Maxsus ta’lim vazirligi


Tavakkalchilik va xavf turlari, tavakkalchilik bilan bog’liq bo‘lgan ehtimollik tushunchalari



Download 114,78 Kb.
bet25/27
Sana30.12.2021
Hajmi114,78 Kb.
#87869
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Ramazon kurs ishi

Tavakkalchilik va xavf turlari, tavakkalchilik bilan bog’liq bo‘lgan ehtimollik tushunchalari

Mavjud adabiyotlarda tavakkalchilikning xislat, xususiyat va elementlari obyektiv va subyektiv jihatlari o‘zaro munosabatlari, uni mazmunini anglash turlicha tavsiflangan. Tavakkalchilikning mohiyati to‘g‘risidagi xilma-xil fikrlar, ko‘p hollarda bu hodisaning serqirraligi amalda mavjud xo‘jalik faoliyati qonuniyatlarida uni to‘liq tan olinmasligi, real iqtisodiy amaliyotida va boshqaruv


faoliyatida yetarlicha qo‘llanilmasligi bilan sharhlanadi. Undan tashqari tavakkalchilik — bu bir-biriga mos kelmaydigan, ba’zida hatto qarama-qarshi real holatlar yig‘indisidan iborat murakkab jarayondir. Tavakkalchilik tushunchasi rus tilidagi «risk» so‘ziga ekvivalent sifatida olinadi. Endi «risk» toifasidagi tushunchaga nisbatan mavjud ba’zi bir yondashuvlarni qarab chiqamiz.

«Risk» termini grekcha «ridsikon», «ridsa» so‘zida tik qoya, qoyatosh mazmunini anglatsa, italyancha «risiko» so‘zida xavfli, xavf-xatar, «risicare» so‘zida qoyalarga chap bermoq mazmunini anglatadi. Fransuzcha «risdoe» — tahlika, xavf-xatar, qo'rqinch, (tik qoyadan aylanib o‘tishda go'yoki tavakkal qilish) mazmunini anglatadi. Vebster lug‘atida «risk» — zarar yoki ziyon ko‘rish imkoniyati, xavf-xatari deyilsa, Ojegova lug‘atida «risk» so‘ziga «xavf-xatar


holati imkoniyati» yoki «muvaffaqiyatli harakat» deb tarif beriladi. Shunisi diqqatga sazovorki, maxsus lug‘atlarda (falsafa, harbiy, iqtisodiy va h.k.) — «risk» tushunchasi umuman uchramaydi.

U hatto «Katta sovet ensiklopediyasi» va «Sovet ensiklopedik Iug‘ati»ning oxirgi nashrlarida, besh tomli falsafiy ensiklopediya va falsafiy ensiklopedik lug‘atida hamda «Ilmiy-texnik taraqqiyot» lug'ati va boshqalarda ham uchramaydi. Tahlillar adabiyotlarda «risk» to‘g‘risidagi tushunchaga omadsizlik yoki xavf-xatarga (xavf-xatar holati) imkoniyat degan tarif keng tarqalganini ko‘rsatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ham shu hoi ko‘rinadi.

«Moliyaviy menejment» kitobida unga quyidagicha tarif beriladi:
«Risk» (tavakkalchilik) — bu bashorat qilinayotgan variantlarga nisbatan daromad ololmaslik yoki zararlarini paydo bo‘lish ehtimolidir. «Zamonaviy biznesda tavakkalchilik» kitobida: «Tavakkalchilik deganda ma’lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida qo‘shimcha xarajatlarning
paydo bo‘lishi yoki daromadning olinmasligi hamda tashkilot tomonidan o‘z resurslarini yo'qotish ehtimolligini anglash tushuniladi» — deb tarif beriladi.
Yuqorida keltirilgan barcha tariflardan: Tavakkalchilikni «xavf-xatar, zarar ko'rish holati» — degan xususiy xislatini ajratib ko'rsatish mumkin bo‘ladi. Lekin keltirilgan tariflar tavakkalchilikning barcha mazmuni, mohiyatini toliq ifodalay olmaydi.

«Tavakkalchilik»ning tarifini toliq belgilash uchun, oldin «tavakkalchilik vaziyati» tushunchasiga tarif berishimiz kerak, chunki u bevosita «tavakkalchilik» termini mazmuni bilan uzviy bog’liq.

Biz rus lug‘atida qabul qilingan gap «risk» — so‘zini «tavakkalchilik» deb tarjima qildik. Bu terminga yana ekvivalent o‘zbek tilida «qaltislik» va «risk»ni o‘zini ishlatish kerak degan fikrlar bor.

Chunki «tavakkalchilik» so‘zi «risk»ni tola mazmunini o‘zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o‘zbek tilida qaysi so‘zni tanlashni ko‘rsatib berar.


«Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlanmasining birikuvi deb tarif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Har xil vaziyat turlari ichida, tavakkalchilik vaziyati alohida o‘rin tutadi. Aksariyat iqtisodiy jarayonlarni amal qilish va rivojlanishi noaniqlik, ya’ni mavhumlik elementlariga tayanadi. Bu esa bir xil yechimi bolmagan vaziyatlarni yuzaga kelishiga asos bo’ladi.

Agar u yoki bu vaziyatni ehtimolligi darajasini miqdor va sifat jihatidan aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa u tavakkalchilik vaziyati bo‘ladi. Bu yerda tavakkalchilik vaziyati statistik jarayonlarga bog‘liq bo'lib, unga mavjud bo‘lgan uchta shart hamrohlik qiladi degan xulosa kelib chiqadi.

Ularga:
— noaniqlikning (mavhumlikning) mavjudligi;

— muqobil (alternativ) tanlovning zarurligi (bu holda, shuni ham nazarda tutish kerakki, tanlovdan voz kechish bo‘yicha tovlash ham tanlov xilma-xilligiga doir bo‘ladi);

— tanlangan muqobil variantni amalga oshirish ehtimoligini baholash imkoni borligi kiradi.

Shuni qayd etish lozimki, tavakkalchilik vaziyati sifat jihatdan noaniqlik (mavhumlik) vaziyatidan keskin farq qiladi. Noaniqlik vaziyati — amalda o‘rnatish imkoni bo‘lmagan hodisa va qarorlar natijalarini hosil bo‘lish ehtimoligidir. Shunday qilib, tavakkalchilik vaziyatini aniqlanishi mumkin
bo‘lgan va amalga oshuvchi hodisalar ehtimolligidagi noaniqliklar xilma-xilligi deb tarif berish mumkin.

Ya’ni bu holda taxminan sheriklarning ishlab chiqarishdagi hamkorligi faoliyati, raqiblarni qarshi harakati, iqtisodiyot taraqqiyotiga tabiiy muhitning ta’siri, ishlab chiqarishga ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish natijasida paydo bo‘luvchi hodisalar ehtimolini obyektiv baholash imkoniyati mavjud boladi.

Tavakkalchilikni bir necha turlarga bo‘lish mumkin:

— ixtiyoridagi bir nechta muqobillikdan tanlovchi subyekt, bashorat qilinayotgan natijalarni olish uchun obyektiv ehtimolligiga (statistik tadqiqotlar natijalariga asoslanuvchi) ega bo‘ladi;

— kutilayotgan natijalarni ro‘y berish ehtimoli faqatgina subyektiv baholash orqali olinadi, ya’ni subyektiv ehtimollik bilan ish ko‘radi;

— altemativlami amalga oshirish va tanlash jarayonida obyektiv va tanlash jarayonida obyektiv va subyektiv ehtimollikka ega bo‘ladi;

— kutilayotgan natijalarni ro‘y berish ehtimoli faqatgina subyektiv baholash orqali olinadi, ya’ni subyekt, subyektiv ehtimollik bilan ish ko‘radi;

— alternativlarni amalga oshirish va tanlash jarayonida obyektiv va subyektiv ehtimolliklarga ega.

Tavakkalchilik vaziyatlaridan «chiqish uchun» subyekt tanlov o‘tkazadi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o‘z ifodasini topadi. Subyektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashida o‘z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bolganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi. Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik konkret ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy
yechimini topish usuli bilan subyekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Bunday sharoitda «Bozor va tavakkalchilik» kitobida keltirilgan «tavakkalchilik» tushunchasining tarifi ancha to’liq ifodalanadi. Tavakkalchilik — bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bolgan holdan ham yomon
vaziyatda bolish imkoniyati mavjud bolganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (xatti-harakat)dir. Bu tarifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.

«Tavakkalchilik» — hodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va o‘zaro bogliq bolgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

— tanlangan muqobillikni (alternativani) amalga oshirish maqsadida ko‘zlangan maqsaddan chekinish mumkinligi;

— ko‘zlangan natijaga erishishning ehtimolligi;

— ko‘zlangan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yo‘qligi);

— alternativani noaniq sharoitdagi tanlovini amalga oshirish bilan bogliq moddiy, ma’naviy va boshqa yo‘qotishlarning mavjudligi.

Tavakkalchilikning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan chekinish ehtimolini borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy xislatda bolishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan elementlar, ularning o‘zaro bogliqligi va o‘zaro ta’sirchanligi tavakkalchilikning mazmun-mohiyatida namoyon bo’ladi.

Shu bilan bir qatorda tavakkalchilikga uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha xislatlar xosdir. Unga quyidagi xislatlar kiradi:

— qarama-qarshilik (zidlik);

— alternativlik (muqobillik);

— noaniqlik (mavhumlilik).

Qarama-qarshililik — tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo‘lib u turli qarashlarda namoyon bo‘ladi. Tavakkalchilik faoliyatning xilma-xilligini ifodalar ekan, bir tomondan tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab uslublar bilan umumahamiyatga molik natijalarni olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda u konservatizm, dogmatizm, qoloqlik kabi jamiyat taraqqiyotida ruhiy to‘siqlarni bartaraf etadi, yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy


etishga qarshi, jamiyat taraqqiyotiga tormoz qiluvchilarga qarshi muvaffaqiyatni ta’minlashga yo‘naltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishda tashabbuskor ijtimoiy eksperimentlarni, yangi g‘oyalarni amalga oshirishni ta’minlaydi.


Download 114,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish