References
1
.Suyanto, K., English for young learners. Jakarta: Bumi Aksara, 2010
2
. Cameron, L., Teaching language to young learners. New York: Cambridge
University Press, 2001.
3
. Khamari, M.J., Guru, N., Tiwari, S.K., Sahu, N., Hanspal, P., Hadke, K., and Naidu,
S., “An investigation into the problems of teaching English at primary level,” Journal
of Research & Method in Education, 2014, vol. 4, no. 1, pp.30
875
4
. Copland, F., Garton, S., and Burns, A., “Challenges in teaching English to young
learners,” TESOL Quarterly,2014, vol. 48, no. 4, pp.738-762.
5
. Broughton, G., Brumfit, C., Flavell, R., Hill, P., and Pincas, A., Teaching English as
a foreign language. London:Rutledge, 2003
6
. Pinter, A., Teaching young language learners. New York:Oxford University Press,
2006
876
ФИО автора:
Tashpulatova Xadicha Asliddin qizi
YEOJU Texnika instituti talabasi
Toshkent shahar
Название публикации:
«BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING BILIM
O’ZLASHTIRISHI DIAGNOSTIKASI, PSIXOLOGIK HAMDA PEDAGOGIK
TAHLILI»
Annotatsiya:
O’quvchini mustaqil hayotga yo’llashda pedagogning
munosabati, uning ta‘siri juda katta bo’lib, bu munosabat u uchun keying hayotini
belgilab beruvchi omillardandir. To’g’ri qilingan harakat natijasi hayotiy faoliyatida
uni kim bo’lishini, qanday ruhiy holatda shakillanishi belgilanadi.
Kalit so`zlar:
pedagogik diagnostika, ta'lim samaradorligi, diagnostika tarixi,
Macherman, PIRLS.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31dekabrdagi
№1059-son qarori: Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida bola tarbiyasida miliy
tarbiya usullari va zamonaviy pedagoglarning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish
orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rgatib borish, ularda ijtimoiy motivlarni
uyg‘otish, milliy an’analarga qiziqishni paydo qilish, o‘quchi-yoshlarni ma’naviy-
axloqiy tamoyillar asosida tarbiyalash va boshqa masalalarni hal etilishi belgilab
qo‘yilgan.
Islom Karimovning “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi,
farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi
uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada
ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu
masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta
muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas
qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy
xotiramizdan ayrilib, oxir oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan
chetga chiqib qolishimiz mumkin”.
877
Ma’lumki o‘qituvchilik kasbi eng murakkab va mas’uliyatli va shu bilan birga
eng sharafli kasblardan biri hisoblanadi. O‘qituvchilik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra
axloqiy xarakterga ega. SHuning uchun ham avvalo, muallimning o‘zi umuminsoniy
va milliy qadriyatlarni puxta o‘zlashtirib olishi va amaliy ishda, ta’lim-tarbiya
jarayonida axloqiy kamolot bobida shaxsan ibrat bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev o‘z nutqlarida ustoz va
murabbiylar mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlar o‘rtasida
sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, hayotda o‘zini oqlagan maktab, oila va mahalla
hamkorligiga asoslangan ijtimoiy tizim samarasini oshirishda faol ishtiriok etib,
barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishlari xususida ko‘p bora ta’kidlab o‘tadilar.
Mashhur chex pedagogi YAn Amos Komenskiy “Buyuk didaktika”asarida
ko‘rsatishicha qadim zamonlarda ota-onalar,odatda o‘z bolalarini oilada o‘zlari
tarbiyalaganlar. Lekin ota-onalar har-xil bo‘ladi: bolaga ta’lim, tarbiya berish bir
xilining qo‘lidan kelsa, bir xilining qo‘lidan kelmaydi; bola tarbiyasi uchun
ba’zilarining vaqti bo‘lsa, ba’zilarining vaqti bo‘lmaydi.
Rivojlangan davlatlar qatori yurtimizda ham o’quvchining dunyoqarashi,
salohiyati va fikrlash qobiliyatiga juda katta e‘tibor qaratilib kelinmoqda.
Ta‘limtarbiya maskanlarida tashkil etilayotgan jarayonlar har tamonlama ishlab
chiqilgan holda o’quvchining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib yondoshilayotganini
ta‘kidlab o’tish darkor. Eng asosiy narsa, har bir jarayonni to’g’ri yo’lga qo’yish,
o’quvchi imkoniyatini to’g’ri diagnoz qilish, baholash va to’g’ri yo’naltirishdir.
Pedagogika diagnostika ta'lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan
pedagogik faoliyatni tahlil kilishda katta ahamiyatga ega bo’lib, ilgor ta'lim
muassasalarida bu ish uslubi muvaffakiyatli tarzda amalga oshirilmoqda, yutuqlar
mustahkamlanib, yo’l ko’yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil kilish asosida bosh
strategik yo’nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar
qo’lga kiritilmokda.
Savol tug’iladi:
- bola kobiliyati, imkoniyati, bilimi, egallagan ko’nikmalarining o’lchovi
bormi?
878
- bolaning bilish va ko’nikmalariga belgilashga o’qituvchi aralashgani ma'qulmi yoki
o’ziga o’zi baho bergani afzalroqmi?
Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish pedagogik
diagnostikaning predmetidir. Mana shu maqsadni ro’yobga chikarish yo’l-yo’riqlari,
metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik
diagnostikaning tarixi pedagogik faoliyati tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha
aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan beri mavjud bo’lsa, bu faoliyatning
me‘yorlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir.
Ya‘ni o’quvchi bilimiga baho qo’yish, uni sinov va imtixon qilish, pirovard ish
natijalarini belgilab olish boshlangan yerda pedagogik diagnostika ham mavjud.
Faqat farqi shundaki, ibtidoiy va o’rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini
diagnostik tahlil kilishning ilmiy asosi yo’q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy
asosda tahlil etish va yo’lga ko’yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. Shu
boisdan, bu pedagogik jarayonning nomlanishi ham turlicha bo ‘lgan.
Ayrimlar, ―pedagogik diagnostika‖ ni taklif etilagan bilimlarni uzlashtirish
asosi deyishadi. Boshqalar diagnostikani o’qitishni jadallashtiruvchi axborotdir deb
hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostika egallangan bilim sifatini nazorat
etishdir, degan fikirni ilgari suradilar. Taniqli pedagogik olim Macherman pedagogik
diagnostikani «O’quvchi o’zlashtirishi bilan, o’quv materialini to’g’ri tanlash,
maqsadni to’g’ri yo’naltirish mezonidir» deb hisoblaydi.
Aslida pedagogik diagnostika o’quv materialini bilish jarayonining asosini
tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. Shu boisdan ham,
pedagogik diagnostika: birinchidan, o’quvchiga individual ta'lim berishni
jadallashtiradi; ikkinchidan, davlat va jamiyatning ta'limga qo’ygan talablaridan
kelib chiqib, o’quvchi bilimini to’g’ri, adolatli baholashni ta'minlaydi; uchinchidan,
ishlab chiqilgan ta'limiy mezon, kriteriyalari orqali o’quvchining sinfdan sinfga
o’tishda, mutaxasislikga qabul kilinishida minimal talablarga javob berishini
belgilaydi.
879
Bu kriteriya esa uch asosiy narsaga asoslanadi: haqqoniy, ishonchli, puxta
ishlab chiqilishi. Chunki vaziyatdan kelib chiqib, holatga to’g’ri baho berish, adolatli
yondoshish va qo’yilgan maqsadga aniq erishish uchun bu juda muhimdir.
Boshlang’ich sinflarda test yoki sinov bir xil talab, bir xil munosabat va
psixologik kayfiyatda amalga oshirilsa, haqiqiy ahvolni aniqlashda ob'ektiv natijalar
olinishi mumkin.
Bizga ma‘lumki, har bir sinfda turli bilimga ega bo’lgan o’quvchilar bo’ladi.
Buni ham inobatga olmasak, baholashda to’g’ri yo’l tutmasak ham to’g’ri bo’lmaydi.
Shuning uchun turli baholash usullari bizga yordanga keladi. Masalan PIRLS bu-
xalqaro tadqiqoti bo’lib, asosan o’quvchilarning dars vaqtidagi va maktabdan
tashqari vaqtdagi ikki turdagi o’qish savodxonligini baholaydi: o’quvchilarda badiiy
o’qish savodxonligi ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirish va axborotni
o’zlashtirish va ulardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirishdir.
Pedagog shu kabi imkoniyatlardan kelib chiqib jarayonga yondashsa, yuqorida
aytib o’tganmizdek, qo’yilgan maqsadiga erishadi.
Budan kelib chikadigan amaliy xulosa shuki, pedagogik diagnostikani amalga
oshirishda rioya-andisha, tanish-bilishchilik yoki boshka noxushliklar aralashsa,
haqiqiy ahvol aniqlanmaydi, umumiy ishga putur etadi, kamchilik va nuqsonlar
ochilmay xaspushlanadi, ta'limni takomillashtirishdan kuzda tutilgan maqsadlar
ochilmay qoladi. Demak har bir pedagog shuni inobatga olsa maqsadga muvofiq
bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |