Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va foydalanishni



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
20.3. Mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va foydalanishni 
nazorat qilish 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va xizmatchilarga ish haqi bir 
oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda xodimlarning alohida kategoriyalari uchun O‘zbekiston 
Hukumati tomonidan ish haqi to‘lash bo‘yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin. 
Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qo‘llaniladi. Birinchi 
holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi to‘lanishda pirovard hisob qilinadi. 
Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal 
miqdori tabelga binoan ishchining ishlagan vaqti bo‘yicha tarif stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Ikkinchi holda korxona rejali avans to‘lashning o‘rniga oyning birinchi yarmi bo‘yicha haqiqiy 
ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti bo‘yicha ish haqi hisoblaydi. 
Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan so‘ng, 40-50 foizi miqdorida 
hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan hujjat 
bo‘lib hisoblash qaydnomasi hisoblanadi. Quyidagi dastlabki hujjatlar ish haqi hisoblash qaydnomasi 
va hisoblash varaqalarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi: 
- ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli – asosida foydalanilgan vaqt yotadigan vaqtbay 
ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladi (bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan 
ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgani va shu kabilar uchun to‘lanadigan haq); 
- ish haqini yig‘ib boruvchi kartochkalar – ishbay ishchilar uchun; 
- barcha turdagi qo‘shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgani bo‘yicha nafaqalar 
hisoblash buxgalteriya raschyoti; 
- o‘tgan oy bo‘yicha hisoblash qaydnomaslari – soliq ushlanmalar summasini hisoblash uchun; 
- ijro varaqalari bo‘yicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari; 
- oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo‘yicha to‘lov qaydnomalari; 
- rejasiz avanslar berish bo‘yicha kassa-chiqim orderlari va h. k. 
Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bo‘lib hisoblanadi, chunki u har bir tabel nomeri,
sexlar, xodimlar kategoriyalari, to‘lov va ushlanmalar turlari bo‘yicha tuziladi. To‘lov qaydnomasi 
quyidagi ko‘rsatkichlardan iborat: 
- to‘lov turlari bo‘yicha hisoblandi – 6710 schyotning kredit oboroti bo‘yicha; 


155 
- to‘lov va zachet turlari bo‘yicha ushlandi va zachet qilindi – 6710 schyotning debet oboroti; 
- qo‘liga tegadigani yoki korxonaning oy oxiriga qarzi – 6710 schyotning kredit saldosi. 
Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko‘rsatkichi pirovard hisoblashish bo‘yicha to‘lov 
qaydnomasini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda bir qancha 
variantlar qo‘llaniladi: 
- hisoblashish-to‘lov qaydnomaslarini tuzish yo‘li bilan. Bunda ikki registr birlashtirilgan: 
hisoblash va to‘lov qaydnomasi, ya’ni bir vaqtning o‘zida to‘lashga tegishli summa hisoblanadi va u 
beriladi (to‘lanadi); 
- hisoblash qaydnomasini tuzish yo‘li bilan, to‘lash esa to‘lov qaydnomasi bilan amalga 
oshiriladi; 
- har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qo‘liga tegadigani) «Ish haqi hisoblash» varaqalarini 
mashinalarda tuzish yo‘li bilan. Bunga asosan ish haqi berish uchun to‘lov qaydnomasi tuziladi. 
Moliyalash manbaidan qat’iy nazar korxonaning mehnat haqi xarajatlari tarkibiga mehnatga haq 
to‘lash bo‘yicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan qonun bo‘yicha xodimlarning ishlamagan vaqti 
uchun hisoblangan o‘rtacha ish haqi, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya to‘lovlari kiradi. 
YUqorida ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilingan xarajatlarning barchasi xarajatlar 
tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladi yoki davr 
xarajatlariga o‘tkazilib, keyin har oyda hisobot davri foydasini kamaytirishga yo‘naltiriladi. Mehnat 
haqi fondidan foydalanish ustidan nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi. 
2002-yilning 1-oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxonalar va 
tashkilotlarning mehnatga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘larini davlat tomonidan tartibga 
solish bekor qilindi. Bu o‘z navbatida mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki 
nazoratni kuchaytirishni taqozo etadi. 
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli tarkibida hisobot, haqiqiy hisoblangan mehnat haqi 
fondini hisoblab chiqish va rejali fonddan foydalanish ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar 
nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar 
kategoriyalari bo‘yicha yig‘ma va ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishlar bo‘yicha yig‘ma» ishlov 
berish jadvalidan foydalaniladi. Bu har oyda hisoblash qaydnomalariga asosan tuziladi.
Haqiqatan ham bu jadval 6710-schyotning ma’lumotlarini tahlil qilish, 8, 10/1 jurnal-orderlariga, 
7-qaydnomasga soliq ushlanmalari bo‘yicha ma’lumotnoma tuzish va oy oxiriga qolgan qoldig‘ini 
bosh daftar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi. CHunonchi, 8 - jurnal-orderga yozish uchun ishchi 
va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliqlar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma 6410-
schyotning kredit ma’lumotlariga asosan tuziladi; 10/1 jurnal-orderiga yoziladi 6710-schyotning 
krediti 6520-schyotning debeti bo‘yicha; 7-qaydnomaga – 4710-schyotning krediti bo‘yicha, 6990-
schyotning krediti bo‘yicha yoziladi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish