6.6.-rasm. Bozulbang (Lagoxilus), (Lagoxilus opyanyayuщiy) - Lagochilus inebrians Bge. Bozulbangning dori preparatlari (damlama, nastoyka va kuruk eks- trakti tabletka xolida va logoden preparati) kon ivishini tezlatish va kon bosimini pasaytirish ta’siriga ega bulgani uchun upkadan, bu- rundan kon okishini tuxtatish xamda bavosil, gemofiliya, gipertoniya kasalliklarini davolash uchun kullaniladi. Bozulbangdan tayyorlangan damlama yoki kaynatma xalk tabobatida kon tuxtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Bozulbang kamyob, yukolib borayotgan usimlik sifatida “hizil kitob” ga kiritilgan. Shuning uchun uni tabiiy usish joylaridan xom-ashyosini yigish takiklangan.
Q umlok buznochi (Bessmertnik peschanыy) - Helichrysum arenarium (L.) Moench. Buznoch usimligi Astradoshlar (murakkabguldoshlar) - Asteraceae (Compositae) oilasiga mansub bulib, buyi 30 sm gacha usadigan kup yillik o’t o’simlik xisoblanadi. Poyasi tik usadi, bir nechta, shoxlanmagan buladi. Ildiz oldi barglari kiska bandli, poyadagilari bandsiz ketma-ket joylashgan. Buznochning barglari chuzik teskari tuxumsimon (poyasining yukori kismidagilari nishtarsimon- chiziksimon), tekis kirrali. Sarik gullari sharsimon savatchaga tuplanib, kalkonsimon tuvakgul tuplamini xosil kiladi. Mevasi - pista. Usimlikning poyasi va barglari sertuk shuning uchun kulrang kurinadi. Buznoch iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust - sentyabrda yetiladi.
Buznoch MDX ning Yevropa kismida, Kavkaz, Garbiy Sibir, janubiy hozogiston va Markaziy Osiyo toglarining kumli nam yerlarda usadi. Tibbiyotda guli kullaniladi. Guli tarkibida flavonoidlar, kumarinlar, efir moyi, inozit, K vitamini, buyok, oshlovchi va boshka faol moddalar bor. 6.7.-rasm. Kumlok buznochi (Bessmertnik peschanыy) - Helichrysum arenarium (L.) Moench.
Flavonoidlar summasi naringenin, apigenin, kempferol va ularning glikozidlari, salipurpozid va boshkalardan tarkib topgan. Gulining dorivor preparatlari (kaynatma, tabletka xolidagi kuruk kontsentrati - flamin kuruk ekstrakti va ut xaydovchi yigma- choylar tarkibida) jigar (sarik) kasalligi, xronik xoletsistit, ut-tosh, ut yullari kasalliklarida ut xaydovchi vosita sifatida kullanadi. Gulining flavonoidlar summasi - arinarindan tayyorlangan surtmasi kuz kasalliklarini (kuz shikastlanishi, kuz shox pardasining yarasi, kuyish va boshka kasalliklar) davolashda ishlatiladi. Buznoch gulining damlamasi yoki kaynatmasi xalk tabobatida jigar kasalliklarida, buyrakka, siydik va ut yullariga tosh yigilganda xamda siydik xaydovchi vosita sifatida kullaniladi.
Gazanda uti (Krapiva dvudomnaya) - Urtica dioica L. Gazanda uti Gazandadoshlar - Urticaceae oilasiga mansub bulib, buyi 60-120 (150) sm keladigan kup yillik o’t o’simlik xisoblanadi. Poyasi tik usadi, tumtok turt kirrali, shoxlanmagan yoki karama-karshi shoxlangan. Barglari keng tuxumsimon, utkir uchli, sertuk yirik ar- rasimon kirrali bulib, poya va shoxlarida bandi yordamida karama- karshi urnashgan. Bir jinsli, mayda, kurimsiz, yashil rangli, turt bulakli gullari barg kultigidan chikkan boshokka tuplangan. Mevasi - yongokcha. Usimlikning xamma kismi achituvchi tuklar bilan koplangan. May - sentyabr oylarida gullaydi va mevasi yetiladi. Gazanda uti Ukraina, Belorussiya va Rossiyaning Yevropa kismi, Sibir, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Kozogiston, kisman Uzok Sharkdagi suvga yakin yerlarda, Uzbekistonning togli urmonlarda, yul yokalarida, buta- zorlarda, adoli yashaydigan yerlarga yakin joylarda, tog etaklarida usadi. Gazanda utining bargi tibbiyotda ishlatiladi. Usimlik gullaganda barglari kulkop kiyib terib olinadi yoki yer ustki kismini urib olib sulitiladi (usimlikni kuritish jarayonida uning achituvchi xususi- yati yukoladi), sungra bargi terib olinadi va soya yerda kuritiladi.
B argi tarkibida 100-600 mg % S vitamini, K, V2 vitaminlari, 1430 mg% karotinoidlar, pantoten kislota, kvertsetin, atsetilxolin, efir moyi, organik kislotalar, 2-5% xlorofill, mikroelementlar, oshlovchi va boshka faol moddalar bor [29, 30].
Do'stlaringiz bilan baham: |