Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


to‘g‘ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

to‘g‘ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv,

Ishchiga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning 
to‘g‘ri ishbay
shaklida hisoblash. 
To‘g‘ri ishbay shaklida, ish haqi, o‘rnatilgan ishbay narxlar bo‘yicha haqiqatda bajarilgan ish 
(tayyorlangan mahsulot)ga muvofiq aniqlanadi.
Masalan: Tikuvchi bir oyda 120 ishchi xalatini tikdi va har birining bahosi - 6250 so‘mni tashkil 
etdi. 
Mehnatga haq to‘lashning to‘g‘ri ishbay shaklida, ish haqi, o‘rnatilgan ishbay baholar bo‘yicha 
haqiqatda bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot)ga muvofiq aniqlanadi. 
Bundan kelib chiqqan holda tikuvchining oylik ish haqi 750000 so‘mni tashkil etdi (120 x 6250).
Ishchiga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning 
ishbay-mukofot
shaklida hisoblash. 
Mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofot shakli, mehnatga ishbay asosida haq to‘lashning 
nisbatan ko‘p tarqalgan tizimidir. Ishbay-mukofot shaklida, to‘g‘ri ishbay baholardagi ish haqidan 
tashqari, Qo‘shimcha ravishda o‘rnatilgan ko‘rsatkichlarni (ish sifati, shoshilinchliligi, mijozlar 
tomonidan asoslangan shikoyatlarning yo‘qligi va hokazo) bajarganligi yoki oshirib bajarganligi uchun 
mukofot hisoblanadi. Mukofotlar ishbay ish haqi bo‘yicha haqiqatda ishlab berilgan vaqt uchun 
hisoblanadi. 
Misol: CHilangar bir oyda 120 ta, har birinung bahosi - 6550 so‘mlik buyum ishlab chiqardi. 
Buyumni tayyorlashga 1,7 kishi/soat sarflanadi. Ishlab chiqarish meyorlarini bajarganlik uchun ishbay 
ish haqidan 5% miqdorida, meyordan oshirib bajargan har bir foiz uchun ishbay ish haqining 1% 
miqdorida mukofot to‘lananishi ko‘zda tutilgan. CHilangar tomonidan 24 smena 8 soatdan ishlab 
berilgan. 
CHilangar 120 ta buyumni qayta ishladi, shunga ko‘ra uning to‘g‘ri ishbay ish haqi 786000 
so‘mni tashkil etadi (120 x 6550). 
Buyumlarni qayta ishlashga ketgan vaqt 192 soatni tashkil etdi (24 smena 8 soatdan). 1 dona 
buyumni tayyorlashga 1,7 kishi/soat sarflanadi, bundan kelib chiqib vaqt meyorini bajarish 106,3% ni 
((120 x 1,7):(24 x 8) x 100) tashkil etganligi aniqlandi. 
Vaqt meyorini bajarganlik uchun chilangarga ishbay ish haqidan 5% miqdorida - 39300 so‘m 
mukofot to‘lash lozim bo‘ladi (786000 x 5%). Bundan tashqari rejani 6,3% ga oshirib bajargan ekan, 
demak unga qo‘shimcha ravishda, oshirib bajarilganlik uchun mukofot - 49518 so‘m ham to‘lash lozim 
(786000 x 6,3%). 
CHilangarning umumiy ish haqi 874818 so‘mni tashkil etadi (786000 + 39300 + 49518). 
Ish haqi va mukofotning hisoblab chiqarilgan summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
tannarxiga kiritiladi. Ushbu summalar ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha ajratmalar va jismoniy shaxslarning 
daromadlariga soliq solish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. 
2018 yildan boshlab jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi joriy etildi. O‘zbekiston 
Respublikasining 01.12.2004y. 702-II-son “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya taminoti 
to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasiga muvofiq fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya 
hisobvaraqlariga majburiy har oylik badallar xodimlarning hisoblangan ish haqi (daromadi)dan 1 foiz 
miqdorida, ushbu summaning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning 
daromadiga solinadigan soliqning tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga amalga oshiriladi.
Mehnatga 
vaqtbay
shaklida haq to‘langanda ish haqi hisoblash bo‘yicha asos qilib ishchining 
sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi. 
Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay tizimi va 
vaqtbay-mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq. 
Vaqtbay-mukofot tizimida oddiy vaqtbay tizimi bo‘yicha hisoblangan ish haqiga qo‘shimcha qilib 
bajarilgan ishning sifati, material, yoqilg‘ilarning, tejalishi bekor turishlarning qisqarishi, mashina va 
agregatlarning to‘xtovsiz ishlashi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi. 


148 
Misol: Buxgalter - kassirga maosh oyiga 800 ming so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, u oydagi 
barcha ish kunlari ishlab berish sharti bilan to‘liq to‘lanadi. Iyun oyida xodim tomonidan 23 ish kuni, 
iyulda - 24 ish kunidan 10 ish kuni to‘liq ishlab berildi. 
Ishlab berilgan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada mehnat vaqti hisobi tabeli T-13 shakl 
yuritilishi kerak. Tabel, uni yuritish topshirilgan shaxs tomonidan bir nusxada tuzilib, korxona 
buxgalteriyasiga oyda ikki marotaba - oyning birinchi yarmiga (bo‘nak) to‘lov summalariga tuzatish 
kiritish uchun va oylik ish haqini hisoblash uchun beriladi. Agar korxonada mehnatga haq to‘lash oyda 
bir marotaba amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda tabel ham korxona buxgalteriyasiga oyda bir 
marotaba yakuniy hisob uchun beriladi. 
Iyun oyida buxgalter barcha ish kunlarini ishlab bergan ekan, demak unga lavozim maoshi to‘liq 
to‘lanadi, ya’ni 780 ming so‘m. 
Buxgalterga iyul oyi uchun ish haqi, faqatgina u tomonidan haqiqatda ishlab berilgan 10 kun 
uchun hisoblanadi. 
Ushbu summa mehnatga haq to‘lashning kunlik stavkasini uning haqiqatda ishlagan ish kuniga 
ko‘paytirib topiladi (10). 
Iyul oyida 24 ish kuni bo‘lib, shunga muvofiq kunlik mehnatga haq to‘lash stavkasi 32500 
so‘mni (780 000 so‘m/24 kun) tashkil etadi. SHulardan kelib chiqqan holda iyul oyiga hisoblangan 
mehnat haqi miqdori 325 000 so‘mni tashkil etadi (780 000/ 24 x 10).
Misol: Reklama bo‘yicha menejerga lavozim maoshi 950000 so‘m qilib belgilangan. 2017 yil 
fevral oyida u 15 ish kuni ishladi. 
Mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay shaklida haqiqatda ishlab berilgan kunlarga to‘lov 
amalga oshiriladi. Fevral oyida 20 ish kuni bo‘lib, ulardan 15 kuni reklama bo‘yicha menejer 
tomonidan ishlab berilgan. 
Uning ish haqini hisoblash uchun, oldin, bir ish kuni uchun to‘lanadigan ish haqi miqdorini 
aniqlash zarur. Maoshi 950000 so‘m bo‘lgan holatda, fevral oyidagi kunlik ish haqi 47500 so‘mga 
(950000 / 20) teng bo‘ladi. SHunday ekan, fevral oyi uchun menejerning ish haqi 47500 x 15 = 712500 
so‘mga teng bo‘ladi.
Misol: Vaqtbay ishchi 2017 yil fevral oyida 135 soat ishladi. Tarif stavkasi 6250 so‘mni tashkil 
etadi. 
Mehnatga haq to‘lashning soatbay shaklida xodimning ish haqi, uning tarif stavkasini ishlab 
berilgan soatlar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi. 
Ushbu holatda, xodimning oylik ish haqi 135 x 6250 = 843750 so‘mni tashkil etadi.
Misol: Mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shaklida asosiy ishlab chiqarish 
xodimlariga ish haqi hisoblash. 
Tikuvchi oy davomida 24 smena ishlab berdi. Olti soatlik ish kuniga tarif stavkasi - 62500 so‘mni 
tashkil etadi. Bolalar buyumlarini tikish rejasini bajarganlik uchun ish haqining 12% miqdorida, rejani 
oshirib bajargan har bir foiz uchun ish haqidan 0,7% miqdorida mukofot to‘lanadi. Oylik reja 105%ga 
bajarilgan. 
Tarif stavkasi (maoshi) bo‘yicha ish haqidan tashqari qo‘shimcha ravishda, ma’lum miqdor va 
sifat ko‘rsatkichlariga erishgani uchun xodimlarga mukofot to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tizimi, 
mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shakli deb ataladi. 
Rejani bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun mukofot to‘lash to‘g‘risidagi Nizom 
korxonaning mehnatga haq to‘lash, mukofotlash haqidagi ichki meyoriy hujjatlarida mustahkamlangan 
bo‘lishi shart, masalan, xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomda, jamoa shartnomasida. Mukofot 
ishlab chiqarish hisobi bo‘yicha birlamchi hujjatlar ma’lumotlari asosida to‘lanadi. 
SHunday qilib, ushbu oy uchun tikuvchining umumiy ish haqi tarif stavkasi bo‘yicha ish haqi 
summasi, bolalar kiyimini tikish rejasini bajarganlik uchun mukofot va rejani oshirib bajarganligi 
uchun mukofot summalariga teng bo‘ladi. 
Bir smena uchun tarif stavkasi 62500 so‘m bo‘lganda, tikuvchining ishlab bergan 24 smenasi 
uchun ish haqi 1500000 so‘mni (24 x 62500) tashkil etadi. 
Rejani bajarganlik uchun mukofot - ish haqidan 12% miqdorida, ya’ni 180 000 so‘m (1500000 
x 12%). 


149 
Tikuvchi oylik rejani 105% ga bajardi, shunday ekan, unga mukofotlash to‘g‘risidagi nizomga 
muvofiq rejani oshirib bajarganligi uchun har bir oshirib barjarilgan foiz uchun ish haqidan 0,7% 
miqdorida mukofot to‘lanishi lozim. Mukofot 52500 so‘mni (1500000 x 0,7% x 5) tashkil etadi. 
Umumiy ish haqi 1732500 so‘mni (1500000+180000+52500) tashkil etadi. 
Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi mehnatga haq to‘lashlar 
yakka va umumiy bo‘lishi mumkin. Ish jarayonida kasblarni birga qo‘shib olib borish, ijrochilarning 
birini ikkinchisiga bog‘liqlik zarurati bo‘lsa, mehnatga haq to‘lash umumiy bo‘lishi mumkin.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish