Uzluksiz maqsadlar deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, intizomni mustahkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar kunda talab qilinadigan maqsadlardir.
3.2. Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar
Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligi boshqaruv munosabatlarining iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi. Bu, mohiyati bo‘yicha, olingan iqtisodiy natijalar va boshqaruv faoliyatining o‘zgaruvchan miqdorlar (ko‘rsatkichlar)da aks ettirilgan xarajatlari (foydalanilgan resurslar)ning nisbatidir.
Ushbu yondashuvdan foydalanish hammadan avval, birinchi, boshqaruv samaradorligining natija beruvchi tashkil qiluvchisini, ya’ni bu faoliyatning natijalari, uning mahsulotini belgilashni taqozo qiladi. Ammo uni sof holda ajratish, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchovini amalga oshirish amalda mumkin emas. Faqat doimiy ravishda bir turli va me’yorlanadigan mehnat operatsiyalari bilan band bo‘lgan texnik xodimlar va ba’zi bir mutaxassislar faoliyatining mahsulotini xuddi shunday o‘lchash mumkin.
To‘g‘ri chiziqli va vazifaviy rahbarlar, ko‘pgina mutaxassislar hamda umuman boshqaruv tizimi faoliyatining natijalari haqida esa sarflangan mehnatning miqdori yoki qayta ishlangan axborotlarning hajmi bo‘yicha fikr yuritish mumkin emas. Gap shundaki, ular o‘ziga xos ashyoviy natijalar shaklida bo'lmaydi. Boshqaruv bo‘yicha mehnatning shaxsan yakuniy mahsuloti deb boshqaruv qarorlarining majmuasini, ammo axborotli qarorlarni emas, amalga oshirilgan, ya’ni ijrochilar tomonidan amalga oshirilgan qarorlarni hisoblash mumkin. Bunda boshqaruv idoralarining qarorlari ilmiy asoslangan va iqtisodiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan deb faraz qilinadi. Buning ustiga, boshqaruv bo‘yicha faoliyat natijalari ko‘pincha boshqaruv bo‘yicha mehnat sarflangan paytdan va joydan vaqtda va masofada ajratilgandir. Ular faqat pirovardida boshqaruv tizimini faoliyat yuritishi natijalaridan ajratilmagan.
Shunday qilib, boshqaruv faoliyatining natijalari faqat vositali ravishda tashkilot, bolinma faoliyati natijalarida namoyon bo'ladi. Bunda ana shundaylar sifatida faoliyatning yakuniy ko‘rsatkichlari yoki tashkilot faoliyati iqtisodiy samaradorligining ko‘rsatkichlari: yalpi daromad, foyda, rentabellik darajasi, ishlab
chiqarishning hajmi, tovar aylanishi va boshqalar ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda foydani tashkilot faoliyatining yakuniy natijasini aks ettiruvchi sifatida ilgari surilishi, qolgan natijalarni avtomatik ravishda ikkinchi o‘ringa suradi. Ko'rsatib o‘tilgan natijalarni oshirishga yo‘naltirilgan boshqaruv faoliyati boshqaruv tizimining iqtisodiy samaradorligini yaxshilashga yordam beradi.
Tashkilot boshqaruvining ikkinchi, xarajatli tashkil qiluvchisi
boshqaruv jarayonida foydalaniladigan boshqaruv tizimini ushlab turilishi va faoliyat yuritishini ta’minlovchi tegishli mehnat, moddiy va moliyaviy xarajatlar yoki resurslardan iborat bo‘ladi.
Bu xarajatlar ishlab chiqarish (tijorat) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanmagan va boshqaruv xarajatlari sifatida bo‘ladi. Boshqaruvga yig‘ma xarajatlar ishlab chiqarish (tijorat) xarajatlarining bir qismi bo‘ladi. Boshqaruvga xarajatlar obyektiv ravishda u yoki bu aniq subyekt tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv vazifalarining mazmuni, hajmi, ko‘lami, boshqaruv mehnatini ilmiy
tashkil qilinganligi darajasi, boshqaruv jarayonlarini amalga oshirish texnologiyasi, xo'jalik rahbarlarining mahorati va boshqalar bilan belgilanadi. Ular tashkilot faoliyatining natijalariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |