xarajatlarning o ‘sishi; E) xarajatlar birligiga to ‘g ‘ri keladigan foydaning
o ‘sishi; F) foyda birligiga to ‘g ‘ri keladigan xarajatlarning o ‘sishi.
TAYANCH IBORALARIZOHLI LUG‘ATI
Boshqaruv tahlili - tadbirkorlik faoliyatini boshqarish jarayonlari va sama-
radorligini aniqlash va baholash.
Buxgalteriya balansi - tadbirkorlik subyekti mablag‘larining m a’lum
sanadagi shakllanish manbalari va joylashtirilishini muvozanat k o‘rinishida
aks ettiruvchi buxgalteriya hujjati.
Buxgalteriya hisobi - tadbirkorlik faoliyatining barcha jarayonlari, x o ‘jalik
operatsiyalari, m ablag‘lari va ularning holati hamda harakatini yoppasiga, uz-
luksiz, asoslangan holda hisobga olish va tegishli buxgalteriya hujjatlarida aks
ettirish.
Davriy tahlil - m a’lum davr o ‘tgach shu davrda amalga oshirilgan tadbir
korlik faoliyatini baholash.
Gorizontal tahlil - tadbirkorlik faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarini belgilan
gan reja yoki boshqa tadbirkorning shunga o ‘xshash faoliyati ko‘rsatkichlari
bilan taqqoslab baholash usuli.
348
Iqtisodiy tahlil - q o‘yilgan vazifalaming bajarilishi, belgilangan
k o‘rsatkichlarga erishish darajasi, ulardan chetlanishlar miqdori va sabablarini
aniqlash va baholash.
Kompleks tahlil - turli usullarni qo‘llab, tadbirkorlik faoliyatining barcha
tomonlarini o ‘rganish va baholash.
M oliyaviy hisobot - tadbirkorlik faoliyatining m a’lum o ‘tgan davrdagi
m oliyaviy ahvoli to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar to ‘plami b o iib , ular maxsus bux
galteriya hujjatlarida aks ettiriladi.
M oliyaviy koeffitsiyentlar tahlili - tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy
ko‘rsatkichlari o ‘rtasidagi nisbatlarni aniqlash va baholash.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |