II bob. MENEJERNING RAHBARLIK USLUBI VA
BOSHQARUVDAGI O‘RNI
2.1. Menejerning mas’uliyati va uning vazifalari
Menejer — bu boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma’lum turlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatlariga ega bo‘lgan odamdir. Menejerlar tashkilotda har xil o‘rinlarni egallaydi (direktor, guruh rahbari, ishlarning ma’lum turlarini tashkilotchisi, boshliq, mudir va h.k.), judayam bir xil bo‘lmagan masalalarni yechadi, har xil vazifalarni bajaradi.
Tashkilot menejersiz mavjud bo‘lishi mumkin emas, chunki ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
— tashkilotdagi alohida operatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatadi;
— tashkilot tomonidan o‘zining asosiy belgilanishini bajarilishini ta’minlaydi;
— tashkilot yoki bolinma jamoasiga rahbarlikni amalga oshiradi;
— obro‘si, yuqori kasbiy mahorati va ijobiy hissiyotlaridan foydalangan holda qo‘l ostidagilarni o'zining orqasidan olib borishga qodir yetakchi rolida bo’ladi;.
— tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadi;
— tashkilot faoliyatining natijalari uchun javobgarlikka ega bo’ladi;
— tashkilotga tegishli bolgan shaxslar yoki idoralarning manfaatlarini ta’minlaydi;
— tashkilotning tashqi muhit (hokimiyat, sheriklar va h.k.) bilan aloqasi bo‘yicha asosiy bo‘g‘in rolini bajaradi;
— jamoani tashkil qiladi va uni rivojlanishini kerakli yolga yo‘naltiradi, yuqori axloqiy sifatlarga ega bolgan holda jamoa a’zolarini tarbiyalaydi;
— hozirgi sharoitlardagi fanning rolini tushunuvchi, u yoki bu kashfiyot yoki «nou-xau»ni baholashni biluvchi va ularning darhol ishlab chiqarish (tijorat)ga tatbiq etuvchi innovator rolida bo‘ladi;
— g‘oyani ishlab chiqadi, undagi kuchli va zaif tomonlarini topadi, muammoning mohiyatiga qarashga, haqiqatgacha surishtirib bilishga intiladi;
— qilinganlarni tahlil qiladi, baholaydi, ishlarining holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;
— tashkilotni har xil tadbirlarda namoyon qiladi.
Menejerning vazifalari va ular amalga oshirayotgan vaziyatlar turli-tumandir, shunga qaramasdan uchta asosiylarini ajratish mumkin.
Birinchidan, menejer tashkilotning asosiy vazifalarini belgilaydi, resurslarni taqsimlash masalalarini hal qiladi, joriy tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi, bunda u qabul qilingan qarorning oqibatlari uchun javobgarlikka ega bo‘ladi.
Shuning uchun menejer nafaqat qarorning eng yaxshi variantini tanlashi, balki o‘zi rahbarlik qilayotgan jamoani ma’lum yo‘nalishga olib borishga jazm qilishi kerak.
Ikkinchidan, menejer ichki va tashqi muhit haqidagi axborotlarni to‘playdi, ularni tarqatadi va nihoyat tashkilotning maqsadlarini tushuntirib beradi. Menejer ishining natijasi uning qancha axborotga ega bo‘lishiga bog‘liqdir.
Uchinchidan, menejer tashkilotning ichidagi va tashqarisidagi
munosabatlarni shakllantiruvchi, tashkilot a’zolarini maqsadlarga erishishga undovchi, ularning harakatlarini muvofiqlashtiruvchi, tashkilotning vakili sifatida harakat qiluvchi rahbar sifatida bo‘ladi. U odamlar orqasidan borishga tayyor bolgan kishi bolishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |