asboblarning biror sohada samarali qo’llanilishi va ulardan 
foydalanish ushbu asboblarning ishlash tamoyillarini, asosiy ko’rsatkichlari va 
tavsifnomalarini, shuningdek tayyorlash usullarini bilmasdan mumkin emas. Shu 
yonalishda fizikaning mos fanlari mavjud: yarimo’tkazgichlar va yarimo’tkazgich 
materiallar fizikasi, yarimo’tkazgich asboblar fizikasi, integral mikrotuzilmalar, 
mikroelektronika, 
yarimo’tkazgich 
tuzilmalar 
texnikasi 
va 
boshqalar. 
Tayyorlanayotgan mutaxassisning yo’nalishiga bog’liq holda turli oliy o’quv yurtlari 
kafedralarining ishchi dasturlarida u yoki boshqa fanga turlicha soatlar ajratiladi. 
Ammo hamma zamonaviy qattiq jismli elektron asboblarning asosi o’ziga xos 
xususiyatlarga ega yarimo’tkazgich materialdir. Shuning uchun ham ushbu fanni 
o’qitishga katta e’tibor qaratiladi. 
Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi hozirgi zamon fizikasining eng 
asosiy qismi bo’lib, uning yutuqlari asosida asbobsozlik, radiotexnika va 
mikroelektronika sohalari rivojlanadi. Yarimo’tkazgichlar elektr o’tkazuvchanligi 
bo’yicha metallar bilan dielektriklar oralig’idagi moddalar guruhiga kiradi va T=0 da 
ularning valent zonasi elektronlar bilan band bo’lib ta’qiqlangan zonasining kengligi 
katta emas (

1eV). Atom elektron buluti bilan o’ralgan yadrodan tashkil topgan. Yarim 
o’tkazgichlarga shunday materiallar kiradiki, ularning xona haroratidagi solishtirma 
elektr qarshiligi 10
-5
dan 10
10 
om sm gacha bo’ladi. (yarim o’tkazgichli texnikada 1 sm
3
hajmdagi materialning qarshiligini o’lchash qabul qilingan). Juda ko’p hollarda 
kremniy, arsenid galliy, selen, germaniy, tellur va har xil oksidlar, sulfidlar va karbidlar 
kabi yarimo’tkazgich materiallardan foydalaniladi. Yarim o’tkazgich materiallarining 
elektrofizik xususiyatlarini o’rganish asosida yangi fizik asboblar yaratish imkoniyati 
tug’iladi. Ayniqsa, qattiq jismlar fizikasining yarim o’tkazgichlar fizikasi qismini 


379 
o’rganadigan materiallar asosida hozirgi zamon talablariga javob beradigan fizik 
asboblar va qurilmalar yaratilmoqda. Elementar yarimo’tkazgich bo’lgan kremniy va 
germaniy elementlaridan, shuningdek murakkab strukturali yarimo’tkazgichlar 
xususiyatlarini o’rganish, ularning tashqi ta’sir ostida xususiyatlari o’zgarishini 
kuzatish orqali ham kerakli xossalarga ega bo’lgan asboblar yaratish imkoniyati 
tug’iladi. Yarimo’tkazgich bo’lmish kremniyda erkin zaryad tashuvchilar (elektronlar 
va kovaklar) konsentrasiyasi (p,n), harakatchanlik ( µ

, µ
p
) ni o’lchashning bir qancha 
usullari mavjud. U yoki bu usulning qo’llanilishi ularning meterologik tavsifiga, 
o’lchanayotgan kattaliklarni tushuntirish ma’lumotlarga boyligi, o’lchash usullarining 
fizik asoslari, namunaning elektrofizik xossalari, geometrik shakli va o’lchamlariga 
bog’liq. Bularning hammasi Xoll effektiga asoslangan usuldir. Bu usul bilan kremniy 
namunasidan pmp ni o’lchashdan tashqari, elektr o’tkazuvchanligini ham aniqlash 
mumkin. 
Yarimo’tkazgichli materialni parallellopiped shaklida qirqib olinadi va uning 
sirtiga qo’yilgan elektrodlar orqali o’zgarmas tok o’tkaziladi. Buning natijasida yarim 
o’tkazgich ichida zaryadli zarralarning tartibli harakati yuz beradi. Tok o’tayotgan 
sirtlarga perpendikulyar yo’nalishda o’zgarmas magnit maydoni qo’yiladi va har xil 
ishorali zaryadli zarralar ushbu maydon ta’sirida o’z harakat yo’nalishlarini 
o’zgartiradi. Natijada parallellopiped shaklidagi yarim o’tkazgichning qarama-qarshi 
sirtlarida musbat va manfiy ishorali zaryadli zarralar yig’ilib qoladi va bu sirtlar orasida 
potensiallar farqi yuzaga keladi. Yarim o’tkazgichlar kattaliklarini o’lchash paytida 
olinadigan natijalar xatoligi kam bo’lishi uchun yarim o’tkazgichga qo’yilgan 
o’zgarmas magnit maydonining qiymati juda katta bo’lishi lozim. Aks holda, zaryadli 
zarrachalarning magnit maydonda burilishi juda kam bo’ladi va hosil bo’ladigan 
potensiallar farqini o’lchashda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.
П.А. Тишкин Экспериментальные методы ядерной физики. ЛГУ. 1970. 
2.
П.Э. Колпаков Основы ядерной физики. М. 1969. 
3.
Наумов А.И. Физика атомного Ядра и элементарных частиц. М. 1983. 


380 
4.
Zaynobiddinov S. Z., Teshaboev A.‖Qattiq jism fizikasi‖. Tashkent: Moliya, 
2001 
5.
A.B.Xolikulov, T.M.Muminov, SH.X.Xushmurodov. Yadro va zarralar 
fizikasi. Samarkand, 2001 y. 


381 

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish