Mavzu: Huquq ijodkorligi tushunchasi.
Huquq davlat bilan jamiyat o'rtasidagi bog'lovchi vositadir. Huquq davlat siyosatini, rnaqsadi va intilishlarini jamiyat ijtimoiy ongiga yetkazadi. O'z navbatida, jamiyat huquqida o'z irodasi hamda manfaatlarining mujassam ifodasini, adolat mezoiini ko'radi. Davlat xokimiyati huquq yordamida jamiyatni boshqaradi, unga siyosiy rahbarlikni amalga oshiradi, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, u hoxish-irodasini ro'yobga chiqaradi. Aynan shu maqsadda huquq yaratishga ijtimoiy zaruriy extiyoj kelib chiqadi.
Huquq ijod etish davlatning yuridik normalar yaratishga qaratilgan maxsus faoliyatidir. Davlat mazkur faoliyat orqali xalqning mushtarak irodasini qonun darajasida ifoda etadi, ijtimoiy boshkaruv va siyosiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu faoliyat natijasida jamiyatda xarakatlanuvchi bir butun va ichki mutanosiblikka eta bo'lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy huquqiy normalar tizimi vujudga keltiriladi. Huquq normatarining yaratilishi, yuridik kuchi, shakli, quyidan yuqoriga bo'ysunish munosabatlari davlatning huquq ijodkorlik funkniyasi bilan bevosita bog'liqdir. Huquq ijodkorligi nisbatan kengroq jarayon bo'lmish huquq yaratishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Huquq yaratish - yuridik normali shakllantirish va rasmiylashtirishga qaratilgan jarayon bo'lib, u ancha uzoq vaqt davom etadi. Ushbu jarayon ijtimoiy vaziyatni taxlil etish, uni huquqiy tartibga solish zaruriyatini anglab yetish bo'Iajak yuridik qoida haqida umumiy tasavvur hosil qilish; yuridik normani ishlab chiqish va qabul qilish kabi xarakatlarni qamrab oladi. Huquq yaratishning so'nggi bosqichi huquq ijodkorligini tashkil etadi.
Huquq ijodkorligl - vakolatli davlat idoralari va mansabdor shaxslarning huquq normalarini o'rnatish, o'zgartirish, takomillashtirish va bekor qilishga yo'naltirilgan maxsus faoliyatidir.
Huquq ijodkorligi faoliyatiga nafaqat yangi huquqiy normalar o'rnatishga, balki ilgari chiqarilgan normativ huquqiy qoidalarni o'zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Huquq ijod etishniig ijtimoiy qadr - qimmati roli shundaki, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmining boshlang'ich bo'g'inidir. Zero, davlat huquqiy normani o'rnatish yoki sanksiyalash (ma'qullash) orqali huquqiy qo'llash va huquqni qo'riqlashdek serqirra, murakkab jarayonga turtki beradi. Huquq ijodkorligi tufa'yli vujudga keltiriladigan huquq normalari davlat idoralarining turli xil rasmiy xujjatlarida aks ettiriladi. Sunday rasmiy xujjatlar normativ - huquqiy aktlar deb ataladi. Huquq ijodkorligi davlat xarakteriga ega bo'lgan aktiv faoliyatdir. Davlat idoralari jamiyat taraqqiyoti extiyejlaridan kelib chiqqan xolda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyasini muntazam ravishda amalga oshirib boradilar. Bu esa huquq ijodkorlik jarayoni beto'xtov davom etib turishini taqozo qiladi.
Huquq ijodkorlik faoliyati o'z moxiyatiga ko'ra davlat irodasini ifodalash bilan bog'likq Dunyo tarixida bu qoida ko'plab marotaba o'z isbotini topgan. Muayyan sharoitda xukmronlik qiluvchi individlar o'z kuchini davlat tarzida o'rna-tishdan tashqari, shu sharoit ta'sirida qaror topgan o'z irodalariga davlat irodasi ko'rinishida (qonun ko'rinishida) umumiy tus berishlari lozim. Davlat tashkiliy kuch-bo'lsa, huquq yuridik qoida shakliga kirgan irodadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |