Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1)Tashanov K. Milliy xarakter va badiiy tarjima. –Toshkent: Fan va texnologiya, 
2015. 
2)Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. –Toshkent, 2002. 
3)Ma’mbetov Q.I.Yusupov poemalari. –Nokis: NMPI kishi tipografiyasi, 2005. 
4)O’zbekiston milliy ensiklopediyasi(2000-2005) 


314 
ФИО автора:
Bustonov Jamol Nusratullayevich 
Jizzax DPI magistranti 
Название публикации:
«BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIJISMONIY 
TAYYORDARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA XARAKATLI O’YINLARNI 
QO’LLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH» 
Annotasiya:
Ushbu maqolada ommaviy sportni yanada rivojlantirishda milliy halq 
o’yinlari orqali hayotga katta umid bilalan kirib kelayotgan yoshlarni zararli 
odatlardandan asrash, ularga o’z qobiliyat va iste’dodlarini ro’yobga chiqarishlari
masalalarini eng muhim muammolari haqida amaliy va nazariy ma’lumotlar tahlil 
qilingan.
Kalit so’zlar:
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni 
ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari 
cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish 
hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash 
borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini 
mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni 
sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport 
turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy 
terma jamoalarni shakllantirish va trenyerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar 
yaratish zarurati mavjud. 
Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda 
jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va 
sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni 
belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar 
va usullarni joriy etish maqsadida: 
1. Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025-yilgacha 
asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: 
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining 
umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan 
yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish; 
davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, 
xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish; 
joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning 
samarali va shaffof to‘rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika 
tizimini ishlab chiqish va joriy etish; 


315 
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport 
maktablari o‘quvchi-sportchilari o‘rtasida “Bolalar sport o‘yinlari”ni o‘tkazish orqali 
iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy 
ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar sport o‘yinlari”ni tashkil etish 
natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish; 
aholining keng qatlamlari, jumladan umumta’lim maktabi o‘quvchilari, 
professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida jismoniy 
tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumta’lim 
maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko‘rik-
tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o‘tkazish tizimini 
ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta’lim 
maktabi, professional va oliy ta’lim muassasasi nominatsiyasini joriy etish; 
2020-yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, 
“Save Aral” xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli 
o‘tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish; 
aholining barcha qatlamlari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” 
sinovlarini o‘tkazishni joriy etish; 
sport turlari bo‘yicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks 
laboratoriyalar 
tashkil 
etish, 
tayyorgarlik 
jarayoniga 
ilg‘or innovatsion 
texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik 
ta’minotni yo‘lga qo‘yish; 
sport turlari bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan hududiy terma jamoa a’zolarini 
hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining o‘smirlar bo‘limlarida va undan 
katta yoshdagi hududiy terma jamoa a’zolarini tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy 
poliklinikalarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib 
borish mexanizmini joriy etish; 
2020-yil 1-fevraldan boshlab bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari 
bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimini joriy 
etish; 
qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini 
ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish; 
O‘zbekiston sport delegatsiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli 
tayyorlash bo‘yicha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik 
markazini tashkil etish; 
xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan 
samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari”ni yo‘lga qo‘yish, “Sport Visa” 
qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizasini joriy etish; 
sport sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish, shu jumladan sport 
tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilash; 
sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo‘shimcha moliyalashtirish 
tizimini kengaytirish; 
huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tizimidagi ta’lim 
muassasalari, jumladan “Temurbeklar maktabi” o‘quvchi-talabalari uchun “Armiya 
o‘yinlari” dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar va 
to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish; 


316 
milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, ularni Osiyo va 
Olimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga 
oshirish. 
2. Quyidagilar: 
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq; 
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq; 
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-
ilovaga muvofiq; 
Respublika tuman (shahar)larni ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport 
turlariga ixtisoslashtirish ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
Yurtimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga
oshirilmoqdaki, undan ko’zlangan maqsad o’sib ulg’ayib kelayotgan yoshlarni 
barkamol shaxs qilib tarbiyalashdir. Barkamol avlod tarbiyasiga qo’yiliyotgan talablar 
birinchi navbatda kattalar zimmasiga mas’uliyat yuklaydi. Ota-ona, tarbiyachi, 
o’qtuvchilar yshlar tarbiyasiga juda ziyraklik bilan yondashib ularning mayli, qiziqishi, 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda ma’lum bir to’garaklarga qatnashtirib, ularga to’gri 
yo’lni ko’rsatib turish kerak.
Dars jarayonlarida faol ishtirok etishi uning diqqati, irodasi, tafakuri, idroki, 
qobilayati, tuyg’ulari bilan holda kechadi. Ularni to’liq namoyon qilishning bitta sharti, 
o’quvchilarni sog’lom turmish tarziga odatlantirishdir. Sog’lom turmush tarsi esa 
jismoniy harakatlarda amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishda 
quyidagi asosiy vazifalarni nazarda tutish lozim: 
1. O’quvchilarning jismoniy barkamolligiga salomatligining yaxshilashi, chiniqishi, 
tana a’zolari va umumiy ish qobiliyatining o’sishga yordam berish.
2. O’quvchilarda har xil sharoitda erkin harkat qilish imkonini beradigan bilim va 
kerakli harakat malakalarini hosil qilish.
3. O’quvchilarda hayotiy faoliyatda yordam beradigan aqliy va iroda sifatlarini tarkib 
toptirish.
4. Oquvchilarni turliy o’yinlar va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, tartibga rioya 
qilishga odatlantirish. 


317 
5. Oquvchilarda harakatli o’yinlarni mustaqil holda tashkil etish va o’tkazish uchun 
zarur bilim va malakalar hosil qilish. 
Harakatli o’yinlar o’tkazishda o’qituvchining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi 
vazifasi katta ma’suliyat talab qiladi. Bu ikki vazifa bir-biri bilan chambarchas bog’liq. 
O’yinlar avvalo to’ri tanlanishi, ular bolalarda do’stlik, jamoatchilik, vatanparvarlik 
hislari, ijtimoiy- foydali mehnatga ongli munosabatni shakillantiradigan tarzda tashkil 
qilinishi va o’tkazilishi kerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sog’lom turmush tarziga odatlantirishda, jismoniy 
tarbiya darslarining o’rnini alohida qayt qilish zarur. Boshlang’ich ta’limda jismoniy 
tarbiya darslarini tashkil qilishda milliy harakatli o’yinlar bizning nazarimizda 
muhimdek ko’rinadi.

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish