Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14


  AYT SEN AJINIYOZNING QO’SHIQLARIDAN



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

 


311 
AYT SEN AJINIYOZNING QO’SHIQLARIDAN
 
Ayt sen Ajiniyoning qo’shiqlaridan, 
Yig’lasin yor ishqi bag’rin teshganlar, 
Bo’zlasin yurtidan ayri tushganlar, 
Ayt sen Ajiniyozning qo’shiqlaridan 
 
Sozin sabo yodlab, so’zin el bilgan. 
Bir shoir dunyoga keldiyu ketdi, 
Majnuntol ortidan oyga termulgan, 
Bir dilbar tushimga kirdiyu ketdi. 
 
Qo’shiq daryo-daryo nur bo’lib oqsin, 
Sevgisiz qalblarga ishq o’tin yoqsin, 
Qiz yigitga jilva-noz bila boqsin, 
Ayt sen Ajiniyozning qo’shiqlaridan. 
 
Ayt sen “Bo’zatov”ni namg’asi solib, 
Dili yonmaganning bag’ri tosh bo’lsin, 
Qoraqalpoqning ko’xna dardi qo’zg’alib, 
Bu kunga boqqani sari mast bo’lsin. 
Shoir kezgan cho’lda bo’stonlar qator,
Bekor bo’lib ketdi zamon nobakor,
Bir ilhom parisin ko’rdim ishvakor,
Ayt sen Ajiniyozning qo’shiqlaridan.
Men uni tinglasam qolmay toqatim,
Ko’nglimda sayragan mastona bulbul.
Men uni tinglasam tuqqan elatim,
Er jannani bo’lib ko’ringay bulbul.
Yulduzlarni yerga qaratmoq bo’lsang,
Yomon shoirlarni uyaltmoq bo’lsang,
Agar men o’lganda tiriltmoq bo’lsang,
Ayt sen Ajiniyozning qo’shiqlaridan. 
Abdulla Oripov tarjimasi 
To‘lepbergen Qaipbergenov 1929-yilning 7-may kuni Kegeyli tumanining 
Sho‘rtanboy shaharchasida dunyoga kelgan. To‘lepbergen Qaipbergenov 1929-yili 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini 
1947-yili maktab o‘qituvchisi sifatida boshladi. Qoraqalpoq davlat pedagogika 
institutini tamomlaganidan so‘ng ko‘p yillik ijodiy va tashkilotchilik faoliyatini 
qoraqalpoq milliy matbuoti rivojiga bag‘ishlab, “Qaraqalpaqstan jaslar” gazetasi 
muharriri, “Qaraqalpaqstan” nashriyoti direktori, “Sovet Qaraqalpaqstan” gazetasi 
muharriri,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi 


312 
Radioeshittirishlar va televideniye qo‘mitasi raisi,Matbuot, poligrafiya va kitob 
savdosi bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari kabi mas’ul vazifalarda 
sidqidildan mehnat qildi. U 1980 yildan boshlab Qoraqal-pog‘iston Respublikasi 
Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimida samarali faoliyat olib borib, qoraqalpoq 
adabiyoti va san’atini rivojlantirish, yosh shoir va adiblarni tarbiyalash ishiga katta 
hissa qo‘shdi. T.Qaipbergenov jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib, bir necha bor 
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Nukus shahar kengashi deputatligiga 
saylandi.To‘lepbergen Qaipbergenov o‘zi-ning yarim asrdan ziyod davom etgan 
yozuvchilik faoliyati davomida katta va sermazmun ijod yo‘lini bosib o‘tdi. O‘z 
asarlarida qoraqalpoq xalqining tarixi, bugungi hayoti, milliy qadriyat va an’analarini 
yuksak mahorat bilan tarannum etdi. Kaipbergenovning birinchi kitobi 1958-yil 
dunyo yuzini ko‘rgan. Ketidan 80 dan ortiq asarlari chop etilib, rus, o‘zbek va boshqa 
tillarga tarjima qilingan. Uning “Qoraqalpoq qizi” kitobi asosida “O‘zbekfilm” 
studiyasi tomonidan vatanimizning yetakchi aktyorlari ishtirokida badiiy film suratga 
olingan. Oltin fondga tegishli bo‘lgan asar orqali muallif kitobxonni XX asr 
boshidagi qoraqal-poq hayot tarzi va oilaviy-turmush-ning alohida jihatlari bilan 
tanishtiradi. 1951 yil “Jas Leninshi” gazetasida “Tilegim” nomli uning birinchi 
dostoni chop etildi. 1955-yil uning “Pochtalon kelgende” nomli asari “Jas Leninshi” 
gazetasida bosib chiqiladi. 1956-yil esa “Kotib” nomli birinchi qissasi chiqadi. Shu 
vaqtdan e’tiboran, u nasr janridagi asarlar yaratadi. Umumiy hisobda, u qoraqalpoq, 
o‘zbek, rus, turk va boshqa tillarda (sobiq SSSRning, deyarli barcha tillarija) 100 ga 
yaqin kitoblar yozgan. Uning qalamiga mansub “Rahmat, muallim”, “Sovuq bir 
tomchi”, “Kotib”, “Qoraqalpoq qizi”, “Mamanbiy afsonasi”, “Baxtsizlar”, 
“Gumrohlar” singari qissa va romanlar,“Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasi adabiyotimiz 
xazinasidan munosib o‘rin egalladi.
Bu asarlarning aksariyati jahondagi ko‘plab tillarga tarjima qilinib, bir qator nufuzli 
adabiy mukofotlarga sazovor bo‘lgan edi.Jonkuyar adibning keyingi yillarda e’lon 
qilingan publitsistik chiqishlarida mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini 
mustahkamlash, qoraqalpoq zaminida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarish va 
yangilanishlar jarayonini aks ettirish, bag‘rikeng xalqimizning bunyodkorlik 
mehnatini ulug‘lash, Orol muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish mavzulari 
alohida o‘rin egalladi. 


313 
Atoqli yozuvchining adabiyotimizni rivojlantirishdagi xizmatlari davlatimiz 
tomonidan munosib taqdirlandi. U “Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston 
xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” 
ordenlari hamda Vatanimizning oliy mukofoti — “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni 
bilan taqdirlandi. 

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish