ФИО авторов:
Tohirova Maftunaxon Zokirjon qizi
Farg`ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti 1-kurs talabasi
Tohirov Zafarjon Zokirjon og`li
Farg`ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 2-kurs talabasi
Tohirov Husniddin Zokirjon og`li
Farg`ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 2-kurs talabasi
Название публикации:
«MUSOBAQA JARAYONIGA SPORTCHINI
PSIXOLOGIK TAYYORLASH»
Annotatsiya:
ushbu maqolada sportchilarning psixologik holatlari, musobaqa jarayonidagi
emotsional harakatlari, murabbiy va sport psixologining ushbu jarayonlarga ijobiy ta`siri tahlil
etilgan.
Kalit so`zlar:
emotsiya, lixoradka, idrok, diqqat, jangovor tayyorgarlik, apatiya, talvasa,
individuallik, texnika, taktika, qobiliyat, temperament, ko`nikma, malaka, tafakkur, xayol.
Bugungi kunda butun dunyoda sport yanada rivojlanib bormoqda. Sport davlatni tez dunyoga
mashhur qiladi.Davlat qachon dunyoga mashhur bo`la oladi sportchi g`olib bo`lsagina, sportchi
g`olib bo`lishi uchun mustahkam jismoniy tayyorgarlikka ega bo`lishi kerak, nafaqat jismoniy
tayyorgalik, balki, sportchi musobaqa jarayoniga psixologik tayyorlangan bo`lishi ham zarur bu
jarayonga sportchining murabbiysi va sport psixologining o`rni beqiyos.
Sportchining musobaqa oldi emotsional holati, musobaqaga ruhiy tayyorgarligi, uning
musobaqalarda g`olib chiqishi yoki mag`lub bo`lishi bilan bog`liq ruhiy tomonlarini tahlil qilishi
muhim xisoblanadi.
Sport musobaqalarini eng harakterli tomoni – yuksak sport ko`rsatkichiga erishish uchun katta
jismoniy va ruhiy kuch, imkoniyat va qobilyatlarni namoyon etish bilan bog`liq jarayondir.
Musobaqa davomida sport faoliyati faqat o`zaro kurash jarayoni emas, shuningdek, uning natijasi
bilan bog`liq bo`lgan yuksak emotsional ko`tarinkilik hamdir, chunki, musobaqada g`olib chiqishlik
yoki mag`lub bo`lishlikni har bir sportchi juda qattiq boshidan kechiradi. Bu xatto, uning xulq-
atvori, kishilar bilan bo`ladigan munosabatlariga ta`sir ko`rsatadi. Musobaqadan oldin va musobaqa
davomida sportchi tomonidan kechiriladigan emotsiyaning hususiyat va xarakteri, avvalo,
musobaqa darajasiga, qatnashchilar tarkibiga, sportchi oldiga qo`yilgan aniq vazifaga, uning
musobaqaga tayyorgarlik holatiga, sportchining temperamenti va boshqa individual xususiyatlariga
bog`liqdir.
382
Musobaqa darajasi haqida to`xtaladigan bo`lsak, sportchining viloyat birinchiligi bilan respublika
birinchiligiga qatnashishi o`rtasida farq bo`ladi. Agar jahon birinchiligi bo`lsa, mas`uliyat va u bilan
bog`liq emotsional kechinma ham yuqori bo`ladi.
Musobaqa qatnashchilarining oldiga qo`ygan maqsadiga qarab ham emotsional kechinmalar
turlicha bo`ladi. Birinchi o`rin uchun kurashayotgan sportchi bilan yuqori darajadagi o`ringa
da`vogar bo`lmagan sportchining hissiy kechinmasi, albatta bir xil bo`la olmaydi.
Sportchilarning musobaqa oldi emotsional holatini o`rgangan psixolog A.S.Puni uch xil holatni
ajratib ko`rsatadi.
Sport oldidagi ``Lixoradka`` – talvasa, jonsaraklik bo`lib, sportchida kuchli qo`zg`alish hosil
bo`lgan bo`ladi. Ba`zan bu holat musobaqadan bir necha kun oldin boshlanib, kechalari uxlay
olmasligi mumkin. Bu esa uning faoliyatini buzib yuborish darajasiga borishi, hissiy holati tez-tez
o`zgarib, qarama-qarshi ko`rinishlarga o`tib turishi, diqqat va hotira jarayonlarining buzilishiga olib
kelishi mumkin. Sportchi, murabbiy (trener) gaplarini eshitadi, lekin ma`nosi anglanilmaydi, ko`rib
turadi, lekin ongiga yetib bormaydi.
Sport oldi``loqaydlik`` (apatiya) holati bo`lib, bunday paytda sportchida qo`zg`atuvchanlik
keskin pasayib, barcha ruhiy jarayonlar bo`shashganlik, lanjlik harakteriga ega bo`ladi. Hodisa va
jarayonlarga befarq qaraydi. Idrok etish, diqqat qilish, xotiralash susayadi. Oqibatda sportchi
mashqlantirish paytida erishgan natijalarini ham takrorlay olmaydi.
``Jangovar tayyorgarlik`` holati musobaqalarda g`alabani ta`minlovchi holatlar sifatida namoyon
bo`ladi. Bu diqqatning kuchli to`planishi va uning ko`lamini ortishi, idrok va tafakkur
jarayonlarining kuchayishi, ijobiy ruhiy holatning vujudga kelishi kabi jarayonlarda ko`rinadi.
Sportchilarni musobaqa oldidan bo`ladigan kuchli hayajonlanishlarini bartaraf etish, ularga
ishonch bildirish, qo`llab-quvvatlash,ruhiy madad berish murabbiy va sport psixologining asosiy
vazifasi sanaladi.
Oliy darajadagi sport musobaqalarida, tabiiyki, sportchilarning asab qo`zg`alishi ham yuqori
bosqichda bo`lib, sportchilar ko`pincha, kuchli stress holatda bo`ladilar. Bunday paytda murabbiy
yoki sport psixologining ``ko`zingni yum, hech narsani o`ylama, o`zingni hotirjam tut`` deb bergan
maslahatlari natija bermasligi mumkin. Buning uchun sportchilar musobaqadan avval mahsus
mashqlar bilan ishlashga o`rgatilishlari zarur. Shu maqsadda ko`pincha, g`olib bo`lgan mamlakat
383
sport psixologlari, sportchilarni o`z diqqat e`tiborlarini kerakli paytda maxsus to`play olishga
o`rgatadilar (konsentratsiya).
Sportchilarning mashg`ulotlarga qiziqishlarini o`stirish, musobaqalarda g`oliblik shohsuppasiga
ko`tarilishlari uchun quyidagilarga e`tibor berishlari zarur:
1. Murabbiy sport mashg`ulotlari jarayonida sportchilar oldiga mashqlar bilan bog`liq bo`lgan
muammoli masalalarni qo`yishi va bu muammoli masalalarni yechishda har bir sportchi mustaqil
izlanishga odatlantirilishi lozim. Natijada sportchi musobaqalarda yuqori ko`rsatkichlarga
erishishda yuqori ehtiroslilik bilan yangi taktik musobaqalashish uslublarini izlaydi va
qiyinchiliklardan qo`rqmaydigan bo`ladi.
2. Murabbiy sport mashg`ulotlarini va sport o`yinlarini qiziqarli tashkil etsa, mashg`ulotlarda
shogirdlarini zeriktirib yoki charchatib qo`ymasa, sportchilarning o`zlari o`rganayotgan har bir
mashq turining musobaqalar jarayonida umuman kelajak faoliyati uchun muhim ekanligini tushunib
oladi.
3. Sport mashg`ulotlari jarayonida o`rgatilayotgan mashqlar haddan ortiq yengil yoki qiyin bo`lsa,
sportchilardagi mashg`ulotlarga qiziqishni pasaytirib yuboradi. Buning uchun murabbiy
shogirdlarining yoshi, kuchi, qobiliyatiga qarab mashqlar tanlashi, ularning jismoniy sifatlarini
ko`proq kuzatib borishi, baholashi, tekshirishi sportchilarni bajaradigan mashqlarga qiziqtira olishi
lozim.
4. Murabbiy shogirdlarining yetuk sportchi bo`lishi to`g`risida qancha ko`p qayg`ursa, g`amho`rlik
qilsa, o`quv va sport jarayoniga nisbatan kuchli hissiyot uyg`otsa, shogidlarida sportga bo`lgan
qiziqish shunchalik bo`ladi.
Sportchilarni musobaqa jarayonida g`alabaga erishishlari uchun quyidagi usullardan foydalanish
yaxshi natija beradi:
1. Sportchi diqqatini boshqarish.
Sportchi kuchli hayajonda bo`lganligi bois, musobaqa jarayonida sodir bo`layotgan, ko`pgina
voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini diqqat bilan bartaraf qilishda qiyinchiliklarga
384
uchraydi. Masalan: sportchi ketma-ket zarbani qo`yib yuborishi sababli, hujumdan ko`ra ko`proq
himoyaga o`tadi va undan diqqat bilan turli xil jangovar usullardan yaxshiroq foydalanish usullari
pasayib ketadi, jang olib borishda raqibning zaif, himoya usullarini aniqlash hislatlari susayadi,
raqib imkoniyatlari, harakatlari, to`g`risida vaqtida yetarli ma`lumotlar ololmaydi. Aniq vaziyatni
hisobga olib fikran jang rejasini tuzishda, mustaqil bir qarorga kelishda qiynaladi. Shuning uchun
sportchilar bilan diqqatni murakkab vaziyatlarda ham aniq zaruriy obyektga to`plash va
yo`naltirishga yordam beradigan har xil mashqlar o`tgazish orqali ularda o`z diqqatini boshqarish
malakalarini rivojlantirish zarur.
2. Hissiy obrazlar vositasida fikrlash.
Sportchi bu usul yordamida bo`lajak musobaqada o`z harakatlarini xayolan obrazlar vositasida
tafakkurida mushohada etib, fikran tasavvur etadi, mashq qiladi. Natijada sportchi xayolan mashq
qilgan harakatlarini musobaqa jarayonida (amalda) tez, shiddatli, yuqori darajada aniq bajarish
imkoniyatiga ega bo`ladi, o`z harakatlarining boshlanish, o`rta va keyingi qismlarini izchilligini
saqlagan holda bir necha obrazlarda xayolan takror va takror ishlab chiqadi. Sportchi fikran oddiy
hissiy obrazlardan murakkab obrazlarga o`tadi. Bu obrazlar real hayotda, sport amaliyotida
jismoniy mashqlar va musobaqa jarayonida kuzatilgan, orttirilgan tajribalarga ko`ra mushohadalar
natijasida yuzaga keladi. Jumladan, qachondir qozonilgan g`alaba o`rganilayotgan yangi rekord
yoki muddatidan oldin o`z raqibi ustidan g`alaba to`g`risidagi turli aniq-tiniq obrazlar yordamida
fikran mashq qilish ham sportchining musobaqalarda g`oyat aniqlik bilan harakat qilishini
ta`minlaydi.
3. Ta`sirli so`zlar orqali o`zini ishontirish sport mashg`uloti va musobaqa jarayonida murabbiy va
boshqa kishilarning ta`sirli so`zlari yordamida ham sportchilarda dadil harakatlarnish holati
vujudga keladi. Sportchi sha`nini ulug`laydigan, olqishlaydigan, faol harakatga undaydigan ta`sirli
so`zlar uni ruhini ko`taradi va tetiklashtiradi. Natijada sportchi o`zini bardam tutib, raqibiga bo`sh
kelmay qat`iy harakat qiladi, g`alaba qilishga intiladi. Chunki ta`sirli so`z inson asab tizimiga
ijoboy ta`sir etib, psixofiziologik jarayonlarni vujudga keltiradi. Bu holat miyaning tormozlanish va
385
qo`zg`alish qonuniyatlariga muvofiq miya katta yarim sharlari po`stlog`idagi to`qimalarda
bo`ladigan muayyan o`zgarishlar natijasida sodir bo`ladi.
Sportchilarni musobaqaga ruhiy jihatdan tayyorlashda ularga yaqin kunlarda bo`ladigan
musobaqa to`g`risida aniq va xolis ma`lumotlar berib borish ham muhim o`rin tutadi. Chunki
sportchining bo`lajak musobaqani o`tkazish joyi, vaqti, muhit, sharoit, obyektiv va subyektiv
munosabatlar, musobaqa qatnashchilarining tarkibi, raqib jamoalar tarkibi, asosiy raqiblar, alohida
raqib sportchining individual xususiyatlari, jismoniy, ruhiy, taktik, irodaviy tayyorgarlik, alohida
raqib yoki raqib jamoa a`zolarining qanday imkoniyatlarga ega ekanligi to`g`risida axborotlar olishi
musobaqaga ruhiy va jismoniy tayyorgarligini oshirishda, bo`lajak musobaqaning rejasini tuzishda
muhim omil hisoblanadi. To`g`ri bo`lajak musobaqaning hamma jihatlarini mayda-chuydasigacha
bilib olish juda qiyin. Shunday bo`lsa-da, sportchi uchun bo`lajak musobaqaning ayrim muhim
tomonlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`lish ham muvaffaqiyat keltirishda yordam beradi.
Ba`zan sportchi musobaqa haqida aniq ma`lumotlarga ega bo`lmaganligi sababli, unda g`alabaga
ishonch o`rniga qo`rqinch, vaxima, o`ziga ishonmaslik holati paydo bo`ladi yoki g`alabaga befarq
bo`lib qoladi. Musobaqa jarayonida sportchilardagi noxushlik, bezovtalanish, tashvishlanish kabi
ruhiy holatlarni yo`qotish yoki pasaytirish uchun yuqorida nomlari ta`kidlangan ma`xsus psixologik
uslublardan foydalanish ularning musobaqalarga psixologik jihatdan tayyorgarlik holatini yanada
yaxshilaydi, g`alaba qozonishga bo`lgan ruhiy, jismoniy va taktik imkoniyatlarini oshiradi. Hatto,
ayrim murabbiylar shogirdlarini musobaqaga ruhiy tayyorlash muammosini to`g`ri hal etish
maqsadida ularning raqiblari haqida ma`lumotlar yeg`ib, raqibning suratini mashq qiladigan sport
zalining e`lonlar taxtasiga ilib qo`yib, tagiga yoshi, bo`yi, ma`lumoti, jismoniy tayyorgarligi, ruhiy
holati, irodaviy sifatlari, texnik va taktik mahorati, yoqtirgan kurash usullari, sportda erishgan
ko`rsatgichlarini yozib qo`yadilar. Boshqa ba`zi bir tajribali murabbiylar shogirdlariga teng
keladigan raqib obrazini yaratib, sport mashg`uloti jarayonida o`sha raqib sportchiga qarshi har xil
texnik va taktik usullar ishlatish, jumladan, raqibdan o`zini himoya qiladigan qarama-qarshi kurash
386
usullaridan foydalanish, uning zaif himoyalangan nuqtalariga zarba berish kabilar yordamida
shogirdlarini bo`lajak katta musobaqalarga jismoniy, ruhiy, taktik jihatdan tayyorlab boradilar.
Sportchilarni musobaqaga ruhan tayyorlashda ularning musobaqaga ishtirok etish motivlari,
ehtiyojlari va maqsadini aniqlash juda muhim. Chunki, motivlar sportchi ruhiyatiga ta`sir qiluvchi
asosiy omildir. ``Sportchi nima maqsadda musobaqada ishtirok qilmoqchi?``, ``Nima sababdan bu
maqsadni o`z oldiga qo`ydi?``, ``Sportchi nima uchun bunday harakatlarni bajarishga o`zini majbur
etmoqda?`` kabi savollar yechimini topa bilishi shart. Chunki, sportchining sportga bo`lgan
ehtiyojlari uning ruhiy faolligini oshiradi, qiziqishini kuchaytiradi. Aynan shu ehtiyoj tufayli
sportchi o`z raqibidan ustunlikka erishish uchun bilim, malaka va ko`nikmalarini o`stirib boradi,
xulq-atvorini shakllantirishga harakat qiladi. Aynan shu ehtiyoj sportchidan hayotining barcha
yo`nalishlarida mehnat qilishni, jamoada o`z o`rnini topishni o`zining asosiy maqsadi va burchi
bilishni taqozo qiladi.
Sportchining musobaqada g`alaba qilish maqsadi uning shiddat bilan izchil mashq qilishi,
musobaqaga ruhiy tayyorgarlik holatining yuqori darajada bo`lishi kabi omillar ta`sirida amalga
oshadi. Murabbiy g`alaba qilish uchun aniq imkoniyatlarni hisobga olish, kuchli raqiblar bilan juda
ehtiyot bo`lib bellashish, mehnatsiz maqsadga erishish muhim emasligi kabilar haqida tushuntirish
ishlari olib borishi lozim. Shogirdini har qanday sharoitda ham o`zining kuchiga qattiq ishonch
hosil qilgan holda musobaqaning oxirgi daqiqalarigacha g`alaba qilish uchun barcha ruhiy va
jismoniy imkoniyatlaridan foydalanishga o`zini majbur etishga o`rgatishi kerak. Bu, albatta
sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashga ko`p jihatdan bog`liq.
Sportchilarni musobaqalarda yutib chiqishlari uchun ruhiy tayyorgarliklarga shuni ham
kirgizishimiz mumkin, ya`ni musobaqa bo`ladigan joy haqida to`liqroq ma`lumot berish, raqibining
imkoniyat darajasini va unga qarshi qo`llay olishi mumkin bo`lgan texnik hamda taktik tayyorgarlik
xolatlari haqida batafsilroq ma`lumotlar berish.
Yana shuni ham alohida ta`kidlash joizki har bir sportchini o`ziga hos individual
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, tayyorgarlik ko`rgizish talab etiladi, sababi, bir sportchiga
387
ko`rsatilgan psixologik yordam yoki tavsiya boshqa bir sportchiga tushmasligi ham mumkin. Bunda
umumiylik hamda individuallikni inobatga olish kerak bo`ladi.
Har bir inson, shu jumladan sport sohasida ham, shuni unutmaslik kerakki, qachon
muvaffaqiyatlarga erishish osonlashadi, tinimsiz mehnat bilan bir qatorda, shu ishni xayotining bir
bo`lagi darajasiga olib chiqish. O`z shug`ullanayotgan sport soxalarini yoqtirgan sportchilar orasida
chempionlar juda ko`p uchraydi.
Sportchini musobaqa jarayoniga tayyorlashda bevosita uning individual hususiyatlari,
temperamenti ham inobatga olinadi.
Musobaqa jarayoniga sportchini ruhiy tayyorlashda irodani mustahkam qilib, shakillantirishning
ham alohida o`rni bor. Har qanday xolatda ham zarbalarga bardoshli bo`lib, to`siqlarni yengib
o`tishda iroda muhim ahamiyat kasb etadi. Irodani har bir sportchida bosqichma-bosqich
shakllantirilib boriladi. Erta uyqudan uyg`onish, uyga berilgan vazifalarni to`liq va to`g`ri
bajarilayotganini sport murabbiysi tomonidan nazorat qilib borilishi, to`g`ri bajarilganda
rag`batlantirilishi, bu o`z navbatida sportchining o`z kuchiga ishonishini shakillantiradi. Bu o`z
navbatida musobaqa jarayonida sportchidagi talvasa, qo`rquvni yengishga o`rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |