Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo‘llash ishlab chiqarishning xarakteri, 
mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimiga, shuningdek mahsulot sifatini nazorat qilish usuliga 
bog‘liq. Tasdiqlangan qonunga binoan sanoatda quyidagi dastlabki hujjatlar qo‘llaniladi: ishbay ish 
naryadi, marshrut varaqasi, tayyorlangan mahsulot to‘g‘risida raport, tayyorlangan mahsulotni hisobga 
olish qaydnomasi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, vaqtbay ishlovchilarga berilgan 
normalashtirilgan topshiriq va boshqalar. Ishlangan mahsulot va bajarilgan ishlar hisobi bo‘yicha 
dastlabki hujjatlar miqdorini anchaga kamaytirish uchun yiriklashtirilgan, kompleks me’yor va 
baholarni qo‘llash, shuningdek bir yo‘la tuziladigan bir kunlik hujjatlar o‘rniga ko‘p kunlik (yig‘ma 
hujjatlar) haftada ishbay ishlarning bajarilishi (T-28-shakl) ga o‘xshagan hujjatlarni qo‘llash tavsiya 
qilinadi.
Ish haqini to‘g‘ri hisoblash uchun barcha hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak: ish 
joyi (sex, uchastka, bo‘lim); hisoblash davri (sana); familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel raqami va 
ishchining razryadi; ish birligiga belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish 
bo‘yicha norma-soat miqdori
Texnologik karta, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturiga binoan tuzilgan, amaldagi norma va 
baholari, ishlar grafigi ko‘rsatilgan bu hujjatlar ish boshlanishidan oldin ishchiga yoki brigadaga 
topshiriladi. Ish bajarilgandan so‘ng texnik nazorat bo‘limi (OTK) haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul 
qilingan yaroqli mahsulotlar miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko‘rsatadi. 
YAkka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish bo‘yicha asosiy hujjat 
bo‘lib bir yo‘la tuziluvchi, yig‘ib boruvchi, shuningdek yakka va brigada bo‘yicha tuziladigan naryad 
hisoblanadi. Bir yo‘la naryad smena yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari 
turiga tegishli ish turlari bo‘yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad 
deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi. Naryadning orqa 
tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada a’zolarining malakasi to‘g‘risida 
qo‘shimcha ma’lumotlar keltiriladi.
Naryadlar bo‘yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri tartibida nazorat 
qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, smenaga), biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan 
bir yoki bir necha operatsiyalarga yoziladi. SHuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning 
o‘zida seriya (guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda tayyorlangan 
mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari qo‘llaniladi. Marshrut varaqasi bo‘yicha 
har bir ishchi ish bajarishi mumkin. Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va 
ma’lum partiya detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan 
ikkinchisiga o‘tkazilishi ketma-ketlikda ko‘rsatilgan bo‘lib, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar va 
yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo‘yicha ish turlari bir qancha ishchilar 
tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir 
marta tuziladigan ishlab chiqarish raportida yig‘ib boriladi. 
Ko‘plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda o‘zlariga berkitilgan bir xil 
texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki 
oy bo‘yicha tuziladigan yig‘ma qaydnomalarda yuritiladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish