151
hujjatga binoan ish qobiliyatini yo‘qotgan kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan
aniqlanadi.
Amaldagi qarorga binoa
26
ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qat’iy nazar quyidagi
xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha nafaqa 100 % to‘lanadi:
-
ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga;
- baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
- uch yoki undan ortiq 16 yoshga etmagan (o‘quvchilar 18 yosh) farzandlari bo‘lgan xodimlarga;
- CHernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan xodimlarga;
- CHernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan zonalardan
ko‘chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o‘xshagan kasalliklarga duchor bo‘lganda;
- Ish joyida shkastlanishlar yoki kasbiy kasal bo‘lganlarga;
- homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha.
Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka uchragan xodimlarga umumiy ish stajiga qarab
vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa to‘lanadi:
a) umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan, xodimlarga ish haqining 100 % miqdorida;
b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 80 % miqdorida;
v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 60 % miqdorida.
Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan vaqtiga quyidagi
miqdorda nafaqa to‘lanadi:
- umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan xodimlarga, shuningdek 21 yoshga
chiqmagan etim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida;
- umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 % miqdorida.
Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa eng
kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish haqidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug‘urta hisoblanadigan, mehnat haqiga kiritilmaydigan
bir yo‘la to‘lovlardan tashqari, barcha turdagi to‘lanmalar kiradi.
Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan oydan oldingi
kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy oyligiga amaldagi Nizomga
27
binoan
hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar summasi qo‘shiladi.
Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga qobiliyatsizlik
boshlangan kungacha olingan doimiy qo‘shimcha haqlar inobatga olingan holda, kunlik yoki soatlik
tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi
to‘g‘risidagi Nizom» ga binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar summasi qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: