Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

 


308 
References 
1.
Krashen, S. Second language acquisition and second language learning. Oxford: 
Oxford University Press 
2.
Ingvarson, L. (2003). Getting professional development right. Proceedings of 
2003 ACER Research Conference. Melbourne: ACER. 
3.
Krashen, S., & Terrell, T. The natural approach: Language acquisition in the 
classroom. Oxford: Pergamon. 
4.
P., Santhosh & Meenakshi, K.. (2014). Innovative methods for teaching English 
as 

second 
language 
for 
higher 
secondary 
students.. 
https://www.researchgate.net/publication/281457934_Innovative_methods_for
_teaching_English_as_a_second_language_for_higher_secondary_students/cit
ation/download
 


309 
ФИО автора:
Nurmanova Gu’lsa’wir 
36-sonli maktab o’qituvchisi
Название публикации:
«IBROYIM 
YUSUPOV VA TO’LEPBERGEN 
QAIPBERGENOVNING HAYOTI VA IJODI» 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada adiblarimiz 
Ibroyim Yusupov va 
To‘lepbergen 
Qaipbergenovning biografiyasi, hayoti, ijodi, yozgan she’rlari, asarlari va ulardan 
namunalar keltirib o’tilgan 
Kalit so’zlar:
biografiya, muharrir, to’plam, poema, poligrafiya, dramaturgiya
Ibroyim Yusupov(1929-2008)ijodi ХХ asrning ikkinchi yarmi-ХХI boshlaridagi 
qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi. Ibroyim Yusupov 1929-
yili Chimboy tumanidagi Ozod qishlog’ida tavallud topgan.1949-yil Qoraqalpoq 
davlat pedagogika institutini bitirgach, 1961-yilgacha shu oliy dargohda o’qituvchi 
bo’lib ishlagan. 1961–1962 yillarda “Amudaryo” jurnalining bosh muharriri, keyingi 
uch yil mobaynida Najim Dav-qoraev nomidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 
1965–1980 yillarida Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasining raisi, 1980–1988 
yillarda “Erkin Qoraqalpog’iston” (sobiq “Sovet Qoraqalpog’istoni”) gazetasida bosh 
muharrir, shuningdek, keyingi yillarda Tinchlik qo’mitasining Qoraqalpog’iston 
bo’limiga (1988–1994), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga (1994–2000) 
raislik qilgan.
Dastlabki sheʼrlari 20-asr 40-yillarining oʻrtalarida eʼlon qilina boshlagan.
Bolaligida qoraqalpoq xalq og’zaki ijodi namunalarini, Sharq adabiyotlari hamda 
mumtoz adabiyotimiz namoyandalarini, talabalik yillarida esa rus va jahon adabiyoti 
durdonalari bilan yaqindan tanishib, ularning asarlaridagi badiiyat sirlarini qunt bilan 
o’rganib, o’zining ilk asari “Vatanim” she’rini e’lon qiladi.
30 dan ortiq sheʼriy va 
nasriy toʻplamlari bor.
So’ngra 1946-yildan boshlab, shu bugungacha “Baxt lirikasi” 
(1955), “Kunchiqar yo’lovchisiga” (1959), “O’ylar” (1960), “Yetti navo” (1962), 
“Dala orzulari” (1966), “Ko’ngil ko’ngildan suv ichar” (1971), “To’maris” (1974), 
“Ilhom”, “Tashvishlarga boy dunyo” (1987), “Tuzli shamollar” (1988), “Ko’ngildagi 
keng dunyo” (1989), “Bekligingni buzma sen…” (1995), “Har kimning o’z zamoni 
bor” (2004) kabi she’riy to’plamlarini nashr ettirgan. 
"Qirq qiz" (A. Shomuratov bilan 
hamkorlikda, 1965), "Aktrisaning iqboli" (1967), "Umirbek laqqi" (1971), "Mangu 
buloq" dramalari, "Ajiniyoz" librettosi muallifi. Yu.ning "Kun chiqish yoʻlovchisiga", 
"Qoraqalpoqni koʻp maqtamang koʻzimcha", "Qora tol", "Turnalar" va boshqalar 
sheʼrlari qoraqalpoq adabiyotining yuksak namunalaridir. Shuningdek, Yusupovning 
"Akatsiya gullagan joyda", "Gilamchi xotin haqida haqiqat", "Dala armonlari", 
"Mangu buloq" singari dostonlari ham 20-asr qoraqalpoq adabiyotining eng katta 
yutuqlari hisoblanadi. 
Uning ikki jildlik “Tanlangan asarlar” to’plamlari ikki marotaba 
– 1978–79 va 1992 yillarda nashr qilingan. Turli yillarda chop etilgan to’plamlarda 
shoirning “O’rtoq muallim”, “Akatsiya gullagan yerda”, “Aktrisaning iqboli”, 
“Gilamchi ayol”, “Eski favvora ertagi”, “Dala armonlari”, “To’maris”, “Bulbul uyasi”, 


310 
“Farishta oy”, “Poseydonning g’azabi”, “Vatan tuprog’i” va boshqa doston (poema)lari 
e’lon qilgan. Bundan tashqari Ibroyim Yusupov bir qator p’yesa va publitsistik 
maqolalarning ham muallifi hisoblanadi. Shoir ko’plab qardosh xalqlar va jahon 
adabiyoti mumtoz shoirlar asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilib, sayrata olgan 
tarjimondir. U A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, T.Shevchenko, J.G.Bayron, I.V.Gyote, 
G.Geyne, F.Shiller she’rlarini, Shekspir sonetlarini, Alisher Navoiy va Hofiz 
g’azallarini, Umar Xayyom ruboiylarini qoraqalpoq tiliga yuksak mahorat bilan 
tarjima qilib, milliy adabiyotimizni badiiy-g’oyaviy, shakily jihatdan turli asarlarila 
boyitdi. Ibroyim Yusupov nasr va dramaturgiya sohasida ham qalam tebratgan. 1963 
yilda uning “Qari tutning kuzi” nomli hikoyalar, ocherk va publitsistik maqolalar 
to’plami bosmadan chiqqan. Shoir “Qirq qiz” p’yesasini, (Amet Shomuratov bilan 
birgalikda), 1966 yilda “O’mirbek laqqi” komediyasini, 1986 yili “Iskandar 
podshoning tushi” dramasini, 1973 yili “Ajiniyoz” operasi librettosini yaratdi.Uning 
she’rlari qozoq,ukrain,gruzin,bolgar va xalqlar tillariga tarjima qilingan.Unga 
Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni 
berildi. Berdak nomidagi davlat mukofotiga loyiq deb topildi. U uzoq yillar mobaynida 
O’zbekiston xamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Majlislariga deputatlikka 
saylandi. Shoir O’zbekiston Respublikasining “El-yurt xurmati”, “Do’stlik” ordenlari, 
bir qator xukumat faxriy yorliqlari v medallari bilan mukofatlandi. Unga 2004-yili 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “O’zbekiston Qahramoni” oliy 
unvoni beriladi. 

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish