152
b) sudning qarorlari va boshqa ijro
hujjatlarini ijro etish uchun;
v) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat
safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan bo‘lib, sarf qilinmay qolgan
va o‘z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida
ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki
qarzni to‘lash uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgan kundan yohud haq to‘lash noto‘g‘ri hisoblab
chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida
farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o‘tib ketgan bo‘lsa yoki xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat
safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab
qolinishini asossiz yoki miqdorini noto‘g‘ri deb
hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;
g) o‘z hisobidan xodim ta’til olib bo‘lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor
qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning
o‘qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi;
d) xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun, agar etkazilgan zararning
miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa;
e) mehnat intizomini buzganligi uchun o‘rtacha oylik ish haqining 20 % idan oshmagan miqdorda
jarima.
Ish haqini to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy miqdori xodimga tegishli
bo‘lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi kerak.
Ishchi va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig‘i amaldagi yo‘riqnomada
28
belgilangan
tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i yagona shkala stavkasi bo‘yicha yillik
jamg‘arma daromadidan ushlanadi:
−
har bir fuqaroning soliq majburiyatining bazasi bo‘lib o‘tgan yili barcha manbalardan yig‘ilgan
daromad summasi hisoblanadi;
−
oylik daromad
oraliq daromad deb hisoblanadi;
−
daromadlar miqdoridan qat’iy nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan fuqarolar kategoriyasi
nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasining barcha
fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqarosi bo‘lmagan shaxslar soliqqa tortiladi;
−
agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa daromadlari bo‘lsa,
har yili ish haqisini ham qo‘shgan holda olingan daromadlarining umumiy summasi to‘g‘risida soliq
inspeksiyasiga deklaratsiya topshirishi kerak.
SHuningdek, ushbu yo‘riqnomaga muvofiq soliq to‘lovchining asosiy ish joyidan olingan
soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi
chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i yagona shkala stavkasi bo‘yicha yillik
jamg‘arma daromaddan quyidagi jadval bo‘yicha ushlanadi.
29
Soliqqa tortiladigan
daromad miqdori
Soliq summasi
Eng kam ish haqining 1 baravari
miqdorigacha
Daromad summasining 0 %
Eng kam ish haqining 5 baravari
miqdorigacha
Daromad summasining 7.5 %
Eng kam ish haqining 5 baravaridan
yuqori
(+1
so‘m)
10
baravari
miqdorigacha
Eng kam ish haqining olti baravari miqdorida olinadigan
soliq + olti baravaridan oshadigan summaning 16,5 %
28
O‘z R moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining «Jismoniy shaxslarning daromadlaridan byudjetga soliq hisoblash
va to‘lash tartibi to‘g‘risida» gi yo‘riqnoma. 2002 yil 14 yanvar
29
Soliq va bojxona xabarlari. 50-son (646) 2017 yil 12
dekabr
153
Eng kam ish haqining 10 baravaridan
yuqori (+1 so‘m) miqdoridan
Eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida olinadigan
soliq + o‘n baravaridan oshadigan summaning 22,5 %
2019yil 1-yanvardan boshlab faqat bitta foizda, ya’ni 7.5foizda to’lanadigan bo’ldi
Daromad solig‘i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy
shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad solig‘i
summasi korxona
tomonidan budjetga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazib berilishi kerak.
Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga
olish uchun 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» passiv schyoti qo‘llaniladi. Bu
schyotning kredit qoldig‘i korxonaning budjetdan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi, Debet oboroti – budjetga
o‘tkazib berilgan summani ko‘rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan
ushlangan soliq summasini ko‘rsatadi.
Masalan, ishchiga yanvar oyida 1750000 so‘m ish haqi hisoblandi. Ushlanadigan daromad
solig‘i miqdori quyidagicha bo‘ladi: Minimal ish haqi 172240 so‘m.
1) 172240 x5 = 861200so‘m.- 172240=688960 x 7.5% / 100% = 51672 so‘m
2) 5 baravaridan 10 barobarigacha qismidan
861200 so‘m x 16,5% /100% = 142098 so‘m
3) 10 baravaridan oshgan summa (1750000-1722400) 27600 so‘m x 22,5% / 100% = 6210 so‘m
4) jami ushlanadigan daromad solig‘i miqdori 199980 so‘m (51672+142098+6210) ni tashkil
etadi. Ushbu summaga quyidagicha buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi: Dt 6710 «Xodimlar
bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» schyoti -199980 so‘m, Kt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha
qarzlar» schyoti -199980 so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining № PQ-744 qaroriga asosan hisoblangan ish
haqidan
1% miqdorida xodimlarning yig‘ilib boruvchi pensiya hisob raqamiga ajratma qilinar edi. 2018 yil 1-
yanvardan boshlab bu miqdor 2 foizga ko‘tarilgan Ammo hisoblangan 2% yig‘ilib boruvchi pensiya
hisob raqamiga ajratma, hisoblangan daromad solig‘idan ushlab qolinadi. Bunda Dt 6410 «Byudjetga
to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» scheti -35000 so‘m, Kt 6520 «Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar» scheti-
35000 so‘m. buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi. Mablag‘ o‘tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli
fonlariga to‘lovlar» scheti -35000 so‘m, Kt 5110 «Hisob-kitob» scheti -35000 so‘m. tarzida
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Byudjetga mablag‘ o‘tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti -
164980 so‘m., Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -164980 so‘m.
Ish haqidan Pensiya fondiga 8 % miqdorda badal hisoblanganda, Dt 6710 «Xodimlar bilan ish
haqi bo‘yicha hisoblashishlar» schyoti -140000so‘m, Kt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar»
schyoti -140000 so‘m.
Mablag‘ o‘tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» schyoti -140000so‘m, Kt
5110 «Hisob-kitob» schyoti -140000 so‘m. tarzida buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Ijro varaqalari aliment summalarini ushlash va o‘tkazib berish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Olingan ijro varaqalarini buxgalteriyada maxsus jurnal yoki kartochkada ro‘yxatga oladi.
Xodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi hollarda ushlanadi: agar ushlanmalarning
umumiy summasi 50 % dan oshsa, shuningdek agar sud qarori bilan boshqa onadan bo‘lgan bolalar
foydasiga, mehnatga layoqatsiz ota-onalar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga.
Ijro varaqalari bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990 «Boshqa majburiyatlar»
schyotining 1-«Ijro hujjatlari bo‘yicha tashkilot va shaxslar bilan hisob - kitoblar» analitik schyotida
yuritiladi.
Aliment hisobot oyi bo‘yicha hisoblangan ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan
davrida hisoblangan nafaqa summasidan
soliqlar ushlangandan keyin, shuningdek, hisoblangan
pensiya va stipendiya summasidan ushlanadi. Bu vaqtda buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv
rasmiylashtiriladi: Dt 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar», Kt 6990-«Boshqa
majburiyatlar» schyoti.
Ish haqi, pensiya va stipendiyalar to‘lash uchun belgilangan uch kunlik muddat ichida aliment
summalari to‘lanishi yoki aliment oluvchilar hisobidan pochta orqali o‘tkazib berilishi kerak. Bunda
6990- schyoti debetlanib 5010- schyoti kreditlanadi.
154
Moddiy yordam, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan rag‘batlantirish va shu
kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha ariza-
majburiyatlarning hamma summasini korxona bank krediti hisobidan savdo tashkilotlariga o‘tkazib
berganda kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo‘ladi.
SHunday qilib, qisman ushlanmalarni o‘nlab savdo tashkilotlariga o‘tkazib berish uchun bankka
to‘lov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi. Bu shakldagi hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-
«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyoti tayinlangan. Bu schyot aktiv bo‘lib
uning qoldig‘i korxonaga qaytarilmagan kredit bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning qarzini ko‘rsatadi;
Debet oboroti – bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq-majburiyat
summasini
ko‘rsatadi; kredit oboroti – qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan
summani ko‘rsatadi.
Basharti xodim majburiyat summasini to‘liq qoplamasdan boshqa korxonaga ishga o‘tsa,
korxona savdo tashkilotiga xodimning yangi ish joyini ko‘rsatib xabar beradi. Korxona shuningdek
ssuda bo‘yicha bank bilan to‘liq hisoblashadi. Agar korxona o‘z xodimlarining kreditga sotib olgan
tovarlari bo‘yicha bank kreditidan foydalanadigan bo‘lsa, 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotida
savdo korxonalari bo‘yicha shaxsiy schyotlar ochadi.
Ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlanadigan majburiy ushlanmalardan tashqari
ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar ham bo‘lishi mumkin: ish haqini Xalq
bankiga, sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazib berish, kasaba uyushmalar badallarini to‘lash, dalabog‘ uy
va uchastkalarni qurish va obodonlashtirish uchun olingan ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish
muomalalari 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» va 6990-«Boshqa
majburiyatlar» schyotlarda hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: