Mavzu: Huquq ijodkorligi tushunchasi



Download 48,5 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2022
Hajmi48,5 Kb.
#403341
1   2
Bog'liq
Huquq ijodkorligi tushunchasi

2.Huquqni yaratish turlari.

Huquq ijodkorligi o'z mazmuniga ikki toifa xarakatni qamrab oladi birinchidan, huquq ijod etuvchi organlarning norraativ akt loyixasini tayyorlash bo'yicha xarakatlari ya'ni, loyixani ishlab chiqish to'g'risidagi qarorni qabut qilish; loyixani tayyorlash; loyixani muxokama etish; uni manfaatdor idoralar bilan kelishib olish va qo'shimcha ishlov berish. Ikkinchidan, bu toifaga normativ aktni chiqarish bo'yicha xarakatlar kiradi, huquqiy akt loyixasini huquqni ijod etuvchi organ muxokamasiga kiritish; huquq ijod etuvchi organ tomonidan loyixani muxokama etish; normativ- huquqiy xujjatlarni qabul qilish va uni e'ton qilish (nashr etish).

Albatta, huquqiy ijod etishning mazkur bosqichlari (xarakatlari) ba'zan birlashib ketishi, ba'zan esa yangi xatti-xarakatlar bilan to'ldirilishi mumkin. Xususan, yakka tartibda huquqiy akt qabul qiluvchi mansabdor shaxs ushbu bosqichlarni birlashtirib yuborishi mumkin. Masalan, Prezident far.mon chiqarganda yoki xokim farmoyish qabul qilganda aytib o'tilgan bosqichlarni birlashtirib, o'zi bajaradi, Ayrim xollarda yuqoridagi bosqichlardan tashqari, loyixa yuzasidan mutaxassis - olimlarning xulosasini olish, uni ekspertizadan o'tkazish va loyixani keng xalq muxokamasiga qo'yish kabi xatti-xarakatlar ham amalga oshiriladi.

Shuni aloxida ta'kidlash lozimki, huquq ijodkorligi faqat qonun loyixasi yoki huquqiy qarorni ko'rib chiqish va qabul qilish bilan cheklanmaydi. Bu jarayon davlat idoralarining amaldagi huquqiy aktlarga o'zgartirishlar kiritish, eskirgan yuridik normalarni bekor qilish va mavjud normativ aktlarni tizimlashtirishga qaratilgan faoliyatini o'z ichiga oladi.

Yuridik normalarni o'rnatuvchi sub'yektlar sifatida xalq davlat xokimiyat va boshqaruv idoralari, mansabdor shaxslar maydonga chiqadi. Ana shu ma'noda huquq ijodkorligining turlari hakida gapirish mumkin.

1) Xalqning bevosita huquq ijodkorligi. Xalq tomonidan amalga oshiriladigan huquq ijodkorligining ,eng yorqin ifodasi referendum - davlat va jamiyat xayotining o'ta muxim masalalari bo'yicha umumxalq ovoz berishidir. Referendum huquq ijod etishning aloxida shakli sifatida xalqning bevosita iroda bayon etishi qisoblanadi. Bu huquqiy normalar yaratishning o'ta nufuzli turi bo'lib, referendum natijalari davlat xokimiyat idoralarining biron-bir tarzdagi tasdiqlashiga muxtoj emas. Referendum yo'li bilan qabul qilingan xujjat mamlakat xududida oliy yuridik kuchiga ega bo'ladi va faqat referendum orqali bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin (O'zbekiston Respublikasining «Referendum to'g'risida»gi qonunining 1-moddasi). U qatiy irodaviy mazmundagi siyosiy-yuridik institutdir. Moxiyat-e'tibori bilan referendum davlatning u yoki bu qarorini xalq ovozi bilan tasdig'lanishi, shu orqaln unga uzil-kesil va umummajburiy xarakter bahsh etilishidir. Xalqning intilish va istaklari va irodasini aniqlash hamda qonun darajasiga ko'tarishda referendum eng samarali usul hisoblanadi.

2) Davlat idoralarining huquq ijodkorligi. Bu huquq ijodkorligining asosiy, eng keng tarqalgan, aniq maqsadga yo'naltirilgan turidir. Davlat idoralarining vazifasi, vakolatlari hamda faoliyat Yo'nalishlari qonunda belgilab qo'yiladi. Ana shu yuridik vakolatlar doirasida xar bir davlat idorasi normativ-huquqiy xujjatlar qabul qiladi. Ularning vakolatlari darajasi va ko'lami normativ xujj at laming yuridik kuchini, o'zaro mutanosibtik (iyerarxik) munosabatlarini belgilab beradi. Odatda, davlat idoralari huquqiy maqomini belg'ilovchi yuridik aktda (Konstitu-siya, qonun, farmon yoki nizomda) ular qanday yuridik kuchga ega bo'lgan normativ- huquqiy akt qabul qilishi belgilab qo'yiladi. Masalan, O'zbekistan Koristitusiyasining 83-moddasiga ko'ra Oliy Majlis qonun qabul qiladi; 94-moddasiga ko'ra Prezident - farmon, qaror va farmoyish chiqaradi; 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Maxkamasi Oliy Majlis va Prezident aktlari ijrosini ta'niinlash uchun - qaror va farmoyishlar chiqaradi. Konstitusiyaning 15 va 16-moddalari esa qonun ustuvorligini ta'kidlaydi. Bu moddalar mazmuni bilan normativ-huquqiy aktlar o'rtasidaga o'zaro bo'ysunish va ustuvorlik raunosabatlari aniq ravshan belgilab qo'yilgan.

3) Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi. Avvalo, mansabdor shaxs tushunchasini aniqlab olish lozim, chunki amaldagi qonunchatikda unga tegishli ta'rif berilmagan. Chamasi, mansabdor shaxs - bu davlat xokimiyat yoki boshqaruv idorasida yoxud nodavlat tashkilotiga muayyan lavozimni egallagan, unga yuklagan funksiyalarni bajarish uchun huquqiy aktlar qabul qilish va amalgam oshirish vakolatiga ega bo'lgan fuqarodir.

Nodavlat tashkilotlar (xo'jalik, tijorat, ijodiy va xokazo) rahbarlarining huquqiy akt qabul qilish va amalga shirish boyicha vakolatlari mehnat, fuqarolik, moliya va boshqa soxalarga oid qonunchilik qoidalaridan kelib chiqadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan quyidagi mansabdorlik lavozimlarini sanab o'tish mumkin: Prezident, Oliy Majlis Raisi, vaziri hokim, deputat, prokuror, sudya, boshqarma va bo'lim boshliqlari, korxona, muassasa, nodavlat tashkilotlar rahbarlari va boshqalar. O'zbekistan Respublikasi Prezidenti davlatimizdagi eng oliy mansabdor shaxs xisoblanadi.

Mansabdor shaxsning normativ-huquqiy aktlar loyixasini tayyorlash va uni qabul qilish bo'yicha faolyatl huquq ijodkorligi hisoblanadi. Biroq unning huquqni qo'llash bilan bog'liq xatti-xarakati huquq ijodkorlik faoliyati doirasiga kirmaydi.

Huquq, ijodkorligi davlat faoliyagining huquqiy shakllaridan biri bo'lib, bu jarayonda quyidagi funksiyalar bajariladi: qonunlar, boshqa huquqiy aktlar loyixasi tayyorlash; amaldagi qonunchilikni yaxshilash, uni ijtimoiy taraqqiyot extiyojlariga doimo moslashltirib turish; eskirgan huquqiy normalarni bekor qilib borish, huquqd^a xal etilmagan jabxalap (probel)ni to'ldirib borish, qonunchilikni

tartiblashtirib turish, sistemalashtirish. Maskur funksiyalarning yuqori saviyada muntazam bajarib turilishi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soliish samaradorligini oshishini, qonunchilik tizimi takomillashgan hamda mukammal bo'lishini ta'minlaydi.



3 Huquq iiodkorligi prinsiplari.

Demokratik davlatda xalqning irodasini, ijtimoiy intilish, manfaat va extiyojlarini qonun darajasiga ko'tarish huquq ijodkorligining mazmunini tashkil etadi. Bu o'ta muxim va mas'uliyatli jarayon muayyan prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Zero, shunday prinsiplar, ya'ni rahbariy g'oya va qoidalarga tayanilmasa, huquqiy normalar tizimini vujudga keltirishda lozim darajadagi sifat va samaraga erishib bo'lmaydi. Eng muhimi, xalq irodasi va manfaatlarini to'Iiq hamda aynan ifoda etishni ta'minlab bo'lmaydi.
Download 48,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish